Epik janrlarda nutq obrazlar personajlar ifoda shakillari pafos bilan bog’liq ko’rinishi reja


Savol-topshiriqlar bilan ishlash bo‘yicha uy ishlari


Download 0.76 Mb.
bet15/33
Sana15.12.2022
Hajmi0.76 Mb.
#1007844
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   33
Bog'liq
EPIK JANRLARDA NUTQ OBRAZLAR PERSONAJLAR IFODA SHAKILLARI PAFOS BILAN BOG’LIQ KO’RINISHI

Savol-topshiriqlar bilan ishlash bo‘yicha uy ishlari. Boshlang‘ich sinflarning “O‘qish kitobi” va yuqori sinflarning “Adabiyot” darsliklarida taqdim etilgan adabiy matnlar ustida ishlash uchun ma’lum savol-topshiriqlar berilgan. Boshlang‘ich maktabning 3–4-sinflarida o‘quvchilarga uy vazifasi sifatida asar matni yuzasidan beriladigan savol-topshiriqlarning soni to‘rttadan oshmasligi kerakligi ma’lum. Darsliklarda taqdim etilgan ayrim savol-topshiriqlar tavsiflashni talab qilsa, ba’zilari umumlashtiruvchi xarakter kasb etadi. Ayrim savollar avval o‘zlashtirilgan bilimlarni eslashga ehtiyoj uyg‘otsa, boshqasi har tomonlama o‘ylashni va tahlilni talab qiladi. Yana bir xil savol uchun darslikdagi ma’lumotning o‘zi kifoya qilsa, o‘zgasiga javob berish uchun yordamchi manbalarga murojaat qilishga to‘g‘ri keladi.
Darsliklardagi asar matni yuzasidan berilgan savol-topshiriqlarga uyda javob tayyorlashda o‘quvchilar ko‘pincha umumiy qonuniyatni to‘g‘ri topadilar, biroq buni o‘zlari asardan misollar keltirib asoslab berishga qiynaladilar. Ulardan nega shundayligini tushuntirish yoki aytganlarini isbotlash talab qilinganda, mazkur holatga tegishli ko‘pgina faktlarni bilsalar ham, o‘zlarini yo‘qotib qo‘yadilar. Gap shundaki, javob beradigan o‘quvchi o‘zi bilgan dalillarni, bilimlarni yangi tizimga, o‘qituvchi tomonidan belgilangan, uning savoli talab qilayotgan yangi yo‘nalishga solishi kerak bo‘ladi. Dastlab o‘quvchini aynan shu narsa qiynaydi. Keyinchalik, faktlar aniqlanib, topshiriq aqliy imkoniyati darajasidan uncha uzoq emasligi ma’lum bo‘lgach, tafakkuri faollashadi.
O‘quvchilar faoliyati mustaqilligini uyg‘otishga intilgan o‘qituvchi uyga beriladigan savol yoki topshiriqni mavzuga moslagan tarzda shakllantiradi. SHuning o‘zi tarbiyalanuvchining aqliy faoliyati uchun qulay sharoit yaratadi. O‘qituvchi o‘quvchini materialni shunchaki qayta bayon qilmay, qarashlarini ma’lum tayanch fikr atrofida umumlashtirishga, undan javob uchun zarurini ajratib olishga, fikrini qolipga tushgan siyqa iboralarda emas, o‘z so‘zlari bilan bayon qilishga undaydi. Bu o‘quvchidan ma’lum hodisa sabablarini tushuntirish, fikrlarini qat’iy ilmiy-mantiqiy asoslarga qurish, voqealarni xolis baholash va kuzatganlarini umumlashtirishni talab qiladi. Uy vazifalarini bo‘rash bilan bog‘liq bunday vaziyatlarda qo‘shimcha savollar juda qo‘l keladi. Qo‘shimcha savollarning kuchi shundaki, ular avval o‘rganilgan bilimlarga tayanganidan o‘quvchilar ishini engillashtiradi. Bu o‘rinda avval o‘zlashtirilganlarni takrorlash emas, balki o‘rganilgan bilimdan yangi yo‘nalishda foydalaniladi. Bu o‘quvchilarni yangilik qidirishga, noma’lumni aniqlashga yo‘naltiradi.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling