Er osti inshootlarida portlatish ishlarini olib borishdagi qo‘shimcha talablar. Reja
SHaxta (shurf) stvollarini kovlab o‘tish va chuqurlashtirishda portlatish ishlarini olib borishning xususiyatlari
Download 27.52 Kb.
|
Маъруза 7
7.2. SHaxta (shurf) stvollarini kovlab o‘tish va chuqurlashtirishda portlatish ishlarini olib borishning xususiyatlari
§ 217. SHaxta stvollarini kovlab o‘tish va chuqurlashtirishda portlatish ishlarini faqat yuzadan va amaldagi gorizontdan bajarishga ruxsat etiladi. Portlatishni bajaradigan shaxslar toza havo oqimli inshootda turishlari kerak. Olovli usul bilan portlatish man etiladi. § 218. Tagi ochiladigan badyada (pastak yog‘och idishda) shay-patronlarni tushirish-chiqarish man etiladi. Bu ishlarni ag‘darma badyalarda bajarishga, stvolni tepa qismidagi qabul qilish maydonchasidan badyaning baland ko‘tarilishiga imkon bermaydigan soz blokirovka qurilmasi bo‘lsagina ruxsat etiladi. Tushirish-chiqarish tezligi yo‘nalitiruvchisiz harakatlanganda 1 m/s dan va yo‘nalitiruvchi bilan harakatlanganda esa 2 m/s dan ortiq bo‘lmasligi kerak. § 219. SHay-patronlarni stvolga tushirish maxsus sumkalarda (qutilarda) PM dan alohida portlatuvchi kuzatuvida bajarilishi kerak. Sumkalar (qutilar) shay-patronlarni vertikal qilib joylashtirishni ta’minlaydigan, katakchalarga ega bo‘lishi kerak. Bunda zaboyda faqat zaryadlashda band bo‘lgan shaxslar va nasos qurilmasi mashinisti turishlari mumkin. Ishchi maydoncha (supa) va taranglovchi ramada badyalarni qarnaylar orqali kuzatish bilan band bo‘lgan shaxslarni turishiga ruxsat etiladi. SHpurlarni zaryadlash paytida bu maydonchalarda boshqa ishlarni bajarish man etiladi. § 220. SHaxta stvolining suv bosgan zaboyida elektrportlatish tarmog‘ini montaj qilish antennali simlar yordamida bajarilishi kerak. Simlar o‘rnatiladigan tayanchlar antennaga suv tegmaydigan balandlikda bo‘lishi kerak. Bunda elektrodetonator simlarini uchlari, ularga qo‘shimcha ulamasdan antennalarga ulashga imkon beradigan uzunlikka ega bo‘lishi kerak. § 221. Zaboydan hamma ishchilar (signal uzatish va qazib o‘tish maydonchasi uchun mas’ul bo‘lganlar bundan mustasno) chiqib ketganidan keyingina portlatuvchi elektrportlatish tarmog‘i montajini amalga oshirishi mumkin. § 222. Magistral simlari sifatida nam o‘tkazmaydigan qobiqli egiluvchan kabeldan foydalanish zarur va u kovlab o‘tish maydonchasidan pastga tushmasligi kerak. § 223. Portlatish ishlarini olib borish uchun naryad-yo‘llanma yozib berilgan portlatuvchi biriktiradigan simlarni kabelga ulash va portlatishni o‘tkazish huquqiga ega. § 224. Portlatish tarmog‘ini montaj qilish tugallangani va barcha odamlar yuzaga chiqarib yuborilganidan keyin stvoldagi barcha lyadalar (eshikchalar) ochiq bo‘lishi kerak. § 225. SHaxtaning vertikal stvollarini kovlab o‘tishda yangidan burg‘iladigan shpurlar, ularni joylashish sxemasini o‘zgartirmasdan, ilgarilovchi shpurlarga nisbatan aylana bo‘yicha surilishi kerak. Download 27.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling