Ergashev Do’smamat
Download 226 Kb.
|
Dars ishlanma tas san
Ergashev Do’smamat TASVIRIY SAN’ATDAN DARS ISHLANMALARI 5-sinf Annotasiya Mazkur dars ishlanmalari tasviriy san’at predmetidan umumiy o’rta ta’lim maktablarining 5-sinfida dars olib boradigan o’qituvchilarga muljallangan. Chunki, xanuzgacha yangi tasviriy san’at dasturi bo’yicha beshinchi sinf uchun bu kabi materiallar yoritib berilmagan. Bu 5-sinf tasviriy san’at fanini o’kitishda grafika, eskizlar chizish, rangtasvir, natyurmort, portret, dekorativ kompozisiya, idrok etishdan tashkil topgan va noan’anaviy dars materialini ham qisman qamrab olgan. Ushbu uslubiy qo’llanma o’qituvchilarga darsni metodik jihatdan to’g’ri tashkil etishlarida yordam berishi shubhasiz. Qo’llanmadan pedagogik amaliyot o’tash uchun boradigan barcha talabalar, umumiy o’rta ta’lim maktablariining tasviriy san’at fani o’qituvchilari, fan uslubchilari foydalanishlari mumkin. Muallif: M.Behbudiy nomli Samarqand VPKQTMOI «Jismoniy tarbiya, san’at va mehnat ta’limi» kafedrasining katta o’qituvchisi D.Ergashev. Taqrizchilar: M.Ulug’bek nomidagi Samarqand Davlat Me’morchilik va qurilish instituti, kasbiy ta’lim kafedrasining dosenti, san’atshunoslik fanlari nomzodi, X.Jurayev. A.Navoiy nomli Samarkand Davlat Universiteti o’qituvchilari F.Toshpulatov, Sh.Oydinov Mazkur metodik tavsiyanoma M.Behbudiy nomidagi Samarqand VPKQTMOI “Jismoniy tarbiya, san’at va mehnat ta’limi” kafedrasining 2009 yil 30 noyabrdagi 9- sonli qarori bilan nashrga tavsiya etilgan. KIRISH Hurmatli o’qituvchilar! Sizlarga taqdim etilayotgan ushbu uslubiy qo’llanmada umumiy o’rta ta’lim maktablarining 5-sinf tasviriy san’at darslarini metodik to’g’ri olib borish uchun dars ishlanmalari namunasi berilmoqda. Barcha fanlar kabi tasviriy san’at mashg’ulotlarining ham maqsad va vazifalari bo’lib, u yoshlarni komil insonlar bo’lib yetishishlarida yordam beradi. Boshlang’ich sinfda o’quvchilar tasviriy san’atning asosiy elementlari rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik, dekorativ amaliy san’at namunalari bilan qisman tanishadilar. Shuningdek, idrok etish, naturaga qarab tasvirlash, kompozision faoliyatda, dekorativ bezak san’atining o’ziga xoslik jihatlari o’rganiladi. Lekin, boshlang’ich sinfda olgan bilim, kunikma va malakalarini egallashi keyingi yuqori sinflarda ham davom ettiriladi. Jami 34 soatga muljallangan 5 – sinf tasviriy san’at reja-dasturida mavzular biroz murakkablashtirilgan. Bu pedagogikaning osondan qiyinga borish tamoyiliga mos keladi. Ushbu uslubiy qo’llanmada 5-sinf o’quvchilariga o’quv-tarbiyaviy vazifalarni xal etishning quyidagicha mezonlari belgilangan: -tasviriy san’atning o’ziga xos xususiyatlari hakidagi tasavvurlarni kengaytirish; -tasviriy san’atning ifodaviy vositalari (hajm, fazo, chiziq, rang) ni tushunish va undan tasviriy-ijodiy faoliyatda foydalana bilish malakasini rivojlantirish; -rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik, amaliy san’at va me’morchilikning xususiyatlari hamda ifodaviy vositalarining umumiy elementlarini tushunishni takomillashtirish; -qalamtasvir tasviriy san’atning umumiy asosi ekanligini ta’minlashdan iborat. Boshlang’ich sinflarda alohida yo’nalishlar bir tomonlama olib borilgan bo’lsa, endi 5-sinfda chuqurlashgan holda obrazli, bir xil tusdagi kurinishlar, chizmalar mazmunni yoritib berishga harakat qilish, rassom asarlarini, o’quvchi chizgan suratlarni taxlil eta bilishga, fantaziyani boyitishga qaratilgan. Bular haqida o’qituvchi o’quvchilarga yetarli ma’lumotlar berib borsa, maqsadga to’g’ri keladi. Har bir dars tasviriy san’atda ijodiy hisoblanadi. O’kituvchi mavzu to’g’risida to’g’ri ma’lumot bergach o’quvchilarning fikrlashi va tasvirlanishini nazorat qilishi lozim bo’ladi. Chunki mavzular bir-biriga bog’lanib, bir-birini to’ldirib borishi nazarda tutilgan. O’quvchilarning darsni o’zlashtirishi o’qituvchilarning tadbirkorligiga, darsga qizqtira olishiga, dars o’tishning uslublari, rang-barangligiga ham bog’liq. O’qituvchi har bir mavzuga aniq o’zi javobni bilishi va ma’lum miqdorda doskada rasm chizish malakasiga ham ega bo’lishi kerak. O’quvchi ruhiyati o’qituvchining chiza olishini nazorat qilishga, chiziqni, rangni qanday ko’ra bilishga ham qaratilgan bo’ladi. Oddiy chiziq, rang va chiziqlar orqali mujiza yaratilishi bolani sehrli olamga olib kirib quyadi. Keyingi vaqtlarda YaPT (yangi pedogogik texnologiya) asosida dars o’tish, noan’anaviy usullardan foydalanish keng ommalashmoqda. Qachonki o’qituvchi yetarli bilim, kunikma va malakalar bilan tayyor bo’lsa barcha usullarni eplay oladi. O’quvchi ham o’qituvchini tushunadi. Darsning har bir soati foydali va mazmunli bo’lib pedogogik jihatdan ham samarali natija bilan yakun topadi. Shunda vatanimiz, Prezidentimiz belgilab bergan milliy dastur talablarini va demokratik xuquqiy davlat sari oldinga quyilgan vazifalarni to’liq bajarishga imkon yaratgan bo’lamiz. Download 226 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling