Epik janrlarda nutq obrazlar personajlar ifoda shakillari pafos bilan bog’liq ko’rinishi reja
Download 0.76 Mb.
|
EPIK JANRLARDA NUTQ OBRAZLAR PERSONAJLAR IFODA SHAKILLARI PAFOS BILAN BOG’LIQ KO’RINISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 16-ma’ruza. O‘qish turlari va ularning xususiyatlari. O‘qishning adabiy ta’limdagi ahamiyati REJA
- Mavzuga oid adabiyotlar ro‘yxati
Savol va topshiriqlar:
Qo‘shimcha adabiyotlardan insholarning turlari haqida ma’lumot to‘plang. Topildiqlaringiz bilan bir-biringizning materialingizni to‘ldiring. Insho bilan ijod mahsuli (badiiy bitiklar) mustaqil ish sirasiga kiradi. Ularning bundan boshqa yana qanday o‘xshash jihatlari bor, nazaringizda? Har ikki mustaqil ish turining farqli jihatlari nimalardan iborat deb o‘ylaysiz? “Masalan, “O‘rtog‘imning tavsifi”, “Men suygan suyukli” singari mavzulardagi ishlar sir saqlanishi kerak. O‘quvchining o‘qituvchiga ishonchi ham uning ijodidagi samimiylikka garovdir” degan fikrga qanday qaraysiz? Bunga qo‘shilasizmi? Buni qanday amalga oshirish mumkin deb o‘ylaysiz? “Onamga badiha” mavzusida esse yozing. Yaratig‘ingizni hamkurslaringiz bilan o‘rtoqlashing. 16-ma’ruza. O‘qish turlari va ularning xususiyatlari. O‘qishning adabiy ta’limdagi ahamiyati REJA: 1. Sinfda o‘qish va uning xususiyatlari. 2.O‘quvchilarning mustaqil o‘qishlari va buning o‘ziga xos jihatlari. Sinfdan tashqari o‘qish va uni tashkil etish yo‘llari. Sinfdan tashqari o‘qish nazorati. To‘garak. To‘garak turlari. 6. To‘garakni yuritish talablari, zarur me’yoriy hujjatlar. Tayanch so‘zlar: dars, sinfdan tashqari mashg‘ulotlar, maktabdan tashqari mashg‘ulotlar, to‘garak, fakultativ mashg‘ulot, adabiy kecha, kitoblar ko‘rgazmasi, uchrashuv, sayohat, festival, tanlov, olimpiada, musobaqa. Mavzuga oid adabiyotlar ro‘yxati: F. Badriyev. Yuqori sinflarda adabiyotdan sinfdan tashqari ishlar. Toshkent, O‘qituvchi, 1969. A. Zunnunov., J. Esonov. Maktabda adabiyot o‘qitish metodikasi. Toshkent, O‘qituvchi, 1985. T. Niyazmetova. Adabiyot darslarida mustaqil ishlash. Toshkent, O‘qituvchi, 1984. B. To‘xliyev. Adabiyot o‘qitish metodikasi. Toshkent, Yangi asr avlodi , 2006. R. Niyozmetova. Uzluksiz ta’lim tizimida o‘zbek adabiyotini o‘rganish metodikasi. Toshkent, Fan, 2007. M. Mirqosimova. O‘quvchilarda adabiy tahlil malakasini shakllantirish va takomillashtirish asoslari. Toshkent, Fan, 2006. Safo Matjon. Maktabda adabiyotdan mustaqil ishlar. Toshkent, O‘qituvchi, 1996. A. Zunnunov va b. Adabiyot o‘qitish metodikasi. Toshkent, O‘qituvchi, 1992. O. Oxunjonova. Maktabda to‘garak ishlarini tashkil qilish. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxo‘zbek si nashriyoti, 2011. B. To‘xliyev va boshqalar. To‘garaklar faoliyatini tashkil etishning me’yoriy asoslari. Toshkent, Nizomiy nomidagi TDPU, 2010. Q. Yo‘ldoshev va boshqalar. Adabiyot o‘qitish metodikasi. Toshkent, O‘qituvchi, 1994. G. Muhamedjanova. Darsdan tashqari mashg‘ulotlarda rusiyzabon o‘quvchilarning o‘zbekcha nutqini o‘stirish metodikasi (5-9-sinflar misolida). Ped. fan. nomz. … diss. avtoreferati. Toshkent, 2003. Q. Husanboyeva. Adabiy ta’limda mustaqil fikrlashga o‘rgatish asoslari. Toshkent, O‘zinkomsentr, 2003. O‘zbek tilining izohli lug‘ati: 5 tomli. A. Madvaliyev tahriri ostida. Toshkent, O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti, 2006–2008. 15.Я. Г. Нестурх. Уроки внеклассного чтение. Москва, Просвещение, 1980. 16.X.S. Kennedy. Literature: An Introduction to Fiction poetry, drama and writing, 2007. O‘qish – yozilgan matn bilan tanishish, uni tushunish va o‘zlashtirishga qaratilgan nutqiy faoliyatning bir turi bo‘lib, shaxslararo kommunikativ faoliyat sohasiga daxldor. O‘qish muloqot shakllaridan biridir. O‘qish til o‘rganish jarayonining asosi hisoblanib, matnda shakllar yordamida ifodalangan ma’lumotlarni o‘zlashtirish ko‘nikmasini shakllantiradi. Bu, o‘z navbatida, inson faoliyatining har qanday turida tildan erkin va samarali foydalanish imkoniyatini beradi61. psixologik adabiyotlarda “o‘qish” tushunchasining zamirida mutolaa jarayonidagi “o‘qish texnikasi” va “o‘qish asnosida uqish” anglashiladi. O‘qish jarayonida o‘qilganlarni tushunish o‘qish texnikasi bilan bog‘liq holda maqsad va manbani anglatadi. O‘qish inson tafakkurining bir ko‘rinishi sifatida mutolaa jarayonida matn mazmuniga xos bo‘lgan elementlarni o‘zaro bir-biri bilan bog‘lagan holda mohiyatiga kirish, mazmunni anglash demakdir. Kitobxon nafaqat tayyor ma’lumotlarni o‘zlashtiradi, balki o‘qiganlarini o‘z tajribasi, bilimi va mavjud ma’lumotlari bilan taqqoslaydi. O‘qish asnosida uqishga ta’sir ko‘rsatuvchi quyidagi faktorlar belgilangan: ma’lum axborotga ega bo‘lish; matnning kompozitsion tuzulishini ilg‘ash; matnga xos til xususiyatlarini farqlash; mantiqiy va emotsional ifodalarni tushunish; matndagi ma’lumotlar, uning leksik va grammatik xususiyatlari, ifoda uslubining o‘quvchi nutq uslubiga, leksik va grammatik darajasiga yaqinligi; matnni o‘zlashtirish asnosida o‘quvchi diqqatining uni anglashga yo‘naltirilganligi; o‘quvchining individual psixologik xususiyatlari. O‘qish quyidagi turlargaajratiladi: analitik va sintetik o‘qish (psixologik xususiyatlarga tayanish); tarjimali va tarjimasiz o‘qish (o‘qilayotgan matnni anglashda ona tilning ishtiroki darajasi); v) lug‘at bilan yoki lug‘atsiz o‘qish (o‘quvchilarga yordami darajasi oldindan belgilab qo‘yilgan); g) individual, frontal, sinfda va uyda o‘qish (o‘quv ishlarini tashkil etish shakliga ko‘ra); d) ko‘rish, kuzatish, izlanish, tanishuv (ko‘zda tutilgan maqsadga muvofiqligi va jarayonning borishiga ko‘ra). O‘qishning barcha turlari o‘zaro aloqadorlikda bo‘ladi va hamisha bir-birini to‘ldirib boradi. Nutq faoliyatining bu turidan foydalanilganda o‘quvchilarning o‘qishdan maqsadini anglashi bu jarayonning muhim shartlaridan biri sanaladi. O‘qish ta’lim bilan bog‘langanda topshiriqlar o‘qishdan oldingi va o‘qishdan keyingi ish turlariga ajratiladi. Ta’limda o‘qish mutolaa texnikasini o‘zlashtirish (harflar, so‘z, so‘z birikmalari, jumlalar va ularning tovush turlariga e’tibor nazarda tutiladi) va to‘g‘ri o‘qish, ya’ni tajribali kitobxon tarbiyalashni nazarda tutadi. Tajribali kitobxon bilan tajribasiz kitobxon o‘qish asnosida har xil jihatlari bilan ajralib turadi. Tajribasi kam kitobxon sekin va bir xil tezlikda o‘qiydi. Bu hol o‘qilgan materialning anglanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Sekin o‘qish o‘qilganlarni aytib berishga tenglashtiriladi. Ko‘pincha diqqat matnning mohiyatiga emas, uning shakliga qaratiladi. Tajribali o‘qirmanda maqsad o‘qish tezligi va matn mazmuni hisoblanadi. O‘qilgan narsaning mohiyatiga kirish va uni o‘zlashtirish bir vaqtning o‘zidaamalga oshiriladi. Tez o‘qiganda ko‘zlarning fiksatsiyasi uncha katta bo‘lmaydi. Tez o‘qilganda diqqat matnning mazmuniga qaratiladi. Metodika ilmida o‘qishning: o sinfda o‘qish (o‘quv ishlarini tashkil etish shaklining ma’lum joyga asoslangan turi. Biror matnni sinfda o‘qish ishlari darsda o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi. Matn ustida ishlash, ya’ni uning tahlili o‘qituvchi va o‘quvchilarning hamkorligida amalga oshiriladi); o analitik o‘qish (o‘qishning ta’limiy turlaridan biri hisoblanib matnning mazmuni va tuzilishini ochishga yo‘naltiriladi. Analitik o‘qishda o‘quvchining diqqati matnni til shakli, tuzilishi va nutq komponentlarini aniqlashga qaratilgan holda jo‘ngina qabul qilinishini nazarda tutadi. O‘qishning bu turi sintetik o‘qishga qarama-qarshi qo‘yiladi. Kommunikativ ta’limda o‘qishning har ikkala turi bir-birini to‘ldirib keladi); o ovoz chiqarib o‘qish (o‘qilayotgan matnni baland ovozda talaffuz, ifoda qoidalariga rioya qilgan holda, til xususiyatlariga, o‘qish ritmi va bq.larga amal qilib o‘qish taqozo etiladi); o jamoa bo‘lib o‘qish (o‘qishning bu turi asosan, boshlang‘ich sinflarining o‘qish darslarida matnlarni o‘qituvchi bilan birgalikda barcha o‘quvchilarning ovoz chiqarib mutolaa qilishlari nazarda tutiladi); o individual o‘qish (har qanday matnning bir kishi tomonidan o‘qilishi); o ifodali o‘qish (badiiy-obrazli matnning xususiyatlarini anglagan holda adabiy talaffuz qoidalariga rioya qilib o‘qish nazarda tutiladi); o mustaqil o‘qish (o‘quvchining o‘z tashabbusi bilan amalga oshiriladigan o‘qish turi. O‘qishning bu turi o‘qish texnikasining avtomatlashganligi, leksikgrammatik ko‘nikmalarning yuqori darajada shakllanganligi bilan xarakterlanadi. Bu xususiyatlar mustaqil o‘qishda diqqatning shaklga emas mazmunga yo‘naltirilganligi bilan izohlanadi. Zamonaviy metodik adabiyotlarda ma’lumotni tanlab o‘qish (scanning), asl mazmunni tushunib o‘qish (skimming) hamda matn mazmunini to‘liq anglagan holda o‘qish (reading for detailed com’rehension) keng tarqalgan. Mustaqil o‘qishning sanalgan birinchi varianti zamirida izlanuvchi o‘qish, ikkinchisida tanishuv o‘qish va uchinchisida esa tadqiqiy-tahliliy o‘qish nazarda tutiladi. O‘qishning bu turlari o‘qish maqsadidan kelib chiqqan holda ta’limiy o‘qishlarning har xil variantlari sifatida xarakterlanadi); o tanlab o‘qish (malum maqsad yo‘nalishiga qaratilgan o‘qish turidir. Bu o‘qishda nazarda tutilgan biror masala yuzasidan zarur ma’lumotlarni aniqlash, bu borada umumiy tasavvur olish maqsadida o‘qish tushuniladi. Olingan ma’lumotlarga tayangan xolda o‘qirman shu matn unga kerak-kerakmasligini aniqlaydi. Bunda o‘qirman matnning sarlavhasiga, ichki sarlavhalarga, alohida xatboshilar yoki ayrim jumlalarni o‘qish bilan kifoyalanadi. Tanishuv o‘qishi, izlanuvchi o‘qish va tadqiqiy o‘qishlar ham shu maqsad va faoliyatga asoslanadi); o diskursiv o‘qish (analitik o‘qishga xos xususiyatlar diskursiv o‘qishning mohiyatiga monand keladi); o uyda o‘qish(sinfdan tashqari o‘qish shakllarining bir turi bo‘lib, o‘quvchilar tavsiya etilgan yoki o‘zlari ixtiyor etgan matnlarni uyda o‘qiydilar. Bunday o‘qishning natijalari darsda yoki sinfdan tashqari vaqtlarda nazorat qilinadi. Uyda o‘qish uchun xrestomatiyalar, sinfdan tashqari o‘qish uchun o‘quv qo‘llanmalari tavsiya etiladi); Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling