Ergashev Do’smamat
TASVIRIY SAN’AT FANIDAN DARS ISHLANMA
Download 226 Kb.
|
Dars ishlanma tas san
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning jihozi: a)
- Darsning borishi
- Yangi dars mavzusi bayoni.
TASVIRIY SAN’AT FANIDAN DARS ISHLANMA
Dars: Sinf: Sana: Soat: Mavzu: QALAMDA TURLI CHIZIQLAR (SHTRIX) LAR YORDAMIDA TASVIRIY OBRAZLAR YARATISH Darsning maqsadi: a) Ta’limiy maqsadi: O’quvchilarning qalam tasvirga oid bilimlarini oshirish, tabiatni chizishga o’rgatish. Qalamda xilma – xil kompozisiyalar ishlashning yechimi va uning ahamiyati, ishlash texnikasi, turli vaqtlardagi daraxtlarning tasviriy kurinishini tasvirlashni o’rgatish. b) Tarbiyaviy maqsadi: O’quvchilarni estetik ruhda tarbiyalash, odamlarga, tabiatga nisbatan mehrini o’yg’otish, tasviriy san’atning go’zal kurinishlaridan zavqlantirish. v) Rivojlantiruvchi maqsadi: O’quvchilarning grafika turiga oid bilimlarini, go’zallikni ko’ra olishini rivojlantirish. Darsning jihozi: a) O’qituvchi uchun: O’zbekiston xalq rassomlari I.Ikramov, N.Ten, A.Holiqov, Q.Basharov, V.Venidektov, N.Kolonov va boshqalarning asarlaridan ba’zilari reproduksiyasi, o’qituvchining o’zi tayyorlagan, o’quvchilarning ishlaridan kurgazmali suratlar, foto rasmlar, slayd va b. b) O’quvchilar uchun: rasm daftar, qalam, uchirg’ich, toza latta va b. Darsning rejasi: Tashkiliy qism. 2-3 daqiqa. O’tilgan mazuni baholash va mustaxkamlash. 7-10 daqiqa. Yangi mavzuning bayoni. 10-13 daqiqa. O’quvchilarning mustaqil ishlari. 15-20 daqiqa. Uyga vazifa va darsni yakunlash. 2-3 daqiqa. Darsning borishi: Tashkiliy qismni o’quvchilarning darsga psixologik tayyorgarligi va yo’qlama qilish bilan boshlaymiz. Oldingi darsda bajarib kelgan o’quvchilarning ishlarini ko’rib chiqib baholaymiz. Shu o’tilgan mavzu bo’yicha o’quvchilarga savollar berib darsni mustahkamlash bo’ladi. Yangi dars mavzusi bayoni. Qalamda turli chiziqlar yordamida tasviriy obrazlar yaratish. Bu darsni o’quvchilar bilan savol-javob qilib boshlaymiz. Qalam tasvir degani nima? Grafika tasviriy san’atning alohida turi bo’ladimi? Turli chiziqlar bilan qanday tasviriy obrazlarni yaratish mumkin? Qalamda, tushda chizilgan rasmni nima deb ataymiz? Har xil chiziqlarni bajarish bilan obrazlar qanday chiziladi? va b. Tasviriy san’atda grafika alohida o’rin tutadi, shuning uchun qalamda rasmni to’g’ri chizib bo’lgandan keyin unga ko’pincha rang beriladi. Qalamning o’zida ham juda chiroyli qilib rasmlar chiziladi. Bularni ko’rib xuddi ranglari ham ajralib turgandek his qilamiz. Agar rasm to’g’ri bajarilgan bo’lsa. Bir qancha qalamda chizilgan rasmlardan ko’rsatib uning tahlilini keltirib o’tish kerak. Grafikchi rassomlar ham ko’pchilikni tashkil etadi. Ularning asarlari turli hayot faoliyatni, bo’layotgan voqiyliklarni, odamlar obrazini chiroyli qilib tasvirlaydilar. Qutlug’ Basharovning grafik seriyalar O’zbekiston mehnatkashlari hayotini tasvirlashga bag’ishlanadi. Uning qizlari Laylo Basharova ham grafikada ijod qiladi. Samarqandlik grafikchi rassom Nuriddin Kolonov asarlarida ham shu kunimiz hayoti, faoliyati aks etiladi. Paxta seriyasidagi asarlarda aniq chiziqlar bilan grafik tasvirlar hosil qilinadi. Doskada oldingi o’quvchilarning ishlaridan ham bir qanchasini qo’yib tushuntirilsa yaxshi bo’ladi. Odamlarning obrazlarini yaratish uchun grafikchi rassomlar ularni o’ziga qarab nabroskalar qilib oladi. Bu qoralama suratlar keyingi asarlariga obrazlar yaratishda yordam beradi. Dars mavzusini ketma-ketlikda tushuntirib bo’lgandan keyin o’quvchilarning mustaqil ishlari boshlanadi. Download 226 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling