Er-xotinning mulkiy huquq va majburiyatlari


Oilada er va xotinning teng huquqligi


Download 1.26 Mb.
bet2/4
Sana08.05.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1444549
1   2   3   4
Bog'liq
oila .psix.1 Azamat

Oilada er va xotinning teng huquqligi

  • Oilada er va xotinning teng huquqligi
  • Oilada er va xotinning teng huquqligi va ularning teng majburiyatga egaligi to‘g‘risidagi qoida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida e’lon qilingan “O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi shaxsi va ijtimoiy mavkeidan qat’iy nazar, qonun oldida tengdirlar” degan konstitutsiyaviy normadan kelib chiqadi.
  • Nikoh natijasida vujudga kelgan er-xotinning teng huquqlari shaxsiy va mulkiylarga bo‘linadi. Shaxsiy huquqlar mulkiy huquqlardan farq qilib, iqtisodiy mazmunga ega emas, fuqarolarning shaxsiyati bilan bevosita bog‘liq va undan ajratib bo‘lmaydi. Bu munosabatlarni o‘zaro muhabbat, ishonch va hurmat, hamjihatlik, bir-biriga yordam berish asosida qurishni hamda oila oldida uning barcha a’zolarining mas’uliyatligini taqozo etadi.
  • Er-xotin o‘rtasida quyidagi shaxsiy tengliklar vujudga veladi:
  • Familiya tanlashdagi teng huquqlik.

Er –xotinning mulkiy huquq va majburiyatlari

  • Er –xotinning mulkiy huquq va majburiyatlari
  • Oilada er-xotinning umumiy mulki, har birining alohida mulki, shaxsiy foydalanishdagi buyumlari, hadya qilinganda vujudga kelgan mulklari bo‘lishi mumkin.
  • O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 23-moddasiga binoan er va xotinning nikoh davomida orttirgan mol-mulklari, shuningdek nikoh qayd etilgunga qadar, bo‘lajak er-xotinning umumiy mablag‘lari hisobiga olingan mol-mulklari, agar qonun yoki nikoh shartnomasida boshqacha hol ko‘rsatilmagan bo‘lsa, ularning birgalikdagi umumiy mulki hisoblanadi.
  • Er va xotinning nikoh davomida orttirgan mol-mulklari jumlasiga (er va xotinning umumiy mol-mulkiga) er va xotin har birining mehnat faoliyatidan, tadbirkorlik faoliyatidan va intellektual faoliyat natijalaridan orttirgan daromadlari, ular tomonidan olingan pensiyalar, nafaqalar, shuningdek maxsus maqsadga mo‘ljallanmagan boshqa pul to‘lovlari (moddiy yordam summasi, mayib bo‘lish yoki salomatligiga boshqacha zarar yetkazish oqibatida mehnat qilish qobiliyatini yo‘qotganligi munosabati bilan yetkazilgan zararni qoplash tarzda to‘langan summalari va boshqalari) kiradi.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling