Ergashev Do’smamat


-DARS: TABIATNING OBRAZLI MANZARASINI ISHLASH


Download 226 Kb.
bet10/34
Sana09.03.2023
Hajmi226 Kb.
#1256295
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   34
Bog'liq
Dars ishlanma tas san

11-DARS: TABIATNING OBRAZLI MANZARASINI ISHLASH


Topshiriq: Tabiatning obrazli manzarasini ishlash. (tong, quyoshli kun, kun botishi)
Darsning mazmuni. Ona tabiat mujizakor, chunki bir zum bo’lsada uni xis qilib yashamaydigan insonlarning o’zi topilmaydi. Inson bor ekanki go’zallikka qarab intiladi, shu go’zallikni tabiatdan oladi. Ona tabiatimiz o’zining maftunkorligi, go’zalligini bizdan ayamaydi. Tabiatdan hamma shoirlar, rassomlar, yozuvchilar barcha insonlar ilhom oladilar. Biz o’z uyimiz, o’z mahallamiz, o’z vatanimizni asrab avaylashimiz kerak. Buning uchun biz o’z uyimizdagi daraxtlarni parvarish qilishimiz, yangi nihollar ekishimiz va atrofimizni gulzorlarga aylantirishimiz lozimdir.
Jonivorlar ham shu tabiatimizning mavjudodlaridir. Ona tabiatning yer osti, yer usti boyliklaridan oqilona foydalana olsak, ona tabiatni asrashga xissa qo’shgan bo’lamiz. Tabiatimiz o’zgaruvchi turt faslga bo’linadi. Qish, yoz, bahor, kuz har faslning o’ziga yarasha xislatlari bor. Shoirlarning she’rlaridan, rassomlarning rasmlaridan bilib olsak bo’ladi.
Tabiatning har xil xolatini chizish uchun avvalambor o’zimizga yoqqan manzarani tanlab olishimiz kerak. Kimga tun tushushi, kimga tong otishi, kimga quyoshli kun ma’qul bo’ladi. Tabiat manzarasini biz birinchi bo’lib uni shu qog’oz varag’iga joylashtiramiz, buning uchun bir necha bosqichdan foydalanamiz. Osmon bilan tog’lar o’rtasidagi masofa qancha bo’lishi, ufq chizig’i qayerdan o’tishi, tog’ atrofidagi mayda daraxtlar, soylikdan oqib tushgan suv xolatini suratda bera olish lozim. Asosiy kurinishni aniq va chiroyli chizishga harakat qiling. Daraxtlar tog’dan yuqorida kurinadi chunki ular perspektiva qisqarishiga ega. Yaqindan qaraganimizda manzaraning hamma kurinishi detallarini joy-joyiga quyib, chizib bo’lgandan so’ng, buyash ketma-ketligini boshlasak ham bo’ladi. Buning uchun oldimizdagi akvarel buyoq va qil qalamni ishga yaroqliligini kuzdan kechirib olamiz. Yonimizda buyoqsiz oq qog’ozdan olib uni buyoqlarni aralashtirish uchun tayyorlaymiz. Bu politra ya’ni, alohida buyoq aralashtirilidigan maydoncha deyiladi.
Manzaralarni yuqoridan osmonni buyashdan boshlaymiz, osmonni yuqori qismi tuqroq, past qismi esa ochroq rangda bo’ladi. Chunki past qismi bizdan o’zoqda. Osmonni tamomlab bo’lib, tog’ va adirlarni buyaymiz. Vuyash jarayonida ranglar bir - biriga singib ketishi ya’ni, bir - biriga aralash bo’lishi va shu bilan birga bir qatorda tiniq chiqishi lozim, och ranglar ikkinchi darajali ya’ni, soyadagi ranglarga e’tibor berishimiz kerak. Chunki usha ranglar manzaramizni chiroyli qiladi va mazmunli chiqaradi. Hamisha och rangdan ishni boshlash lozim. Chunki uning ustidan tuq rang bemalol kelishib ketishi lozim. Chizayotgan rasmlaringiz avvalo o’zingizga ma’qul bo’lishi kerak. Agar o’zlaringizga ma’qul bo’lsa boshqalarga ham ma’qul bo’ladi. O’quvchilar bilan manzarani chizib bo’lgandan so’ng ishlarni hammaga ko’rinarli qilib qo’yiladi va taxlil etiladi.
Tahlilda quyidagicha savollardan foydalanish mumkin:
Qani kimning chizgan rasmi ko’proq tabiatning biz vazifa qilib quyganiga o’xshaydi?
Rangtasvir degan savolimizga qaysi biri to’liq javob bera oladi?
Biz o’rgangan ranglar, perspektiva, soya va yorug’liklar qaysi suratda chizilgan?
Kunning qaysi vaqt bo’lganligini qaysi biridan bilsa bo’ladi?
Qaysi rasm rassomlar asariga uxshab ketadi? Nima uchun? Va xakoza savollar berish mumkin.

Download 226 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling