Ergashev Do’smamat
-DARS. 1 - MSNI. TABRIKNOMA ESKIZINI ISHLASH
Download 226 Kb.
|
Dars ishlanma tas san
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning borishi
- Yangi mavzuning bayoni.
- O’quvchilarning mustaqil ishlari.
- Uyga vazifa.
6-DARS. 1 - MSNI. TABRIKNOMA ESKIZINI ISHLASH.
Darsning maqsadi: a) Ta’limiy maqsadi: O’quvchilarning birinchi chorak davomida o’zlashtirgan grafikaga oid bilimlarini qanchalik egallagani hamda grafik kompozisiya yechimi va texnikasi, turli obrazlar tasvirlashni o’rgatish. b) Tarbiyaviy maqsadi: O’quvchilarga nafosat tarbiyasini, atrofga, tabiatga nisbatan mehrini o’yg’otish, tasviriy san’atning tabiatdagi go’zal kurinishlaridan zavqlanishni tarbiyalash. b) Rivojlantiruvchi maqsadi: O’quvchilarni grafikaga oid bilimlarini va go’zallikni ko’ra olishini rivojlantirish. Darsning jihozi: a) O’qituvchi uchun: O’zbekiston xalq rassomlari asarlarining reproduksiyasi, o’qituvchining o’zi tayyorlagan suratlari, o’quvchilarning ishlaridan namunalar, suratlar, foto rasmlar, slayd va b. b) O’quvchilar uchun: rasm daftar, qalam, akvarel, suv, qil qalam, toza latta va b. Darsning rejasi: Tashkiliy qism. 2-3 daqiqa. Oldingi mavzular buyicha o’quvchilarning bilimlarini mustaxkamlash. 7-10 daqiqa. Yangi mavzuning bayoni. 10-13 daqiqa. O’quvchilarning mustaqil ishlari. 15-20 daqiqa. Uyga vazifa va darsni yakunlash. 2-3 daqiqa. Darsning borishi: Tashkiliy qismni o’quvchilarning darsga umumiy tayyorgarligi va yo’qlama qilish bilan boshlaymiz. Xonaning toziligini, yorug’likni, mashg’ulotning mazmuniga to’g’ri keladigan kursatmali narsalarning borligini nazorat qilinadi. O’quvchilarning chorak davomida olgan bilimlarini so’rab, chizgan rasmlarini ko’rib baholanadi. Grafik tasvirlar masalasini aniqlab olish lozim bo’ladi. Bu masalalarga turli tuzilgan testlar, krassvordlar, sirli topishmoq rasmlar, nabroskalarni ko’rsatib tushunchalari o’rganiladi. Yangi mavzuning bayoni. Bu mavzuni tushuntirishda hammaning diqqatini darsga qaratilib mavzu doskada yoziladi. Keyin tabriknoma to’g’risida gapirishni o’quvchilarning o’zlarini ishtirok ettirib tushunchalarini hosil qilish kerak. Yangi mavzu “Tabriknoma eskizini ishlash” ni bir g’qancha ko’rinishlardagi yangi variantlarida ko’rsatiladi. Birinchi bosqichda tabriknomaning eskizi, chetki chiziqlari va joylashtirish ko’rsatiladi. Ikkinchi bosqichda chizmaning xarakterli joylarini ifoda etish, naqsh bezaklari, gullar, qaysi kunga, bayramga atalganligi ko’rinib turishi lozim. Uchunchi bosqichda tabriknoma eskizini grafik usulda chizib tugallangani. Har bir tabriknoma eskizlarining yaxshi va yomon taraflari tushuntirib beriladi. Rasm chizishda kearkli ma’lumotlar ham dars davomida berib boriladi. O’quvchilarning mustaqil ishlari. O’quvchilarning o’zlarini besh daqiqa davomida rasmni ishlashlari uchun mustaqil qo’yib qo’yiladi. Keyin esa har bir o’quvchi bajarayotgan rasmlarini ko’rib chiqiladi. Bu vaqt ichida to’g’ri yoki noto’g’ri bajarilayotgan ishlar aniqlab olinadi. Kim yaxshi rasm chiziyotgan bo’lsa uni to’g’rilash uchun yordam beriladi. Yaxshi bajarib borayotganlarni rag’batlantiriladi. Shuningdek, bu dars davomida savol-javob qilib borish ham mukin. O’quvchilar tabriknoma nima uchun kerak ekanligini bilib olishlari lozim. Faqat chizish tartibi emas balki, nazariy tomondan ham o’rganishlari kerak. Uyga vazifa. Darsda o’rganilganlarini qaytarib kelish va turli suratlar yig’ish. Download 226 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling