Ergashev Do’smamat
Download 226 Kb.
|
Dars ishlanma tas san
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’quvchilarning mustaqil ishlari
- Uyga vazifa
Yangi mavzuning bayoni xotiradan natyurmort kompozisiyasini ishlash ham murakkab bo’lib uni faqat o’zingiz uylab bajarishingiz kerak. Naturaga olinadigan narsalar ixtiyoriy bo’lib hamma o’zicha mavzuli qilib tanlaydi. Natyurmort kompozisiyasi to’g’risida avvalgi darslarda aytilgan shunday bo’lsada qaytarib chiqish zarar qilmaydi. Shu kabi suzlar bilan boshlanib savollar beriladi.
Natyurmort nima degani? Kompozisiya – chi? Kolorit degani nima? Qanday ranglarni bilasiz? Issiq ranglar qaysilar? Sovuq ranglar qaysilar? Va hakoza bo’lishi mumkin. Shundan keyin o’zi bajarib kelgan natyurmort kompozisiyasini va rassom asarlaridan birini tahlil qilinadi. Tahlilga to’liq o’quvchilarning o’zlarini gapirtirish yaxshi bo’ladi. Shuningdek rassomlardan birining asarlaridan olib tahlil qilinishi lozim. Natyurmortning bir necha variantlarini ko’rsatib o’tiladi va rasm chizish doskada bosqichlari takrorlanib o’tadi. Tushuntirib bo’lingach doskani o’chirib tashlanadi va ko’rgazmalar ham olib qo’yiladi. Chunki bolalar undan ko’chirib olishi mumkin. Unda mustaqil fikrga yo’naltirilgan dars to’g’ri bo’lmaydi. O’quvchilarning mustaqil ishlari davomida o’quvchilarning o’zlarini to’liq qo’yib qo’yiladi. Xoxlagan natyurmortini tasovvurdan bola ishlasin. Kim bajarishga qiynalayotgan bo’lsa yo’l ko’rsatib yuborish mumkin. Tez-tez rag’batlantirib borish kerak. Juda tez bajarayotgan o’quvchilarning ishini ham nazoratdan chetga qoldirmang! Shuningdek, o’quvchilarga toza ishlash kerakligi, bir-biriga halaqit bermaslik lozimligi, toza suv va lattalardan foydalanish kerakligi o’qtirib boriladi. Ishlarini tugatib qo’ygan bolalarning rasmlarini olib chiqib doskada dimonstrasiya usulida rag’batlantirish ham mumkin. Qo’shimcha ballar qo’ysa ham bo’ladi. Uyga vazifa o’quvchilarga xuddi shunga uxshagan lekin boshqa ko’rinishda natyurmort ishlab kelish topshiriladi va suratlar yig’ish kerakligi aytiladi. 24-DARS: BADIIY BEZAK GRAFIKASI. (TAKLIFNOMA, EMBLEMA, BADIIY XARF VA X.) Download 226 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling