Ergashev Do’smamat


– 8 DARS: OYDIN TUNDAGI YOKI QUYOSHNING BOTISHI PAYTIDAGI DARAXTNI TASVIRLASH


Download 226 Kb.
bet7/34
Sana09.03.2023
Hajmi226 Kb.
#1256295
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   34
Bog'liq
Dars ishlanma tas san

7 – 8 DARS: OYDIN TUNDAGI YOKI QUYOSHNING BOTISHI PAYTIDAGI DARAXTNI TASVIRLASH
Darsning maqsadi:
a) O’quvchilarning rangtasvirga oid bilimlarini oshirish, tabiatni chizishga o’rgatish. Ranglarning xilma – xilligi, kompozisiyasi, yechim va uning ahamiyati, ranglash texnikasi, buyoqlar tuyinganligi, issiq va sovuq ranglar, turli vaqtlardagi daraxtlarning kurinishini tasvirlashni o’rgatish.
b) O’quvchilarni estetik ruhda tarbiyalash, tabiatga nisbatan mehrini o’yg’otish, tasviriy san’atning tabiatdagi go’zal kurinishlaridan zavqlantirish.
v) O’quvchilarning manzara janriga oid bilimlarini, go’zallikni ko’ra olishini rivojlantirish.
Darsning jihozi:
a) O’qituvchi uchun: O’zbekiston xalq rassomlari O’.Tansiqboyev, N.Qoraxan, I.Haydarov asarlari reproduksiyasi, o’qituvchining o’zi tayyorlagan, o’quvchilarning ishlaridan kurgazmali suratlar, foto rasmlar, slayd va b.
b) O’quvchilar uchun: rasm daftar, qalam, akvarel, suv, qil qalam, toza latta va b.
Darsning rejasi:
Tashkiliy qism. 2-3 daqiqa.
O’tilgan mazuni baholash va mustaxkamlash. 7-10 daqiqa.
Yangi mavzuning bayoni. 10-13 daqiqa.
O’quvchilarning mustaqil ishlari. 15-20 daqiqa.
Uyga vazifa va darsni yakunlash. 2-3 daqiqa.
Darsning borishi: Tashkiliy qismni o’quvchilarning darsga psixologik tayyorgarligi va yo’qlama qilish bilan boshlaymiz. Sinfning tozaligi, o’quvchilarning darsga kerakli materiallarni olib kelganligi nazorat qilinadi, o’rganiladi.
O’tilgan mavzuni o’quvchilardan so’rab keyin hammaning chizib kelgan ishlarini partalar oralab ko’rib chiqiladi. Eng to’g’ri va go’zal bajarilgan ishlardan bir nechtasini, o’rtacha bajarilgan ishlardan ham ma’lum miqdorda, juda ko’p xatolarga yul quyilgan o’quvchilarning ishlaridan namunalar olib doskada taxlil qilinadi. Kamchiliklar, yutuqlar, ishning bajarilish texnikasi to’g’risida o’quvchilarning o’zlarini gapirtirish orqali taxlil qilib chiqiladi va baholanadi.
Yangi darsning bayoni. Daraxtlar shakl tuzilishi, rangi jihatidan rang-barang bo’lib, ular barchani o’zining jozibasi bilan hayratlantirib keladi. Daraxtlar kishilarga zavq, shavq bag’ishlaydi. Tabiat kurinishi, tasvirini ishlash manzara janri deb ataladi. O’zbekiston xalq rassomi, manzara janrida ijod qilgan O’rol Tansiqboyevning asarlarini esga olamiz. “Jonajon o’lka”, “Issiqkul oqshomi”, “Tog’da”, “Sirdaryo” kabi asarlarini ko’ring.
Rassom ijodining gullagan davrlarida yaratgan asarlaridan biri “O’zbekistonda mart” deb nomlanadi. Uning bu asarida bahorgi quyosh taftidan bahra olayotgan daraxtlar, daryo qirg’og’ining baland-pastliklari-yu qiyg’os gullagan daraxtlar, o’zaniga sig’may borayotgan daryo, daryoning narigi tamonidagi tepaliklar, qori erib tugamagan tog’lar, quyosh nuriga hamohang tusga kirgan bulutlar kishiga zavq bag’ishlaydi. Bunda bahor manzarasi va tabiat quyoshning chiqishi, tabiat manzarasi kishilarni uyqudan uyg’otgandek kayfiyat hosil qiladi.
Asarni kuzatgan odam shodlik va nafosatga boy tong yorishib kelayotganini qalbdan his etadi. Bu suratda tasvirlangan narsalar juda oddiy, lekin sehrlidir. Chunki dengiz, osmon, daraxt va yerlarning bepayonligi, koloritning jozibadorligi, mayinligi kishini o’ziga tortadi.
O’qituvchi o’quvchilarga yangi mavzuni tushintirar ekan kunning chiqishi yoki oyning botish chog’idagi tabiatni manzarasida sodir bo’lgan o’zgarishlar haqida gapirib o’tadi va savollar beriladi.
1. Qani aytingchi bolalar kun va tunning bir-biridan farqini ranglar orqali ta’riflab bera olasizmi?
2. Quyosh chiqishda daraxt qaysi tusda bo’ladi-yu, quyosh botishida qanday holatga o’zgaradi.
Savollarga javob olinganidan so’ng o’qituvchi tomonidan doskada bosqichma – bosqich chizish usullari ko’rsatiladi.
Chizish usullari yakunlanib rasmni ranglashga o’tiladi. Ranglashni ham bosqichma - bosqich bajarib borish tushuntirib beriladi.
Ranglaganda ob-havo tongda, oy chiqqan vaqtlarda sovuq ranglarda bajarilishi aytiladi. Umumiy ranglar quyilib aniqlashtirish bosqichilarida ishlab ko’rsatiladi. Har bir bosqichda ranglar detallashtirib aniqlashib boradi. Quyoshli kun botishi ufqning qizil tusga kirib borishi, daraxtlar, tog’, imoratlarda ham tun, qorong’i va sovuq, issiq rang gammalari birlashib ketadi. O’quvchilar chizishdan oldin uyda tabiatning shunday holatlarini kuzatib kelish, etyudlar bajarishi mumkinligi o’qtirilib o’tiladi.
O’quvchilarning mustaqil ishlari davomida o’qituvchi bolalarga yakka tartibda ham yordam berib boradi va yaxshi chizayotgan o’quvchilarning ishlarini hammaga kursatib rag’batlantirib turadi. Ishlar tugagach hammasini dimonstrasiya usulida o’quvchilarning o’zlarini ishtirok ettirib taxlil qilinadi. Qo’shimcha ravishda baholash ham mumkin.
Uyga vazifa: Suratlar yig’ish, tabiatni kuzatish va kichik etyudlar ishlash vazifa qilib topshiriladi.

Download 226 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling