Ergashev Do’smamat
Download 226 Kb.
|
Dars ishlanma tas san
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’tilgan mazuni baholash va mustahkamlash
- Yangi mavzuning bayonida
Darsning borishi: Tashkiliy qismni o’quvchilarning darsga tayyorgarligini ko’rish va yo’qlama qilish bilan boshlaymiz. Shu kunning muhim voqyealari to’g’risida o’quvchilardan so’rab olamiz va ularning javoblariga qo’shimchalar kiritamiz. Yaqinda bo’ladigan onalar bayrami haqida o’quvchilardan surash ham mukin.
O’tilgan mazuni baholash va mustahkamlash oldingi darsda bajarilgan ishlarni va uyga berilgan vazifani baholash. Biz oldingi darsimizda ham dekorativ bezak grafikasi bo’yicha rasm ishlagan edik. Unda taklifnomani bezatish yoki sinf embilemasini ishlash kerak edi. Kim dekorativ kompozisiyani bajarib kelgan bo’lsa partalar ustiga qo’ysinlar deb ularning chizib kelganlarini ko’rib chiqiladi. Ba’zilarini rag’batlantirib u tahlil qilinadi. Tahlilga bolalarning o’zini ham ishtirok ettirish lozim. Baholab bo’lingach uni e’lon qilish mumkin. Yangi mavzuning bayonida tayyorlangan ko’rsatmali qo’rollarni taxt qilib o’quvchilardan mavzuni bugun onalar bayrami 8 – martga bag’ishlash mumkinligini aytiladi. Doskada chiroyli qilib «8 – MART bayramiga devoriy gazeta eskizini ishlash» – deb yoziladi. Onalar bayrami haqida o’quvchilar bilan savol – javob qilinadi. 8 - martni qanday bayram deb bilasiz? Onalarimiz bayrami nima uchun «xalqaro xotin – qizlar bayrami deb ataladi? Bu bayramga kim she’r aytib beradi? Bayram tabrigi uchun gazetani qanday bezatamiz? Kim nimalar qilmoqchi? Va xakoza. Savollarga qanday javob berilishidan qatiy nazar o’qituvchi 8 – mart haqida qisqacha gapirib beradi. Bu bayram bir vaqtlar Klara Sitkin tomonidan xalqaro xotin – qizlar kuni deb aytilgan edi va shundan buyon u kun bayram sifatida butun dunyoda nishonlanadi. Ona hammamiz uchun dunyoda eng aziz va mutabar zotdir. Ularsiz bizning xayotimiz bo’lmas edi. Shuning uchun onani Vatanga tenglashtirib aytamiz. Chunki ona - Vatan bag’rida usamiz, ulg’ayamiz, dunyoni taniymiz, avlodlar dovomiyligini ta’minlaymiz. Bu bayramga atab ko’plab shoirlarimiz she’rlar, xikoyalar, asarlar yozgan. Rassomlarimiz o’zlarining rasm asarlarini onaga, ayollarga bag’ishlagan. Bugun biz ham onalarimiz va xotin – qizlar kuniga atab devoriy gazeta eskizini chizamiz. Bu darsimiz ikki soatga berilgan va shuning uchun ham shoshilmay har birimiz ma’lum bir ko’rinishlarni bajarishimiz mumkin. Ammo xozir hammamiz darsni tinglab boramiz deb o’quvchilar diqqatini doskaga qaratiladi va ko’rgazmali materiallarini birma-bir tushuntirib beradi. Devoriy gazetani chizish tarbibi bilan hammani tanishtiriladi. Devoriy gazetaning bosqichli ko’rinishini tushuntirib o’tiladi. Birinchi bosqichda gazetani turli kattaliklarga ega bo’lgan xolatga bo’lib, kompozisiyasini yengil chiziqlar yordamida belgilab olinadi. Ikkinchi bosqichda esa aniqlashtirib chiqiladi va uning qayriga yoziladi, qayriga rasm chiziladi, qayeriga maqola va tabriknomalar beriladi belgilanadi. Uchunchi bosqichda esa ramkalar, gullar, mart bayramini eslatuvchi ko’rinishlar bajariladi va ranglar tayyorlanadi. Turtinchi ko’rinishda bir necha ranglarning qo’yilishi bajariladi. Dekorativ rasm chizish bo’lganligi uchun ham rasmlar to’liq o’z o’rniga ega bo’lishi kerak. Bayram tabrigi ham joylashishi lozim. Chizishni tushuntirayotganda orqa fonlarini ranglash, turli ranglardan foydalanish mumkinligini aytish foydali bo’ladi. Beshinchi bosqichda esa endi hamma tomonlama to’gallangan xolatda bo’lishi kerakligini o’quvchilarga bildirish lozim. Yaxshi tushuntirib bo’lgach o’quvchilarga faqat eskiz chizishi mumkinligi aytiladi. Bu devoriy gazetaning kichkana ko’rinishi, nus’hasi bo’ladi. Bunda plamaster, rangli qalam, akvarel, guash, applikasiya usullaridan ham foydalanish mumkin ekanligi aytiladi. Chizma asboblaridan ishlatishga ham ruxsat beriladi. Download 226 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling