Epik janrlarda nutq obrazlar personajlar ifoda shakillari pafos bilan bog’liq ko’rinishi reja


Download 0.76 Mb.
bet7/33
Sana15.12.2022
Hajmi0.76 Mb.
#1007844
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   33
Bog'liq
EPIK JANRLARDA NUTQ OBRAZLAR PERSONAJLAR IFODA SHAKILLARI PAFOS BILAN BOG’LIQ KO’RINISHI

Savol va topshiriqlar:

  1. Ta’limning turli bosqichlarida dramatik asarlarni o‘rganishning o‘ziga xos

xususiyatlari nimalarda deb o‘ylaysiz?

  1. Dramatik asarlarni o‘rganishda ko‘proq nimalarga e’tibor berish kerak deb o‘ylaysiz?

  2. Dramatik asarlarni o‘rganishda sahna bezaklari, muallif remarkalarining o‘rni va ahamiyati nimalarda ko‘rinadi?

  3. «Mirzo Ulug‘bek» dramasidagi Ulug‘bek obrazining nutqiy tavsifini tuzing.

Mustahkamlash uchun testlar
5-mavzu: Adabiy-nazariy tushunchalarni o‘rganish
R e j a :
1. Adabiy ta’limda adabiy-nazariy tushunchalarning o‘rni va ahamiyati.
2.Adabiy-nazariy tushunchalarni o‘rganishda adabiy tanqidchilik materiallaridan foydalanish.
Tayanch so‘zlar: adabiy-nazariy, mazmuni va hajmi, ishora, ramz,simvol, adabiy-tanqidiy, tushuncha, shakllantirilish, asosiy talab.
Mavzuga oid adabiyotlar ro‘yxati


  1. Abdusamatov G. Drama nazariyasi. Toshkent. G‘.G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashryoti. 2000.

  2. Izzat Sulton. Adabiyot nazariyasi. –Toshkent . O‘qituvchi. 2005.

  3. G‘aniyev I. Fitrat dramalari poetikasi. Toshkent. Fan.2005.

  4. Michael Payne, John C. Hunter: Renaissance literature: An Anthology. 2004

  5. X.S. Kennedy. Literature: An Introduction to Fiction poetry, drama and writing. 2007.

Ta’limning ayrim bosqichlarida adabiy-nazariy tushunchalarni berishning mazmuni, hajmi va izchilligi masalalari alohida tadqiq etilishi kerak. Ta’lim bosqichlarida adabiy materiallar qanday berilishi kerak, ularga oid bo‘lgan nazariy tushunchalarning mazmuni va hajmi qanday bo‘lishi kerak, degan savollar amaliyotda tez-tez uchrab turadi.
Bu jarayonda bevosita adabiy-nazariy tushunchalarni o‘rganish bilan birga, ularni o‘rganish va o‘zlashtirishga yordam beradigan adabiy-tanqidiy qarashlardan foydalanish ham bor. Matbuotda, gazeta va jurnallarda, adabiy-tanqidiy yo‘nalishdagi kitoblarda
bunday qarashlarga keng o‘rin beriladi. Ularda tegishli badiiy asarlarning ilmiy baholari va sharhlari keltirilgan bo‘ladi. Bunday ishlar o‘quvchilarning umumiy dunyoqarashiga, badiiy asarni to‘g‘ri anglashlari va o‘zlashtirishlariga, undagi o‘ziga xosliklarni tezroq va teranroq tushunib olishlariga imkon yaratadi. Buning natijasida esa ularning ma’naviy olamlari yanada boyiydi, badiiy-estetik rivojlanishlarida qo‘shimcha omil paydo bo‘ladi, eng muhimi ularning adabiy savodxonligi ko‘tariladi.
Adabiyot darslarini tashkil etishda adabiy-tanqidiy maqolalardan klassik adabiyotni o‘rganishda ham, zamonaviy adabiyotni o‘rganishda ham foydalanish mumkin. O‘quvchilarning umumiy tayyorgarligi, o‘qituvchining darsni tashkil etishdagi o‘ziga xos yondoshuvlaridan kelib chiqqan holda ayrim adabiy-tanqidiy maqolalardan to‘lig‘icha, ayrimlaridan qisman foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. «Avesto» obidasini o‘rganish jarayonida H.Homidovning «Avesto» fayzlari», Bilga xoqon,
To‘nyuquq, Kul tigin yodnomalarini o‘rganishda N.Rahmonovning «Turk xoqonligi»,
O‘lmas Umarbekovning hayoti va ijodini o‘rganish jarayonida tanqidchi I.G‘afurovning «Adabiy qahramonlarga xatlar»idan12 bemalol foydalanish mumkin. Xuddi
SHuningdek, Alisher Navoiyning hayoti va ijodini o‘rganishda ko‘plab navoiyshunoslarimizning asarlaridan, jumladan, Izzat Sultonning «Navoiyning qalb daftari»dan13, Aziz Qayumovning bir qator kitoblaridan14 foydalanish yaxshi samaralar beradi. Mumtoz adabiyotni o‘rganish jarayonida tasavvuf falsafasi muammolariga ro‘para kelinadi. Ushbu jarayonda alohida olingan ijodkorlarning asarlarini tahlil qilish asnosida tasavvufning anchayin murakkab masalalarini bir qador sodda va aniq tavsiflab bergan olimlar: N.Komilov14, H.Homidov16, I.Haqqulov15, Yo.Ishoqov16 va boshqalarning tadqiqotlariga suyanish mumkin.
Alohida ta’kidlash joizki, mumtoz adabiyot haqida gapirilganda ularning barchasini yoppasiga tasavvuf adabiyoti sifatida baholash va tahlilda ham shunga intilish o‘zini oqlaydigan nuqtai nazar emas. Har bir holat alohida yondoshuvni taqazo etishini unutmaslik kerak. Zero, «shunday ijodkorlar borki, na iste’dod yo‘nalishi, na dunyoqarashi, na voqelikka munosabati ularni so‘fiy deyish yoki mutasavvuflar safiga qo‘shishga imkon beradi. Hayotiy ehtirosi baland, qalbidan xalq va yurt dardi chuqur o‘rin egallagan bunday ijodkorlarning asarlarini majburan tasavvufga keltirib boqlash ularning san’atkorlik mavqeini yuqori ko‘tarmaydi, aksincha, pasaytiradi»17. O‘z o‘rnida kelgan talqin va tahlillar esa o‘quvchilarning adabiy didini oshiradi, ularning umumiy adabiy tayyorgarligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Akademik Alibek Rustamov tasavvuf adabiyotidagi ayrim obrazlar mohiyatini ochib berar ekan, jumladan shunday misollarni keltiradi:
«She’rda «may» so‘zi va uning ma’nodoshlari istiora tarzida ilmu ma’rifat va ishqu muhabbat ma’nolarida qo‘llanishi mumkin. So‘zni nazarda tutmasdan shu so‘z bildirgan narsaning o‘zini e’tiborga olganda, ya’ni, Masalan, «may» so‘zini emas, mayning o‘zini ilmu ma’rifat va hokazolarning timsoli deb tasavvur qilinganda, buni «ishora», «ramz» yoki «simvol» deb ataydilar. Agar shu tasavvurga asoslanib yana so‘zga qaytilsa-yu, so‘zning ma’nosi nazarga olinsa, buni ramziy yoki simvolik ma’no deyiladi. Agar ramz yoki simvollar sistemasi e’tiborga olinsa, buni «ishorot», «rumuz» yoki «simvolika» deydilar.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling