Ergashev Do’smamat


Download 226 Kb.
bet4/34
Sana09.03.2023
Hajmi226 Kb.
#1256295
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Bog'liq
Dars ishlanma tas san

Mustaqil ish davomida bolalar ijod bilan shug’ullanadi. O’qituvchi esa ularning ishlarini ko’zatib boradi va xato, kamchiliklarini to’g’rilab olishga yordam beradi. Tez-tez rag’batlantirib borish kerak. Grafikada rasmlar ishlaganda o’quvchilarga qalamda, tushda yoki guashda tasvirlangan xolatlar bo’lishi mumkinligiga alohida e’tibor qaratiladi. Har bir tasvirlangan obrazlarni grafik ko’rinishlari bo’lgani kabi boshqa materiallarda ishlanganda ham uning qalam chizgisi bo’lishi kerak. Bolalarga bular to’g’risida mustaqil ishlar davomida ham gapirib borilsa maqsadga muvofiq bo’ladi.
Uyga vazifa ham shu kabi grafik rasm chizib mashq qilib kelish bo’ladi va grafikchi rassom asarlaridan yig’ib kelish topshiriladi.

4 – 5-DARS: OQ VA QORA RANG TUSLARDA
GRAFIK RASM ISHLASH
Darsning maqsadi:
a) Ta’limiy maqsadi: O’quvchilarning grafik tasvirga oid bilimlarini oshirish, tabiatni chizishga o’rgatish, grafikaning ahamiyati, bajarish texnikasi, oq va qora rangda grizayl usulida rasm ishlashni o’rgatish.
b) Tarbiyaviy maqsadi: O’quvchilarni estetik ruhda tarbiyalash, tabiatga nisbatan mehrini o’yg’otish, tasviriy san’atning tabiatdagi go’zal kurinishlaridan zavqlantirish.
b) Rivojlantiruvchi maqsadi: O’quvchilarning grafikaga oid bilimlarini, go’zallikni ko’ra olishini rivojlantirish.
Darsning jihozi:
a) O’qituvchi uchun: O’zbekiston xalq rassomlari Q.Basharov, V.Subxonov, I.Ikramov kabi rassomlarning asarlari reproduksiyasi, o’qituvchining o’zi tayyorlagan, o’quvchilarning ishlaridan kurgazmali suratlar, foto rasmlar, slayd va b.
b) O’quvchilar uchun: rasm daftar, qalam, qil qalam, toza latta va b.
Darsning rejasi:
Tashkiliy qism. 2-3 daqiqa.
O’tilgan mazuni baholash va mustahkamlash. 7-10 daqiqa.
Yangi mavzuning bayoni. 10-13 daqiqa.
O’quvchilarning mustaqil ishlari. 15-20 daqiqa.
Uyga vazifa va darsni yakunlash. 2-3 daqiqa.

Download 226 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling