Ergashev Do’smamat
Download 226 Kb.
|
Dars ishlanma tas san
- Bu sahifa navigatsiya:
- 21 – 22-DARS: TABIAT MANZARASI FONIDA NATYURMORT ISHLASH Darsning maqsadi: a)
- Darsning jihozi
O’quvchilarning mustaqil ishlari boshlanganda o’qituvchi o’zining ishlarini qilib olishi mumkin. Chunki bir necha daqiqa bolalarning o’zlarini qo’yib qo’yish kerak. Keyin esa partalar oralab ko’rib chiqish mumkin. Har bir o’quvchiga individual yordam beriladi. Rag’batlantiradi, ishdagi yutyq va kamchiliklar o’rganib boriladi.
Uyga vazifa va darsni yakunlash bu vaqt ichida har bir o’quvchining ishlari yakun topgach vazifani e’lon qiladi. Hamma rasm chizib suratlar yig’ishi kerakligi aytiladi. 21 – 22-DARS: TABIAT MANZARASI FONIDA NATYURMORT ISHLASH Darsning maqsadi: a) Ta’limiy: O’quvchilarga tabiat fonida rasm chizish haqida tushuncha berish. b) Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarning kompazitsisi orqali ma’noli va ta’sirchanligini, estetik jihatini ma’naviy dunyosini boyitish. v) Rivojlantiruvchi: O’quvchilar duyoqarashini shakillantirish, ularning tafakkur olamiga sayohat qilish. Darsning jihozi: Natyurmort uchun narsalar: R.Axmedovning “ Choyga ”, Plenerga chiqib chizish ham mumkin. Turli xil test, kartochkalari, tezkor uyinlar uchun materiallar. Dars turi: Amaliy, nazariy, interfaol. Dars tipi: Aralash. Tashkiliy qism; Natyurmort rejasi bilan tanishtiriladi. Kirish so’zi orqali o’quvchilar dikkatini o’ziga jalb etadi va ularning yangi bilimlarini o’zlashtirishga tayyorlaydi. Darsning rejasi: Natyurmort tuzish. Tezkor o’yin. Boshqotirmalar. Ranglarning xilma-xilligi. Xulosa. Tasvirlash, fikrlash, yakun. O’qituvchi yangi mavzuni boshlashdan oldin o’quvchilarni guruhlariga (“Bahor”, “Qish”, “Kuz”.) ga ajratadi. Savol javoblar: Hurmatli o’quvchilar natyurmort – deganda nimani tushinasiz? O’quvchi: Natyurmort— fransuz tilida bu jonsiz degan ma’noni bildiradi. O’quvchi: Uni rang tasvirda ifodalab beramiz, natijada quyilgan buyumlarning qanday xolatlarda joylashganligi ma’lum bo’ladi. O’quvchi: Natyurmortda asosiy talablardan biri narsa ulchami, rang va ton jihatidan ajralib turishidir. O’qituvchi o’quvchilarning fikrlariga qo’shilib natyurmort haqida qo’shimcha ma’lumotlar beradi. Natyurmort, portret, manzara, tarixiy va maishiy janrlar kabi ta’sviriy sa’natning o’ziga xos mustakil janridir. ”Naryurmort” - aslida fransuzcha so’z bo’lib, “jonsiz tabiat” - degan ma’noni anglatadi. Natyurmortlarda kupincha turmushda zarur bo’lgan buyumlar, mahnat qurollari, sabzavot va mevalar, gullar va mayda xayvonlar tasvirlanadi. Naturaga nok, olma, limon, va anor, oshqovoq va boychechak narsalardan foydanamiz. Uni chizishdan oldin, uning joylashishini e’tiborga olamiz. Natyurmortning kompazitsion muayanligi uning ta’biyligidadir. Demak, natyurmort tuzish uni urnatish maqsadida yaxlitlikka, tugalllikka erishishga xarakat qilish lozim. O’quv natyurmortining kompazitsiyasi bir tomondan, ta’limning sintitik talablariga javob berishi lozim. Natyurmortda ijodiy talablardan biri narsa ulchami, rang va ton jihatidan ajralib turishi hamda surat tekisligining markazga yaqin joyga quyilishi. Naruraga kiradigan narsalardan biri oshqovoq, oshqovoqdan maydalari esa oldingidagida biri ikkinchisi va asosiy narsani bir oz berkitib turadigan qilib quyiladi. Ammo narsalarning tubi qisman bo’lsa ham, ko’rinib turgani ma’qul. Shunda ularning uzaro joylashuvini tasvirlash oson bo’ladi. Quyilgan naturada axromatik (rangsiz ) va xromatik (rangli) deb ataladi. Xromatik ranglar ham bir biridan farq qiladi. Masalan: qizil, tuq, pushti esa och rang. Natyurmortni rang tuqlanishi bilan ishimizni yakunlaymiz. Masalan: dars davomida natyurmort chizish darsida olgan bilimlarimizni mustahkamlash; O’qituvchi darsni o’tib bo’lgach sinf o’quvchilarini 3 guruhga bo’lamiz. Ularga o’qituvchi tayyorlagan topshiriqlar yuzasidan kartochkalar topshiriladi. Bundan kuzlangan maqsad o’quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatini ustirishdir. Guruhlar berilgan savollarga FSMU texnologiyasi asosida javob berish suraladi. Yani F - fikrlash, S - javob kursating, M - misol keltiring, U - umumlashtiring. 1. Guruh; 2. Guruh; 3. Guruhlarga boshqotirma va o’yinlar beriladi. Dars davomida o’quvchilar boshqotirma savollariga javob beradilar. O’qituvchi tomonidan ularning bilimlariga baho berib boriladi. Darsning yakuniy qismi: Dars boshida 3 xil doirachalar tayyorlanadi. Xar bir guruh ballarini shu ranglar orqali quyib boriladi; Masalan: ular quyidagilardan iborat. Kuk rang—3 ball; Yashil rang—4 ball; Qizil rang—5 ball; Har bir o’yindagi guruhlar doirachalari hisoblanadi va jami aytiladi. Yuqori ball olgan guruh g’olib hisoblanadi va rag’batlantiriladi. Uyga vazifa: O’tilgan mavzuni o’rganib va natyurmort haqida bilimlarni o’rganib kelish. Ishimizni tugallab yakuniga yetkazish. Download 226 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling