Ergashev Do’smamat


-DARS: MEN YOQTIRGAN HAYVON. AMALIY ISH


Download 226 Kb.
bet13/34
Sana09.03.2023
Hajmi226 Kb.
#1256295
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   34
Bog'liq
Dars ishlanma tas san

14-DARS: MEN YOQTIRGAN HAYVON. AMALIY ISH.
Darsning maqsadi:
a) O’quvchilarni ekologik, estetik jihatdan tarbiyalash.
b) O’quvchilarga hayvonlarning tasvirini chizishga o’rgatish.
v) Qushlar, hayvonlar rasmini chizish va tushunish malakalarini rivojlantirish.
Darsning jihozlanishi:
a) O’qituvchi uchun: Hayvonlar tasvirini chizgan rassom asarlari namunalari, ko’rgazmali qo’rollar, foto rasmlar, krassvord va testlar.
b) O’quvchilar uchun: rasm daftar, qalam, uchirgich, buyoqlar, qil qalam, suv idish, toza latta va boshqalar.
Darsning borishi. Tashkiliy qismdan keyin bu dars to’liqligicha o’quvchilarning o’z ijodiy ishilari bilan boshlanadi. Chunki oldingi darsda ham animal janr haqida tuliq ma’lumot berilgan edi. Ya’ni, o’quvchi o’zi yoqtirgan hayvon rasmini tasavvurdan chizadilar. Barchaga o’qituvchi topshiriqni berib ularni kuzatadi. 20 – 25 daqiqa vaqt davomida o’quvchilar mustaqil rasm chizadilar. Keyingi bosqichda o’qituvchi har bir ishni olib chiqib hammaga ko’rinarli joyga qo’yib u o’quvchilar bilan tahlil qilinadi.
Tahlil qo’yidagicha olib boriladi.
1.Hayvonlar obrazi, xarakteri, chizilish yo’li to’g’ri bajarilgan rasmlar.
2.Hayvon obrazi berilgan, ko’rinishlari o’xshatilgan, xarakterli xususiyatlari ham ochib berilgan lekin, varaq yuzasida katta yoki kichkina qilib olingan.
3.Hayvon ko’rinishida, chizilishida, joylashtirilishida ham kamchiliklar mavjud bo’lgan ishlar.
Uch guruhdagi ishlarni o’quvchilarning o’zlari xato va yutuqlarini aytsalar juda yaxshi bo’ladi. Tahlil uchun un 10 daqiqa vaqt beriladi. Shu taxlilga va bajarilgan ish sifatiga qarab baho chiqariladi. Yana alohida tasviriy san’at mavzusiga oid bo’lgan beshta test yechishi ham mumkin bo’ladi. Har bir savolga bir daqiqadan vaqt yetarli.

Testlardan namuna:


1. Animal janrning ma’nosi nima?
A.Qushlar, hayvonlar, hasharotlar rasmini ishlash.
B.Tabiat, hayvonlar, baliqlar, odamlar birga ishlangan rasm.
V.Osmon, uylar, odamlar, qushlar ishlangan rasmlar.
2.Ufq chizig’i qanday bo’ladi?
A.Har bir odamning qarash nuqtasidan o’tgan chiziq.
V.Osmon va yerni bir biridan ajratib turadigan chiziq.
V.Ikkala javob ham to’g’ri.
3.Qush, hayvon, dinazavr rasmlarini ishlovchi rassomlar qanday ataladi?
A.Animalist rassomlar deyiladi.
B.Hayvonlar tasvirini ishlovchi rassomlar deyiladi.
V.Ikkala javob ham to’g’ri.
4. Kompozisiya nima?
A.Suratlarni tekislikka to’g’ri va mazmunan joylashtirish.
B.Rasmlar chizishda qisqarishni hisobga olish.
V.Suratlarning tugalligi.
5.Politraning ma’nosi.
A.Buyoqlarni aralashtiradigan maydoncha.
B.Politra qog’ozcha degani.
V.Suratning yarmi degani.
Etalon: 1. A; 2. V; №. V; 4. A; 5. A. javoblar to’g’ri.
O’quvchilar testni yechib bo’lgach baholar jamlanib e’lon qilinadi. Eng yaxshi chizilgan rasmlar rag’batlantiriladi. Albatta suratlarni barchasidan yaxshi tomonlarini topib ola bilish kerak.
Uyga vazifa: Animal janrda rasm ishlash va suratlar yig’ish.



Download 226 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling