Ergashev Do’smamat
Download 226 Kb.
|
Dars ishlanma tas san
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning borishi
- Yangi mavzuning bayoni
Darsning maqsadi:
a) Ta’limiy maqsadi: O’quvchilarning grafikaga oid bilimlarini va turli dekorativ bezak ishlarini bilib olishga o’rgatish. Grafikaning xilma – xilligi, kompozisiyasi, yechim va uning ahamiyatini tabriknoma, geraldika, xarflarni yozish va tasvirlashni o’rgatish. b) Tarbiyaviy maqsadi: O’quvchilarni axloqiy, estetik ruhda tarbiyalash. v) Rivojlantiruvchi maqsadi: O’quvchilarning badiiy bezak grafikasi haqidagi bilim, ko’nikma va malakalarini rivojlantirish. Darsning jihozi: a) O’qituvchi uchun: O’zbekiston xalq rassomlari Iskandar Ikramov, Qutlug’ Basharov, Alijon Holiqov, N.Ten, Nuriddin Kolonov kabi grafikchi rassomlarning asarlaridan reproduksiya, o’qituvchining o’zi tayyorlagan, o’quvchilarning ishlaridan kurgazmali suratlar. b) O’quvchilar uchun: rasm daftar, qalam, qil qalam, tush, pero toza latta va b. Darsning rejasi: Tashkiliy qism. 2-3 daqiqa. O’tilgan mazuni baholash va mustaxkamlash. 7-10 daqiqa. Yangi mavzuning bayoni. 10-13 daqiqa. O’quvchilarning mustaqil ishlari. 15-20 daqiqa. Uyga vazifa. 2-3 daqiqa. Darsning borishi: Tashkiliy qismni o’quvchilarning darsga qanday tayyorlanganligi bilan boshlaymiz. O’tilgan mavzu bo’yicha o’quvchilarning qilib kelgan ishlarini ko’rib chiqiladi va ularning kayfiyatlari o’rganiladi. O’tilgan mazuni baholash oldingi mavzuda biz bajarib kelgan ishlaringizni savol-javoblar bilan baholab chiqamiz. Kim natyurmortni mustaqil kompozisiyasini bajarib kelgan bo’lsa uni izohlab berishi kerak. Suratining mazmuni haqida gapirib berganiga qarab baholar yana ham ko’tariladi yoki pasaytiriladi. Agar kim bajarib kelgan suratini to’g’ri va mazmunli so’zlab bersa ularning suratlarini ko’rgazmaga ham olib qo’yiladi deb ishlarni birin ketin ko’rib mazmuni so’rab chiqiladi. Baholanadi va ularning suratlarini o’qituvchining o’zi ham suzlab berishga harakat qiladi. Yangi mavzuning bayoni bu dars davomida o’qituvchi hammaning diqqatini doskaga va o’ziga qaratib olib keyin badiiy bezak grafikasi haqida so’zlab beradi. Plakatchilik, gazeta va jurnal grafikasi, devoriy gazetalarni, foto montaj, embelema, geraldika to’g’risida gapirib beriladi. Harflarning turlicha yozilishi ham aytib o’tilishi lozim. Taklifnoma, tabriknoma hammasi badiiy bezak grafikasiga misol bo’ladi. Shunday bajarilgan bir necha ko’rsatmali materiallarni ko’rsatib o’tiladi. Ularning bajarilish bosqichlarini doskada chizib beriladi va o’quvchilar ham shunday qilib bajarishlari yoki o’zlari yangi ko’rinishdagisini o’ylab topishi kerakligi aytiladi. Bunday ishlarni bajarish vaqtida turli buyoq, chizg’ich, suratlardan ham foydalanish mumkin. Lekin uni kompozision boshqacha qilib joylashtirish kerak. Hatto applikasiya usulidan ham foydalanish mumkin. Uning mazmundorligi oshishi uchun turli yo’llarni bajarib ko’rsa bo’ladi. Download 226 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling