Erbo`taeva O`. Qurbonov E.
AMIR TEMURNING JAHON TARIXIDA TUTGAN O’RNI VA ROLI
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI
FANIDAN O’QUV-USLUBIY
Guliston 2013
SO’Z BOSHI
O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini qo’lga kiritgach, Vatanimiz tarixini yana ham chuqurroq o’rganish imkoniyati vujudga keldi. Agar sobiq sho’rolar xukmrolnigi davrida o’zbek xalqi orasidan yetishib chiqqan Amir Temur, Ulug’bek, Bobur singari davlat arboblarining muqaddas nomlari, endilikda ular to’g’risida bor xaqiqatni baralla aytilmoqda. Amir Temur davri Vatanimiz tarixining «Oltin davri hisoblanadi».
O’zbekiston xududida yashovchi barcha fuqaro Amir Temur va temuriylar davri tarixini bilishi shart, chunki bu davr o’zbek davlatchiligi tarixida muxim axamiyatga egadir. Bu davrni o’rganish Vatanimiz tarixini yana xam chuqurroq va mukammalroq o’rganish imkonini beradi.
Mustaqillik sharofati bilan Amir Temur va temuriylar davri tarixiga bag’ishlangan ko’plab tarixiy, ilmiy va badiiy asarlar yaratilmoqda. 1996 yil YUNESKO tashabbusi bilan Amir Temur yili deb e`lon qilindi. Shuningdek 1996 yil Amir Temurning jaxon tarixida tutgan o’rni va roli mavzusidagi konferentsiya o’tkazildi.
I. Fanning maqsadi va uning mutaxassis tayyorlashdagi o’rni.
I.1.1. Fanning maqsadi:
«Amir Temurning jaxon tarixida tutgan o’rni va roli» fanini o’rganish bugungi kunning muxim va dolzarb masalalalaridan biridir. Milliy uyg’onish har bir xalq va umummillat manfaatlariga xizmat qilishi zarur. Fanning asosiy maqsadi talabalarni mustaqil fikr yuritishga o’rgatish, ulardan mamlakatimizning boy tarixidan faxrlanish his-tuyg’usini shakllantirishdan iboratdir.
Talabalarda O’rta Osiyo zaminida qadimdan mavjud bo’lgan moddiy va ma`naviy madaniyat, jaxon tsivilizatsiyasiga katta xissa qo’shgan allomalar va qadimdan mavjud bo’lgan davlatlarning xorijiy mamlakatlar bilan olib borgan iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalari haqida to’liq tasavvurlar xosil qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |