Epik janrlarda nutq obrazlar personajlar ifoda shakillari pafos bilan bog’liq ko’rinishi reja


Download 0.76 Mb.
bet8/33
Sana15.12.2022
Hajmi0.76 Mb.
#1007844
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   33
Bog'liq
EPIK JANRLARDA NUTQ OBRAZLAR PERSONAJLAR IFODA SHAKILLARI PAFOS BILAN BOG’LIQ KO’RINISHI

Endi shoir so‘zlarini, jumladan, «may» so‘zini o‘z ma’nosida yoki istiora tarzida qo‘llanganini qanday bilamiz, degan savol tug‘iladi. Buning javobi shunday:
Birinchidan, shoirning qaysi adabiyotga mansubligini nazarga olish kerak. Qabih adabiyot vakilidan ma’rifat emas, fisqu fujur o‘rganish mumkin. Klassik shoir va buyuk olimdan esa ichkilikbozlikning targ‘ib qiliishini kutish mumkin emas.
Ikkinchidan, asarning mavzui va mazmunini hisobga olish kerak. Agar mavzui ichkilik haqida bo‘lsa, «may» so‘zi va uning ma’nodoshlari asar mazmunida bo‘ladi va bunda shoirning ichkilikka bo‘lgan munosabati bayon qilinadi. Agar mavzu ilmu ma’rifat bo‘lsa, mazkur so‘zlar asarning formasida bo‘ladi va bu holda ular o‘z ma’nosida qo‘llanmagan bo‘ladi.
Uchinchi belgi shundan iboratki, mazkur so‘zlar ichkilik darajasiga sig‘maydigan mutlaq tushunchalarga nisbatan qo‘llangan bo‘ladi yoki shunday tushunchalar tarkibida beriladi. Masalan, shoir men mayni tok vujudga kelmasdan ilgari ichganman yoki «qabrim yonidan o‘tgan odam, may hidiga mast bo‘ladi» desa, gap ichkilik haqida emasligi ma’lum bo‘ladi.
Endi misollarga o‘taylik. Mayparastlikda mashhur bo‘lganligi uchun Umar Xayyomdan boshlaymiz. Umar Xayyom buyuk olim bo‘lgan. SHuning uchun uning o‘ziga mansub ruboiylarida «may» so‘zi va uning ma’nodoshlari ilm va uning lazzatini ifodalash uchun istiora qilinadi.
Ilmiy ma’lumotdan xabar topishning, ayniqsa, biror ilmiy haqiqatni kashf qilishning kishiga ulug‘ lazzat bag‘ishlashini eng qadimgi olimlardan tortib hozirgi olimlargacha ta’kidlaganlar. Kashf qilingan yoki idrok etilgan haqiqatning darajasi qancha ulug‘ bo‘lsa, uning lazzati ham shunchalik lazizroq bo‘ladi. Bu lazzatni tatib ko‘rgan olim ilmni o‘zga maqsadlar uchun, jumladan, obru-yu shuhrat, mansab qozonish vositasiga aylantirmaydi»20.
Bu adabiy hodisalarni o‘quvchilar tomonidan jonli va qiziqarli tushunilishiga qo‘shimcha imkon yaratadi. Qolaversa, fandagi yangiliklar olimlarning maqola va tadqiqotlarida dastlab yuz ko‘rsatadi. Birgina misol keltiraylik. Fanda uzoq muddat «Gul va Navro‘z» dostoni Lutfiyga nisbat berib kelindi. Ma’lum bo‘lishicha, uning Lutfiyga aloqasi yo‘q, aksincha u Xaydar Xorazmiyning qalamiga mansub ekan. Yoki Lutfiydek buyuk bir shoirning Toshkentda tug‘ilgani Shayx Ahmad ibn Xudoydod
Taroziyning «Funun ul-balog‘a» asari topilganidan keyingina ma’lum bo‘ldi18.
Bir asar haqidagi ikki muallifning fikrlarini qiyoslab o‘rganish ham o‘quvchilarning mustaqil, ijodiy fikrlarining shakllanishi va rivojida muhim omil bo‘la oladi.
Bu jihatdan ayrim ilmiy, ilmiy-ommabop jurnallarimizda, «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati», «Ma’rifat», «Yozuvchi», «Milliy tiklanish» va boshqa gazetalar sahifalaridagi adabiy-tanqidiy maqola va materiallardlan, davra suhbatlaridan foydalanishning imkonlari ko‘p. Bu ishlarni tashkil etishda ko‘proq yuqori sinflardagi, ayniqsa akademik litsey va kasb-hunar kollejlaridagi imkoniyatlarga tayanish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
«Tanqidchilarning maqolalari, adabiy qaydlar o‘quvchilar uchun mazmun va metodik jihatdan badiiy matnni tahlil qilishning namunasi bo‘lib xizmat qiladi. Tanqidiy maqola bilan avval o‘qituvchi rahbarligida, keyinroq mustaqil ravishda tanishar ekan o‘quvchi uning tezislarini tuzadi, konspekt yozadi, shu yo‘l bilan u muallif tomonidan asarni tahlil qilishdagi tanlagan yo‘lini o‘zlashtirib boradi; uning ijtimoiy-falsafiy va estetik nuqtai nazarini, qahramonlarga bahosini anglab yetadi; shu asarda qo‘yilgan dolzarb muammolarni izlash va hal qilishni o‘rganadi; tanqidiy matnda muallifning shaxsiy o‘y-fikrlari bilan ko‘chirmalar va matndan tashqaridagi matg’eriallar bilan uyg‘unlashtirishning amaliy holatlari bilan tanishadi. Bularning barchasi o‘quvchiga o‘rganilayotgan badiiy asar haqida o‘z tasavvurlarini yaratishga, badiiy va darslik kitoblari bilan muomala qilishning o‘z metodikasini ishlab chiqishga yordam beradi»19. Ammo adabiy tanqidchilik materiallaridan foydalanishda ham tegishli me’yor va mezonlarga amal qilish shart. O‘quvchilarda adabiy tanqidchilikdagi mavjud xilmaxilliklarga odatlantirish, «nojoizroq» mulohazalar oqimiga nisbatan ham «immunitet» hosil qilinishi kerak. Tanqiddagi bir yog‘lamalik o‘quvchilarni noto‘g‘ri yo‘lga boshlab qo‘yishi mumkin. Adabiy, buning ustiga adabiy-nazariy tayyorgarligi hali anchagina past bo‘lgan o‘quvchilarda bunday tasavvurlar barqarorlashib, hatto bir umrli xulosalarga aylanib qolishidan asrangan ma’qul bo‘ladi. SHu o‘rinda adabiyotshunos A.Rasulovning Oybekning tanqidga munosabati bilan bog‘liq bo‘lgan bir misolini esga olish mumkin: «Oybek «Tanqid sohasida savodsizlik va ur-yiqitchilikka qarshi o‘t ochaylik» maqolasida Abdurahmon Sa’diyning «To‘rt she’rlar to‘plami to‘g‘risida» sharh-taqriziga munosabat bildirib, jumladan, mana bu fikrlarni ta’kidlaydi: «Tanqidchi asarlarni konkret analiz qilish natijasida o‘z hukmlarini chiqarishi kerak. Sa’diyning hukmlari asarning analizidan kelib chiqmaydi. Ko‘pincha faktlar, shoirning qarashlari, fikrlari «qiyshiq oyna» orqali ko‘rsatiladi. She’rlarga tanqidchi o‘z kayfiga yarasha, o‘zi istagancha ma’nolar tiqishga tirishadiki, bu bilan tanqid ob’ektiv ahamiyatdan mahrum etiladi»20.
Demak, bu borada ham o‘quvchilarda mustaqil va ijodiy nuqtai nazarni shakllantirmasdan turib tegishli maqsadlarga erishib bo‘lmaydi. Keyingi paytlarda yaratilayotgan o‘qituvchilarga mo‘ljallangan bir qator o‘quv qo‘llanmalarida bu borada yaxshi tajribalarning to‘planib kelayotganligini alohida ta’kidlash o‘rinli bo‘ladi. Ularda ayniqsa, yosh o‘qituvchilar uchun katta naf va manfaatlar mavjud.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling