Mavzu: Belbog`li kurashning rivojlanish tarixi. Reja O`smir yoshdagi kurashchilarning jismoniy tayyorgarligi


Download 28.97 Kb.
Sana11.01.2023
Hajmi28.97 Kb.
#1089355
Bog'liq
3-Mavzu Belbog`li kurashning rivojlanish tarixi


Mavzu: Belbog`li kurashning rivojlanish tarixi.
Reja

  1. O`smir yoshdagi kurashchilarning jismoniy tayyorgarligi

  2. Kurashchilarning umumjismoniy tayyorgarlik ko`rish vositalari va metodlari

  3. Belbog`li kurashning rivojlanish tarixi

Bu mavzu yordamida kurashchilarning umumiy jismoniy tayyorgarligi vosita va metodlari to`g`risida tushuncha beradi


O'smir yoshdagi jismoniy tayyorgarlik to'gri kaddi-komatni, xarakatlanish malakalarini shakllantirish, xar tomonlama jismonan takomillashtirish, kurashda texnik xarakatlarni egallash uchun zarur bo'lgan jismoniy sifatlarni rivojlantirishni o'z ichiga oladi.
12-14 yoshda tezkorlik, chakkonlik va egiluvchanlikni rivojlantirish maksadga muvofikdir. 15-16 yoshdagi o'smirlarda kuch rivojlana boshlaydi va tezkorlik kuch mashklarini bajarishga kobiliyat namoyon bo'ladi. 16-18 yoshda ko'p kuch va tezlik talab etiladigan mashklar osonrok o'zlashtiriladi, chidamlilikni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratiladi. O'smir kurashchilarni tayyorlashda shularni e'tiborga olish juda muximdir.
Chidamlilikni boshka jismoniy sifatlar bilan birga rivojlantirish zarur. Professor V.P.Filinning (1980) ta'kidlashicha, bu yoshda chidamlilikka karatilgan uzok vakt davom etadigan va bir tomonli trenirovka o'smirlarga xos bo'lgan tezkorlik nagruzkalariga moslashishni pasaytiradi.
12-15 yoshda kuchni rivojlantirish asosan o'z massasi ogirligi, to'ldirma to'plar, gantellar, gimnastika tayokchalari, sherik (turli ogirlikdagi) bilan xamda turli gimnastika sport anjomlarida mashklar bajarish yordamida amalga oshirilishi lozim.
16-18 yoshdagi kurashchilarda kuchni rivojlantiruvchi mashklar sport anjomi ogirligini oshirish, dastlabki xolatni o'zgartirish, mashk bajarish vaktini uzaytirish, mashklar orasidagi dam olish vaktini kamaytirish xisobiga murak- kablashtiriladi.
Yosh o'smirlarning chidamliligini rivojlantirishda extiyotkor bo'lish lozim o'rtacha nagruzkalar, kichik me'yor yoki dam olish uchun tanaffusli o'kuv-trenirovka bellashuvlaridan iborat mashklar). Nagruzkalarga moslashib borgan sari dam olish tanaffuslari kiskartiriladi. Masalan, tik turishda 2+2 kurashida (navbatma-navbat xujumlar va ximoyalar) 3 minutlik tanaffus asta-sekin 1 minutgacha kiskartiriladi. Parterda 2+2 bo'lib 1 minut tanaffus bilan navbatma-navbat kurashishda trenirovka vaktini 3+3 gacha uzaytiriladi. Keyinchalik kurash sur'atini kuchaytirish mumkin. Chidamlilikni rivojlantirish uchun chegaralangan joyda bir tomonlama karshilik bilan (biri fakat xujum kiladi, ikkichisi fakat ximoyalanadi), parterdan yukori yoki tik turishga chikish bilan kurash o'tkaziladi. Bu mashklar kiyin xolatlardan chikib ketish yo'lini topishga o'rgatadi.
Professor V.P.Filin tadkikotlarining ko'rsatishicha 13 yoshda bo'gimlarda xarakatchanlik yangidan oshadi,15 yoshda u eng katta xajmga ega bo'ladi, 16-17 yoshda xarakatchanlik ko'rsatkichlari kamayadi. Shu sababli o'smirlik yoshida egiluvchanlik va bo'gimdagi xarakatchanlik mashklari majburiydir.
12-18 yoshda egiluvchanlik va bo'gimlardagi xarakatchanlik buyumlarsiz xamda kichik ogriklar bilan (gimnastika tayoklari, gantellar, to'ldirma to'plar) bajariladigan faol-sust xususiyatiga ega mashklar orkali yoki asta-sekin xarakat amplitudasini kuchaytiruvchi va kengaytiruvchi sherik yordamida rivojlantiriladi. Shuningdek kaddi-komatni shakllantirish mashklari kattalarga nisbatan ko'p ko'llaniladi.
Shunday kilib, o'smirlarning xar tomonlama jismoniy tayyorgarligi ko'pgina vositalar yordamida amalga oshiriladi.
Yosh o'smirlar bilan ko'prok o'yin uslubi ko'llaniladi, mashgulotlar turlicha va extirosli o'tkaziladi. Xamma mashklar asosiy mashgulot shakli - darsda bajariladi.
O'smir kurashchining jismoniy tayyorgarligini maksadli amalga oshirish uchun kurashdagi o'kuv-trenirovka jarayonida saf (tartibli) mashklar (saflanish, buyruklarni bajarish, kadam tashlab va yugurib xarakatlanishlar) ko'llaniladi. Ularning maksadi - kurash mashgulotini tashkil etish, to'gri kaddi-komatni shakllantirish, intizom, o'zaro munosabat va tartibni tarbiyalashdir. Saf mashklari darsning kirish, tayyorlov va yakuniy kismida mashklarni bajarish uchun guruxlarni tashkil kilish, saflantirish va kayta saflanish uchun, shuningdek nagruzkadan so'ng zo'rikishni bartaraf etish maksadida bajariladi.
Umumiy rivojlantiruvchi mashklar katoriga oddiy gimnastika (ko'llar, oyoklar, gavda, ogirliklar bilan, ogirliklarsiz, buyumlar bilan va buyumlarsiz xamda sheriklar bilan) mashklari va ogir atletika, eshkak eshish, sport o'yinlari kabi sport turlaridagi ba'zi mashklar kiradi. Bunday mashklar kurashchining jismoniy rivojlanishini yaxshilaydi,xarakat malakalari zaxirasini kengaytiradi, organizmning fukntsional imkoniyatlarini oshiradi, ish kobiliyatining tiklanishiga yordam beradi. Umumiy rivojlantiruvchi mashklar bilan bir vaktda asab-mushak kuchlanishlari xususiyati va o'smir organizmining ish tartibiga ko'ra o'xshash bo'lgan mashklarni ko'prok ko'llash zarur. Turli sport turlaridan olingan mashklar, ularni bajarish xususiyati va shartlariga karab, jismoniy sifatlarni rivojlantirishda turli pedagogik vazifalarni xal etishga imkon berdi. Asosan kuch, chidamlilik, tezkorlik, egiluvchanlik va chakkonlikni tarbiyalashga karatilgan mashklarni ajratish kabul kilingan. Ogirliklar bilan (tayoklar, gantellar, to'ldirma to'plar va x.k.) gimnastika mashklarini ko'p marta bajarish kuch chidamliligini rivojlantiradi. Ushbu mashklarni katta tezlikda kiska vakt ichida bajarish tezkorlik sifatlarini rivojlantirishga yordam beradi.
Xar bir mashk ma'lum bir sifatni yoki bir gurux sifatlarni rivojlantiradi. Masalan, sherik karshiligida yoki shtanga bilan bajariladigan mashklar, o'z ogirligi bilan tortilish xamda ko'llarni bukib-yozish mashklari kuchni; kesishgan joyda yugurish - chidamlilikni; katta tezlik bilan bajariladigan gimnastika mashklari, kiska masofalarga yugurish - kurashda xarakat tezligini tarbiyalashga yordam beradi. Basketbol o'yini chakkonlik, chidamlilik va tezkorlikni kompleks xolda tarbiyalashga imkon yaratadi.
Yukori emotsional ko'zgalishda katta bo'lmagan shiddat bilan bajariladigan umumiy rivojlantiruvchi mashklar organizm ish kobiliyatini, ayniksa shiddatli mashgulotlar o'tkazilgandan so'ng asab tizimini tiklashga yordam beradi. Ular ertalabki badan tarbiya vaktida va trenirovka mashgulotlarida darsning birinchi bo'lagida (tayyorlov kismida) xamda asosiy kism oxirida ko'llaniladi. Bundan tashkari, o'rmonda, dalada, daryo bo'yida (suzish, eshkak eshish va to'p o'ynash bilan) jismoniy tayyorgarlik bo'yicha maxsus mashgulotlarni tashkil kilib turish shart.
Kurash mashgulotlarida katta jismoniy nagruzkadan so'ng organizmni nisbatan tinch xolatga keltirish uchun o'smirlarni mushaklarni bo'shashtirishga, nafas olishni tinchlantirishga (o'ta bo'shashtirilgan mushaklarni silkitish xarakatlari, chukur nafas olish uchun o'pka kafasini kengaytiruvchi mashklar va x.k.) karatilgan mashklarni mustakil bajariga o'rgatish zarur.
Mushaklarni bo'shashtirishga karatilgan mashklar xatto bellashuv jarayonida ushlash va zo'rikishdan xoli bo'lgan kiska vakt ichida kuchning yanada tez tiklanishiga yordam beradi.

Kurashchilarning umumjismoniy tayyorgarlik ko`rish vositalari va metodlari


Saf mashqlari mo`ljal olish tezligini, jamoa uyishqoqlik bilan harakat qilish malakalarini rivojlantirish, to`g`ri qad-qomatni, intizomlilikni, uyishqoqlik va boshqa sifatlarni tarbiyalash, shuningdaek, badanni qizdirish va emotsionla holatni oshirish uchun xizmat qiladi.
Saf mashqlari asosan mashg`ulotning tayyorgarlik qismida chqqon harakar bilan aniq buyruq bo`yicha, trenerning kutilmaganda beradigan signali, belgilari va topshirig`ika ko`ra bajariladi.
Asosiy saf mashqlari: saflanish, sanab chiqish, raport berish, salimlashish; tushinchalar- front (safning old tomoni), flang (safning o`ng yoki chap tomoni), masofa, oraliq; safni orasini ochish, safni birlashtirish, turgan joyda va yurib turib burilish; poxod va saf qadamlari; oldinga, orqaga, yon tomonlarga burilib qadam tashlashni ijro etish; turli xilda yurish, yugurish surati va qadam tezligini o`zgartirib yugurish. Trenirning turli topshirig`ini bajarish. Masalan: “Yugurib tarqaoing!”, “Yoting!”, “Turing!”, “O`tiring!”, “Besh sekundda saflaning!” va hokazo.
Yurish, yuguri va sakrasgni navbatlashtirsh. Yo`nalishni o`zgartib sportchs yurish, chuqur odimlab yurish, cho`qqayib yurish, tizzalarni baland ko`tarib yurish, qo`llarni harakatlantirib yurish, sakrab-sakrab yurish, maksimal tezlik bilan turganoyda yurish va yugurish; joylarda (ochiq maydon va parklarda) tabiy to`siqlarni yengib o`tib yurish va yugurish; turgan joyda oldinga, orqaga, yon tomonlarga uzunlikka sakrash.
Buyumsiz bir kishi bajaradigan mashqlar. Ular asosan muskul guruppalarni qisqartirish, cho`zish va bo`shatishga hamda kuchlilikni, tezlikni, chqqonlikni va egiluvchanlikni rivojlantirish uchun harakatlar kordinatsiyasiga yo`naltirilgan bo`ladi.
Buyumsiz bajariladigan mashqlar bir joyda (tik turib, o`tirib va yotib) bajariladi. Ular katta amplituda bilan-ravon, tezlikni asta-sekin oshirib va tez bajariladi.
Taxminiy mashqlar.
Turli xilda oyoq uchida ko`tarilish, qo`llarni yuqoriga, yon tomonlarga, pastga uzatish va gavdani engashtirib, qo`l uchini yoki kaftni polga tegizish.
Gavdani chpga engashtirish va chp qo`l bilan o`ng qo`lni shu tomonga tortish, shu mashqni teskari tomonga bajarish, so`ngra oldinga chuqur odim tashlash va boshqa qo`lni tortish. Mashqni har ikki tomonga bajarish.
Qo`llarni bo`shttirgan holda turtib, gavdani o`nga-rqaga va chpga-orqaga 8-10 martadan burish, so`ngra ikita purjinasimon harakat bilan gavdani o`ng va chap oyoq tomon engashtirish.
Gavdani o`ngdan chapga va chapdan o`nga aylantirish.
Har ikki oyoq bilan turli xildagi cho`qqayish-oyoqlar orasini torroq ochish, kengroq ochish, mashqni oyoq uchida, oyoq kaftini to`la yerga tegirib bajarish, cho`qqayib turgan holda turgan choyda sakrash.
Yerga qo`llar bilan tayanib yotgan holdan-qo`llarga tayanib ko`tarilish, qo`llarni bukish, yozish va keyinchalik poldan itarilib chapak chalish.
Polga chalqanchi yotgan holda ikki oyoqni to`g`ri burchak hosil bo`lguncha ko`tarish, keyin esa oyoqlarni boshidan o`tkarib bukilish va yana dastlabgi holatga qaytish. Shuning o`zini ikki uch marta qaytarish.
Tizzalarga tayanib o`tirgan holatdan qo`llarni oldinga siltab va oyoqlar bilan depsinib cho`qqayib o`tirgan holatga sakrab turish, 6-10 marta takrorlash.
Navbati bilan o`ng va chp qo`lni boshidan o`tkazib, gavdani o`ng va chap tomonga engashtirish, har bir engashish vaqtida engashgan tomonga ikki marta siltanish.
Cho`qqayib o`tirgan holatdan (oyoqlar keng qilib qo`yilgan) gavda og`irligini o`ng oyoqdan chap oyoqqa o`tkazish va aksincha. Asosiy tik turgan holatdan (oyoqlar yelka kengligida) oldinga engashi gavdani o`ng va chap tomonlarga burish.
Oyoqlarni keng ochib o`tirgan holatdan gavdani o`nga va chapga burish hamda har ikki qo`lni oyoq uchiga tegizishga harakat qilib, gavdani burilgan tomonga engashtirish.
Qo`l-oyoqda turgan holatda, qo`llarni to`lqinsimon bukish va gavdani gorizontal holatga tushirish hamda qaytadan dastlabki holatga qaytish.
Chalqanchi yotish, qo`llari va boshi bilan tayanib, ko`prik holatini olish. Qo`llari va boshiga tayanib turib tebranish, oyoqlari bilan o`nga va chapga egilish, qo`llarini qo`yib yuborib boshi va oyoqlariga tayonib turish va tebranish. Bu mashqlarning juda ko`p variantlari ham bo`lishi mumkin.
Ko`prik bo`lib turgan holatda qo`llarni qo`yib yuborish va boshiga tayanib, qo`llari bilan oyoqlarini ushlab olish, oyoqlarini qo`yib yubormay yon tomonga yotish va qoringa aylanib olish.
Qo`llarga va oyoq uchiga tayanib yotgan holatdan navbati bilan oyoqlar uchini orqaga surib borib, oyoq yuzini yerga tegizish.
Asosiy tik turgan holatdan qo`llarni ko`krak oldida kaftini oldinga qaratib bukish, oyoqlar bilan itarilish va odinga yiqilayotib, qo`llar bilan yerga tushish va so`ngra oyog`ini chalishtib tosga va yonboshga aylanish. Mashq kurash to`shagi yoki matda, dastlab turgan joydan-oyoqlar bilan itarilmay, keyin esa itarilib bajariladi.
Qo`l muskullarini aktiv bo`shashtirish mashqlari. Qo`l panjalarini mahkam siqish-musht hosil qilish. Qo`l panjalarini yozish, panjalarni bo`shashtirish va silkitish. Shundau ischillikda-muskullarni qisqartirish, cho`zish, bo`shashtirish va silkitish. Kurashchilarga boshqa muskul guruppalarini ham aktiv bo`shashtirish tavsiya etiladi. Bu muskullarning to`g`ri rivojlanishi va ishchanligini ta’minlaydi.
Turli muskul guruppalarning kuchi va chaqqonlikni rivojlantirish uchun sherigi va og`rliklari bilan juft-juft bo`lib mashqlar bajarish.
To`ldirma to`plar yoki qop bilan bajariladigan mashqlar: to`ldirma to`pni tik turga va o`tirgan holatda bir biriga tashlash; to`ldirma qopni boshi orqasida yelkada tutib turish, gavdani o`nga va chapga engashtirish; to`ldirma to`pni boshidan oshirib va oyoqlari orasida o`tkazib tashlash.
O`zi yasaga shtanga bilan bajaroladigan mashqlar-shtangani ko`kragidan ko`tarish; shtangani yelkasid ako`tarib turib, o`nga va chapga katta qadam tashlash. To`ldirma to`pni oyoq uchida ushlab, chalqanchi yotgan holatda uni boshidan o`tkazib ko`tarish.
Dastasi bo`lgan to`ldirma qop bilan mashq bajarish-turli og`rlikdagi to`ldirma qopni ikki va bir qo`llab ushlab, boshi uzra aylantirish. To`ldirma to`p yoki qopni oyoqlari orasidan orqaga uloqtirish va aylantirib uni ushlab olish.
Sherigini qarshiligi bilan bajariladigan mashqlar-qo`llarini yon tomonga yozish, pastga tushirish, o`ng va chap qo`l bilan bir qo`lni orqaga itarish, cho`qqayib o`tirgan holarda oyoqlarini bukish va yozish. Sherigining qo`lidan ushlab turib bir oyoqda turli xil cho`qqayish. Asta-sekin va tez cho`qqayish hamda turishni oyoqlarni almashtirib bajarish. Qo`llarini sherigining yelkasiga qo`ygan holatdan, pastga purijinasimon tebranish.
Sherigining bir qo`lidan ushlagan holada yelkada ko`tarib yurish, sherigini ko`kragi oldida ikki qo`lida ko`tarib yurish, sherrigini yelkaga ko`tarib olik va uni bir qo`li vaoyog`dan ushlab harakatlanish. Sherigini ko`tarib, bir joydan ikkinchi joyga yurishda taxminan bir xil vazndagi sherik tanlashga harakat qilish kerak. Bunda trenerning topshirig`iga binoan sheriklar navbati bilan almashnib turadi.
Sheriklardan biri o`z sherigining oyoqlaridan ushlab turadi, u bo`lsa qo`llarida harakatlanib yuradi, keyin ular o`rin almashadilar.
Yiqilish mashlari-sheriklardan biri pastga yiqiladi, ikkinchisi esa uning yelkasidan yoki qo`llaridan tutib qoladi. Cho`zilish mashqlari-sheriklardan biri qorni bilan yotadi, ikkinchisi esa uning beliga o`tirib oladi, sherigining oyog`ini yuqoriga ko`taradi.
Bo`shatish mashqlari.
1. Tik turgan yoki erkin turgan holarda pastga erkin tushirilgan qo`llarni bo`shashtirish va silkitish, qo`llarni yuqoriga ko`tarish-bo`shashtirish va silkitish.
2. Qo`llarni yon tomonga uzatish, so`ngra gavdani oldinga engashtirib, yelka muskullarini bo`shashtirish va qo`llarni silkitish.
Kuchli mashqlardan keyin bo`shashtirish mashqlari zanjirini bajarish foydalidir. Masalan, qo`llarni yuqoriga ko`tarish, qo`l panjalarini, bilak, yelka, gavda muskullarini bo`shashtirish, qo`llarni silkitish va gavdani bo`shashtirib cho`qqayish.
3. Qo`l muskullarini bo`shashtirish va avval bir, keyin ikkinchi tomonga aylanma harakat qilish.
4. Oyoqlarni kengroq qo`yib tik turish, bo`shashtirilgan qo`llarni belga tegizib, gavdani chpga va o`nga burish.
5. Bilak va yelka muskullarini bo`shashtirish, silkitish va oldinga uzatish, o`ng qo`l bilan chap qo`lni uqalash va aksincha.
6. Bo`shashtirilgan har ikki oyoq muskullarini qo`l bilan silkitish va uqalash. Intensiv nagruskali mashq bajargandan keyin oyo`larni 45o burchak ostida ko`tarib, biror narsaga tirab yotish foydalidir.
7. Sherigining bo`shashtirilgan qo`llarini silkitish va qo`l hamda yelka muskullarini uqalash.
Tayoqlar bilan bajariladigan mashqlar.
Tayoqlar bilan bajariladigan mashqlar asosan qo`lning panja muskullari kuchini rivojlantirish, harakatlar surati va ritmini oshirish maqsadida qo`llaniladi. Ularni yakka holda va sherigi bilan bajarish mumkin. Mashqni bajarishda qo`llaniladigan tayoqlar (gimnastika tayoqchasi; yog`och, metall va sintetik materiallardan tayyorlangan tayoqlar)ning diametri 2-2,5 sm, uzunligi 80-90 sm bo`ladi.
Yakka holda bajariladigan mashqlar-o`ng va chap qo`l panjalari bilan tayoqni yuqoriga-pastga siljitish; tayoqni yuqoriga otib, bir qo`llab ilib olish, tayoqni bir qo`ldan ikkinchi qo`lga tashlab, uni ma’lum bir joyidan ushlab olish.
Juft-juft bo`lib bajariladigan mashqlar-tayog`i bilan sherigining tayog`iga-o`ng tomondan yoqoriga, chap tomondan yuqoriga; o`ng tomondan pastga, chap tomondan pastga oldin sekin asta muayyan kuch bilan, keyin esa tez va maksimal tezlik bilan uriladi. Mashq bir-ikki minut uzliksiz, navbati bilan bajariladi, keyin esa qo`llar bo`shashtiriladi.
Ikki tayoqni sherigiga dioganal bo`yicha navbati bilan, o`ng qo`li bilan o`ng qo`liga chap qo`li bilan chap qo`liga irg`itish va ushlab olish. Mashqni dastlab sekin, so`ngra chaqqon va maksimal tezlikda bajarish.
Xuddi shunday, ammo endi bir yo`la ikki tayoqni irg`tish va ushlab olish, so`ngra goh ikki tayoqni, goh bir tayoqni galma-galdan irg`itib ilib olish. Mashq tezlikni oshirish hamda uni oldinga va orqaga harakatlantirib bajarish hisobiga murakkablashtiriladi. Bunda sherigi oraliq masofani saqlashga harakat qilishi kerak.
Tayoqni vertikal holatda ikki qo`l bilan ushlab turib, sherigini oralaridagi chiziqdan tortib o`tkazish mashqi. Xuddi shu mashqni tayoqni gorizantal holda ushlab bajarish.
Tayoqlar bilan bajariladigan mashqlar turli ohanglarni turlicha tezlikda taqqilatib chalishni keng qo`llash kerak. Masalan, sheriklaridan biri bir qo`li bilan tayoqning o`rtasidan ushlab, uni ko`kragi oldida gorizontal holatda tutib turadi, ikkinchisi esa tayog`ining uchi bilan goh o`ng, goh chap tomondan tayoqqa tez-tez uradi.
Arqoncha bilan bajariladigan mashqlar chdamlilikni va chaqqonlikni rivojlantiradi. Arqonchada o`ng va chap oyoqda navbati bilan sakraladi; arqoncha har bir aylanib kelganda avval faqat bir oyoqda keyin ikkinchi oyoqda sakrakadi; shundan so`ng ikki oyoqlab sakrab o`tiladi; so`ngra bir sakraganda arqonchani ikki uch marta sakrashga harakat qilinadi. Mashqlar turgan joydan va harakatda 2-3 minutda bajariladi. 1 minut dam olib, yana 3-4 marta takrorlanadi.
Rezina bovliq (lenta) yoki espandir bilan bajariladigan mashqlar. Rezina bovliqni mahkamlab qo`yish hamma navbatma-navbat o`ng va chap qo`li bilan yoki bir yo`la ikkala qo`li bilan bovliqni cho`zish va qo`yib yuborish. Mashqni 1-2 minut mobaynida turli tezlikda bajarish, so`ngra qo`l muskullarini bo`shashtirish va siljitish. Bovliqni old tomondan va orqasidan bir oyoq bilan bosib olib oldin o`ng, keyin chap qo`l bilan tortib cho`zish.
Espandir yoki rezina lenta bilan bajariladigan mashqlar qo`l, oyoq va yelka kamari muskullariga bevosita ta’sir etgani uchun ham foydalidir. Asosiy mashqlar: espandirni ikki qo`llab ushlab, ko`krak oldida cho`zish, espandirning bir uchini oyog`iga mahkamlab, yelka tomondan bitta (o`ng yoki chap) qo`l bilan tortish, xuddi shuning o`zini yotgan holda bajarish. Espandir rezina lenta yoki bovliq bilan bajariladigan mashqlarni ertalabki gimnastika kampleksiga kiritish ham foydadan holi emas.
Sportning yordamchi turlari
Diqqatni chetga tortish yoki boshqa yoki boshqa faoliyat harakteriga o`tish uchun mashg`ulotlarda sport va harakatli o`yinlar-basketbol, kichraytiradiga maydonda o`ynaladigan futboldan keng qo`llanish mumkin. Zalda basketbol o`yinini tashkil etish ham mumkin. Bu o`yinlar chaqqonlikni, tezlikni, tashabbuskorlikni, topqirlikni rivojlantiradi va eng asosiysi, kolliktivni musobaqalashuviga, unda o`rtoqlik musobaqalarini tarkib topishiga, komanda azolari o`rtasida do`stona aloqalarni o`rnatilishiga yordam beradi.
Hozirgi vaqtda basketbol o`quvchi va yoshlarning sevimli o`yini bo`lib, o`quvchilarni jismoniy tarbiyalashda asosiy visitalardan biri sifatida tan olingan.
Bolalar va o`smirlar organizimining umumiy rivojlanish kompleksida basketbil o`yini muhim ahamiyatga ega ekanligini hisobga olib, uni ota-onalar orasida har tomonlama targ`ib qilish kerak. O`yin maydonlarining tuzilishi murakkab emas, shuning uchun ota-onalar va bolalarning o`zlari bilan bigalikda bunday maydoncha barpo etish mumkin. Basketbol o`ynagandan tashqari, bunday maydonchalarda ota-onalr bolalari bilan turli estafetalar o`tkazishni, komanda xarakterida to`siqlar maydonidan o`tishni tashkil etish mumkin.
Kurashning hamma turlari bilan shug`ullanuvchi o`smirlarning asosiy mashg`ulotlari oralig`ida, faol dam olishga o`tishlari uchun ularga to`shakda ikki komanda bo`lib kurashchilar rebgisini o`tkazish tavsiya etiladi. Buning uchun kengligi bir metr bo`lgan oddiy darvoza tayyorlanadi. Ikki komandaning hamma o`yinchilari o`yinni maydoncha bo`ylab tizzalab o`tkazadilar. Bunda 2-3 kg og`irlikdagi to`ldirma to`pdan foydalaniladi. To`pni teppalatib oshirishga, hujum qilishga va to`pni tortib olishga ruxsat beriladi. O`yin vaqtida bir taym-o`n minut 2 minutlik tanaffus bilan 2-3 taym o`ynaladi.
Basketbol va kurashchilar rebgesidan mashg`ulotlar oxirida yoki umum jismoniy tayyorgarlik yuzasidan maxsus mashg`ulotlar olib borilganda foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Hayotiy muhum malakalarni eganlahsh, harakat va irodaviy sifatlarni takomillashtirish, har tomonlama kamol toptirish maqsadida kurashchilar sestemali ravishda “Mehnat va vatan mudofasiga bo`l tayyor!” “Alpomish-Barchioy” kompleks normativlarini eganlab olishlari kerak.
Murabbiylar tarkibi bunday paytlarda kurashchilarning yil davomidagi va bir necha yillarga mo`ljallangan tayyorgarlik ishlarini planlashtirayotkanlarida mavsum va imkoniyatlarga qarab, o`z planlarida “Alpomish-Barchioy” kompleks bo`yicha tayyorgarlik vositalarini va metodlarini aks ettirishi, umumiy jismoniy tayyorgarlikda yengil atletika, gimnastika, suzish, otish bilan shug`ullanishni hamda “Alpomish-Barchioy” kompleks dasturiga doir boshqa turlar bo`yicha (ham amaliy, ham nazariy) tayyorgarlik ko`rishning soatlari va kunlarini belgilash kerak.


Начало формы
Начало формы
Download 28.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling