“erasmus+ халқаро кредит мобиллик: таълим ва илмий
Download 1.7 Mb. Pdf ko'rish
|
ICM publication 2018 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.03.2018-31.07.2018, 5 oy Iqtisodiyot Tel: +998933321604, e-mail: baxriddinova.munavvar1604@gmail.com Annotatsiya
ERASMUS+ LOYIHASI – TALABALAR BILIMINI OSHIRISH VA DUNYOQARASHINI KENGAYTIRISHNING ENG SAMARALI VOSITASI Baxriddinova Munavvar Farxod qizi Samarqand veterinariya meditsina instituti Germaniya, Giessen shahri Justus-Liebig unuversiteti, Erasmus+ 1.03.2018-31.07.2018, 5 oy Iqtisodiyot Tel: +998933321604, e-mail: baxriddinova.munavvar1604@gmail.com Annotatsiya: Mobillik davridagi yutuqlar haqida qisqacha xulosa, uning talabalar hayotidagi samarasi to‘g’risida fikr va mulohazalar. Erishilgan bilim va ko‘nikmalarning kelajakdagi ilmiy izlanishlarga ta’siri haqida shaxsiy yondashuvlar. Bugungi kunda yurtimizda olib borilayotgan islohotlar bilan bir qatorda oliy ta’lim muassasalaridagi ta’lim sifatini oshirish, malakali kadrlar yetishib chiqarish ham asosiy maqsadlardan biriga aylanib bo‘lgan. Shu qatorda, Samarqand veterinariya meditsina institutida ham qator loyihalar amalga oshirilib kelayotgan bo‘lib, ular orasida talabalarni xorijiy mamlakatlarda almashinuv sifatida talaba tahsil olishini ta’minlash hamda xorijiy universitetlarda tajriba almashish, yangi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish, mavоud imkoniyatlardan to‘la foydalanishga erishishni o‘rgatish uchun Erasmus+ dasturi asosida ko‘plab bilimli talabalar qo‘llab-quvvatlanib kelinmoqda. Shu jumladan, joriy yilning mart-iyul oylarida Germaniyaning Justus-Leibig universitetida tahsil olib qaytgan ekanman, ko‘plab bilim va ko‘nikmalarga, tajriba hamda imkoniyatlarga ega bo‘la oldim deyishim mumkin. Misol qilib aytadigan bo‘lsam, tanlagan fanlarimning malakali professorlar tomonidan o‘qitilishi, dars jarayoni davomida aynan mahalliy talabalar bilan birga bo‘lish, har bir mavzuni turli hil usullar bilan tushuntirgan holda talabaning bilimini tekshirilib borilishi ham maqsadga muvofiq bo‘ldi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, mahalliy professorlar tomonidan almashinuvchi talaba hamda mahalliy talabalarni do‘stlashtirish uchun dars jarayonining o‘zida turli davlatlardan bo‘lgan talabalarning birgalikda ishlashi, fikr almashini, moslashishi uchun ham kichik guruhlarga ajratib ishlashi barcha uchun ijobiy ta’sir qildi. Bu jarayonda turli xil dunyoqarashlarning birlashishi bilan bir qatorda, o‘z mulohazalarini yoritish uchun sog‘lom raqobat vujudga kelganining guvohi bo‘ldim. Albatta, Markaziy Osiyo hamda Yevropa Ittifoqi universitetlari ta’lim tizimi orasida, madaniyati orasida sezilarli tafovutlar mavjud. Masalan, respublikamizdagi oliy 57 ta’lim muassasalarida har bir talaba oldindan belgilangan dastur asosida o‘qitiladi ya’ni talabaning o‘quv jarayonida fanlarni tanlashi cheklangandir. Justus-Leibeg universitetida esa biz doimiy talaba emasligimizga qaramay barcha fanlarimizni o‘z ixtiyorimizga ko‘ra tanlashimiz bilan bir qatorda, mutaxassisligimiz bo‘lmagan boshqa fakultetlardan ham bizga qiziqish uyg‘otgan fanlarni tanlashimizga ham imkoniyat berildi. Nafaqat fanlar, balki sport bilan shug‘ullanish uchun ham sharoitlar yaratilgan edi. Shuni qayd etib o‘tishim kerakki, mobillik davrida har bir talabaning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha tanlagan va mutahassislikdan tashqari tanlagan fanlari ham kelajakda o‘z ilmiy izlanishlari hamda kasbiy mahoratini oshirishga katta hissa qo‘shadi. Dunyoning turli chekkalaridan o‘ziga orttirgan do‘stlari kelajakda ular uchun muhim hamkor, tajriba almashuvchi do‘st bo‘lib qoladi. Turli xil innovatsiyalarning mamlakatlararo tarqalishiga turtki bo‘ladi deb aytishimiz mumkin. Almashinuvchi talaba bo‘lib ta’lim olishning aynan bakalavrlik davridanoq boshlanishi ham ushbu jarayonni tezlashtirishning hamda muhim ko‘nikmalarni olishining muhim davri hisoblanadi. Negaki, unda talaba ta’lim jarayoning ilk davridanoq o‘z maqsadlarini yanada to‘g‘ri yo‘naltirgan holda bilim olishni boshlaydi. Shunday ekan, men bir semestr davomida o‘tagan mobillik davrimni o‘qish jarayonimdagi eng mas’uliyatli, samarali, tajriba va izlanishlarga boy davr bo‘ldi deb hisoblayman. Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling