BOSH VA ERGASH GAPLARNI FARQLASH YO`LLARI - Kesimi tarkibida –ki, tarkibida shuning uchun bog‘lovchisi qatnashgan gaplar ko‘pincha bosh gap hisoblanadi, kesimi tarkibida –sa, -sa ham, -b(-ib), -gach, -guncha, -ganda, -r(-ar) ekan bog‘lovchi vositalari, shuningdek, ko‘makchilar, chunki, agar, go‘yo(ki), toki bog‘lovchilari qatnashgan gaplar esa har doim ergash gap hisoblanadi.
- Ergash gaplarning bosh gapni qay tarzda izohlashiga ko`ra ergash gapli qo`shma gaplar ikki guruhga bo`linadi:
- bosh gapdagi ma’lum bir bo`lakni izohlaydigan ergash gaplar: Shunday odamlar bo‘ladiki, ularni mansab ham, daraja ham, shon-shuhrat ham o‘zgartirmaydi.
- 2) bosh gapni to`laligicha izohlaydigan ergash gaplar: Toshtemir shaharga ketgandan keyin, Sodiq ota qiziga hech narsa demadi.
- 1. Ega ergash gapli qo`shma gaplar.
- 2.Kesim ergash gapli qo`shma gaplar.
- 3.To`ldiruvchi ergash gapli qo`shma gaplar.
- 4.Aniqlovchi ergash gapli qo`shma gaplar.
EGA ERGASH GAPLI QO`SHMA GAPLAR - Bosh gapdagi olmosh bilan ifodalangan egani izohlagan ergash gapdir. Ega ergash gap bosh gap bilan birgalikda ega ergash gapli qo‘shma gap hisoblanadi. Ega ergash gap -ki bog‘lovchisi va fe'lning shart mayli qo‘shimchasi -sa hamda so‘roq va ko‘rsatish olmoshlari (kimki – u, kimki – o‘sha, kimki- o‘zi, nima – o‘sha, nimaiki – hammasi) yordamida bog‘lanadi: Kimki yomonlar suhbatidan qochsa, u yaxshilar suhbatiga erishadi.
KESIM ERGASH GAPLI QO`SHMA GAPLAR - Bosh gapdagi olmosh bilan ifodalangan kesimni izohlagan ergash gap bo‘lib, u bosh gap bilan birgalikda kesim ergash gapli qo‘shma gapni hosil qiladi: Ikkinchisi shuki, xalq boshiga ko‘p ofat keltirgan Andijon zilzilasi Qorabuloqni suvdan mahrum qilib qo‘ydi. (M.Ism.) Kesim ergash gaplar bosh gapga -ki bog‘lovchisi, o‘rin-payt yoki bosh kelishikdagi shu olmoshi yordamida bog‘lanadi. Ba'zan bosh gapdagi olmosh bilan ifodalangan kesim tushiriladi: Yaxshisi, sen darsingni tayyorlagin.
Do'stlaringiz bilan baham: |