Ergashev Do’smamat
Download 226 Kb.
|
Dars ishlanma tas san
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning borishi
Uyga vazifa va darsni yakunlashda xuddi shu kabi natyurmort chizib kelishi va suratlar yig’ish topshiriladi.
20-DARS: RANG TUSLARI JIHATIDAN QARAMA-QARSHI (KONTRAST) BUYUMLARDAN TASHKIL TOPGAN NATYURMORTNI GRAFIK USULDA ISHLASH Darsning maqsadi: a) Ta’limiy maqsadi: O’quvchilarning grafikaga oid bilimlarini oshirish. Oq – qora ranglarda xilma – xil natyurmort kompozisiyasini grafik usulda kurinishini tasvirlashni o’rgatish. b) Tarbiyaviy maqsadi: O’quvchilarni estetik ruhda tarbiyalash, tabiatgadagi narsalarga nisbatan mehrini o’yg’otish, tasviriy san’atning hamma narsalari ham go’zal kurinishli bo’lishini sezdirish va undan zavqlana olishni tarbiyalash. v) Rivojlantiruvchi maqsadi: O’quvchilarning natyurmort janriga oid bilimlarini, narsalar go’zalligini ko’ra olish tushunchalarini rivojlantirish. Darsning jihozi: a) O’qituvchi uchun: O’zbekiston xalq rassomlari Yu.Yelizarov, N.Kavalevskaya, O.Qozoqov, L.Salimjonova asarlari reproduksiyasi, o’qituvchining o’zi tayyorlagan, o’quvchilarning ishlaridan kurgazmali suratlar, foto rasmlar, slayd va b. b) O’quvchilar uchun: rasm daftar, qalam, tush, perolar, toza latta va b. Darsning rejasi: Tashkiliy qism. 2-3 daqiqa. O’tilgan mazuni baholash va mustaxkamlash. 7-10 daqiqa. Yangi mavzuning bayoni. 10-13 daqiqa. O’quvchilarning mustaqil ishlari. 15-20 daqiqa. Uyga vazifa va darsni yakunlash. 2-3 daqiqa. Darsning borishi: Tashkiliy qismni o’quvchilarning darsga qanday tayyorgarligini bilib olishdan boshlaymiz. O’quvchilarning darsga qatnashishi yoki qatnashmayotganligini navbatchidan belgilab olamiz. O’tilgan mazuni baholash va mustaxkamlash. O’tgan darsimizda rangtasvirda natyurmort ishlagan edik. Qani uyga vazifani partalar ustiga quyib chiqinglar. Ko’rib baholaymiz va uni tahlil qilamiz deb o’quvchilarning ishlarini o’qituvchi ko’rib chiqadi. Rasmlarning tahliliga o’quvchilarning o’zlarini qatnashtirish lozim. Savol – javoblar ham bolalarning o’zlaridan berilsa yaxshi bo’ladi. Natyurmort haqidagi materiallarni qayta savollar orqali qaytarib chiqiladi. Download 226 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling