TO`LDIRUVCHI ERGASH GAPLI QO`SHMA GAPLAR - Bosh gapdagi ko‘rsatish olmoshi bilan ifodalangan to‘ldiruvchini izohlaydigan ergash gapdir. To‘ldiruvchi ergash gap, odatda, bosh gapga -ki bog‘lovchisi, shart mayli qo‘shimchasi -sa yordamida bog‘lanadi. Shuni bilingki, har bir yangilik bexosiyat bo‘lmaydi. Kimda gumoning bo‘lsa, uni ko‘zdan qochirma.(O.) Bosh gap tarkibida shuni, shunga, shundan kabi to‘ldiruvchilar qatnashadi. Ba'zan bu to‘ldiruvchilar tushirilishi mumkin. Iltimos qilamanki, oldin rais so‘zlasinlar.
ANIQLOVCHI ERGASH GAPLI QO`SHMA GAPLAR - Bosh gapda aniqlovchi bo‘lib kelgan olmosh va ayrim sifatlarni izohlab kelgan ergash gap aniqlovchi ergash gapdir. Aniqlovchi ergash gap bosh gap bilan -ki bog‘lovchisi (bunda bosh gap tarkibida ko‘pincha aniqlovchi bo‘lib kelgan shunday, ayrim, ba'zi so‘zlari ishtirok etadi) yoki shart mayli qo‘shimchasi -sa (bunda ergash gap tarkibida qanday, qaysi, kimning kabi olmoshlar, bosh gap tarkibida esa shu, shunday, o‘sha, uning, ba'zi, bir xil, ayrim, bir, bir qancha kabi olmoshlar bo‘ladi) yordamida bog‘lanadi: 1. Shunday inson haqida xabar keltirdimki, uning har bir so‘zi gavhardir. 2. Kimning ko‘ngli to‘g‘ri bo‘lsa, uning yo‘li ham to‘g‘ri. Ba'zan bosh gapdagi aniqlovchi tushirilishi mumkin: Odam borki, hayvon undan yaxshiroq.
- Mavzu bo`yicha test topshiriqlarini bajarish.
- “Ona tilidan jadvalli mashqlar to’plami”dagi tegishli mashqlarni bajarish.
- LTQdagi mavzuga tegishli qoliplarni to’ldirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |