Epik janrlarda nutq obrazlar personajlar ifoda shakillari pafos bilan bog’liq ko’rinishi reja


Download 0.76 Mb.
bet16/33
Sana15.12.2022
Hajmi0.76 Mb.
#1007844
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   33
Bog'liq
EPIK JANRLARDA NUTQ OBRAZLAR PERSONAJLAR IFODA SHAKILLARI PAFOS BILAN BOG’LIQ KO’RINISHI

Kalit so‘zlar bilan ishlash. Asar matni bilan ishlash topshiriqlari sirasiga kalit so‘zlar bilan ishlash vazifasi ham kiradi. O‘qituvchi bunday topshiriqlardan uy ishi sifatida ham, dars jarayonida ham foydalanishi mumkin. Bu topshiriqning asosiy xususiyati matndagi kalit so‘zlarni ajratib olib, ularning ma’nosi va asarning umumiy mazmunidagi o‘rnini aniqlashdan iborat. Kalit so‘zlar bilan ishlash bo‘yicha uy vazifasi biror qahramon timsolida, biror epizod yoki hodisa misolida ham bo‘lishi mumkin. Asar qahramoni shaxsi bilan bog‘liq kalit so‘zlar ustida ishlash uchun o‘quvchi matndan asosiy so‘zlarni ajratib oladi. Ularning mohiyatiga kiradi, ma’nosini aniqlaydi. So‘ngra bu so‘zlarning qahramon shaxsi, fe’l-atvorini ochishdagi o‘rni, ahamiyatini belgilaydi. Ularning qo‘llanilishiga o‘z munosabatini bildiradi, fikrini asoslaydi. SHu asnoda yozuvchining uslubiga, qahramonning shaxsiga baho beradi. O‘z ma’naviyati shakllanishida o‘zi ishtirok etadi.
Kalit so‘zlar bilan ishlashlaydigan uy vazifalarini berishda asardagi peyzaj juda qo‘l keladi. Mavzu atrof olam bilan aloqada o‘rganiladi. O‘quvchi tabiat hodisalarini kuzatadi, ko‘rganlarini badiiy ifodalashga urinadi va hk. Qo‘llangan so‘z va iboralardan mavzu uchun muhimlari ajratiladi. Bunday mustaqil izlanishlar o‘quvchining dunyoqarashini kengaytiradi, peyzaj tasviridagi badiiylik va aniqlikni kashf ettiradi.
Matnni o‘zlashtirish emotsional, ongli tarzda amalga oshadi. Ular o‘quvchini ko‘ra bilishga, ilg‘ay olishga, anglaganlarini so‘z bilan ifodalashga o‘rgatadi. O‘qituvchilar asarlardagi peyzaj tasviriga ko‘pda e’tibor qilmaydilar. Tabiatdagi go‘zallikni ko‘ra bilish, ko‘rganlarini so‘z bilan ifodalash mahorati har bir adibda o‘ziga xos tarzda shakllangan. Buni o‘quvchi farqlashi va anglashi uchun uni tasvir mohiyatiga kirishga undaydigan uy vazifalari berilishi kerak. Asar matni ustida ishlash bilan bog‘liq bunday uy ishlari ham o‘quvchilarning ma’naviy kamolotini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘quvchilarning uy insholarini tashkil etish. Ma’lumki, bugun kunda mamlakat oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlari testlar asosida amlga oshirilmoqda. Shuning uchun o‘quvchilar, ota-onalar, hatto, ko‘pchilik o‘qituvchilar o‘quvchilarning insho yozishiga e’tiborni susaytirdilar. Insho yozish o‘quvchilarning adabiyot darslaridagi asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi va ular oliy maktabga kirish vositasi emas. Insholar inson tafakkurini charxlash, dunyoqarashini kengaytirish, fikrlarini, qarashlarini qat’iylashtirish va ma’naviyatni shakllantirish omili hisoblanadi. Maktab adabiy ta’limining barcha bosqichida o‘quvchilarga insho yozdirish shart. O‘quvchining fantaziyasi, xayolot olami kattalarnikidan boy va keng. Tarbiyalanuvchining bu imtiyozlaridan uning o‘zi uchun foydalanish kerak. O‘quvchining hayotiy tajribasi kattalarnikiga nisbatan ancha g‘arib, atrof-muhitga munosabati ham sodda va jo‘nroq. O‘quvchini ijodkorlikka yo‘naltirish uning ruhiyatini bezovta qila oladigan, qiziqtiradigan mavzuda yozishga, eng muhimi, tuyg‘ularini, munosabatini so‘z bilan ifodalab berishga qiziqish uyg‘otilganda engil amalga oshadi.
Bola ko‘pincha yozishga arziydigan salmoqli gapi yo‘qligidan yomon yozadi. Maqsad sinfdagi barcha o‘quvchilarni badiiy ijodkor qilish emas. Muhimi, tarbiyalanuvchida ijodkorlik tuyg‘usi paydo bo‘lsa, darsda o‘rganganlariga munosabat bildirishga odatlansa, unda insonlik, shaxslik kurtaklari shakllanadi. O‘quvchini faqat o‘zi yaxshi bilgan narsasi haqida yozishga o‘rgatish kerak. Yaxshi bilmagan, tushunmagan mavzu haqida yozishdan azobli narsa yo‘q. Bolaga bunday topshiriq berish unda quruqlik, yuzakilikni tarbiyalash demakdir. O‘quvchi shaxsida ijodkorlikni, bezovta, uyg‘oq qalbni tarbiyalash uchun, avvalo, unda atrof-muhitga, tabiatga, hayvonot va nabotot olamiga, insonga kuchli qiziqish uyg‘otiladi. Bolani o‘zi yaxshi bilmaydigan, yaxshi ko‘rmagan, qiziqmagan mavzuda yozishga majbur qilmagan ma’qul.
Boshlang‘ich sinflar adabiy ta’limida uyga insho yoki bayon yozishga berilsa, o‘sha kuni o‘quvchi boshqa o‘quv fanlari bo‘yicha oshiqcha yuklamalardan halos etilishi kerak. Chunki insho va bayon yozish aqliy zo‘riqish va ancha vaqtni talab qiladi. Ta’limning yuqori bosqichlarida ham o‘quv fanlari muallimlari bir-birlari bilan doimiy aloqa bog‘lab turishlari, uy vazifalarini berishda bir-birlari bilan kelishishlari o‘quvchining uyga berilgan topshiriqlarni tayyorlashdagi vaqtini nazorat qilish imkonini beradi. Bundan tashqari, maktabda dars jadvallari ham shundoq tuzilishi kerakki, uy vazifalari bir kunda 3-4tadan oshmasligi maqsadga muvofiq keladi. Sinflar yuqorilab borgani sari uy vazifalarining soni oshmay mazmuni chuqurlashadi. Talab doirasi kengayadi. Bundan tashqari rasmlar, kuzatishlar asosida ham insholar yozdirish mumkin. Bunday uy vazifalari ham 30–35 daqiqali ishlar bo‘lishi kerak.
Dunyo ta’lim tizimidagi barcha jihatlarni ko‘r-ko‘rona ko‘chirish o‘rniga ular erishgan yutuqlarning o‘zbek o‘quvchisi milliy xususiyatlari, ruhiy o‘ziga xosligiga mos keladigan tomonlarini o‘zlashtirish kerak. Aks holda, chet el pedagogikasidagi tashqi jihatlargina o‘zlashtirilib, qilingan harakatlar samarasiz ketadi. Tajriba almashishlar ko‘rsatdiki, chet el ta’lim tizimida har qanday o‘quv fani bo‘yicha esselar yozish etakchilik qiladi. Ma’lumki, esse – erkin fikrning, mustaqil tafakkurning mahsuli. U – ijod. Adabiyot darslarida insho yozish ham ijod. Ijodning har ikkala turi orasidagi tafovut uncha katta emas.
Adabiyot darslarida tanlangan insho mavzulari o‘qituvchi uchun eski, ammo o‘quvchilar uchun yangi. O‘quvchilarga insholarning o‘ylantiradigan, qiynaydigan yoki sevintiradigan tuyg‘ularga hamohang mavzularda bo‘lishi yoqadi. Masalan, ma’lum shaxs haqidagi insho mavzulari: “O‘rtog‘imning tavsifi”, “Mening do‘stim”, “Mening ilk muhabbatim”, “Mening akam”, “Men suygan suyukli”; o‘rganilgan asarlar yuzasidan: “Menga yoqqan sahifa”, “Hoshimjonga munosabatim”, “A.Oripov asarlaridan olgan taassurotlarim”, “O‘.Hoshimov ijodining qaysi tomonlarini qadrlayman va yaxshi ko‘raman” va hk. mavzular istisnosiz ijodiy tafakkurni, tom ma’noda mustaqil fikrlashni talab qiladi. O‘quvchining erkin va mustaqil mulohazasiga asoslanadigan bunday uy insholari o‘quv yilining boshida, badiiy asar tahliliga bir oz o‘rganilgandan keyin, o‘quv yili o‘rtalarida va oxirida olish bolalarning mustaqil fikrlashini o‘stirishga xizmat qiladi. O‘quvchilardagi fikr mustaqilligining o‘sishini nazorat qilishga imkon beradi.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling