Ergashev Do’smamat
O’quvchilarning mustaqil ishlari
Download 226 Kb.
|
Dars ishlanma tas san
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uyga vazifa va darsni yakunlash
- 27-DARS: TASVIRIY SAN’ATDA PORTRET JANRI Topshiriq.
O’quvchilarning mustaqil ishlari bu vaqt ichida bolalar faqat daftar varag’iga joylashtirish, chiziqlarini bajarish ishlarini amalga oshirsa ham bo’ladi. Shu masalalarga ulgurganlarini ham rag’batlantirib baholash mumkin. Keyingi darsimizda ularning bajarib kelgan ishlari asosida devoriy gazetani bajarish va oxiriga yetkazish davom etishini ular bilsin.
Keyingi darsda ham dars qoidasiga amal qilingan holda barcha bosqichlar bilan devoriy gazetani chizish davom ettiriladi. Hamma o’quvchilarning ishlarini o’rganib chiqiladi va yaxshi bajarilgan ishlarga baholar qo’yiladi. Xatto eng yaxshi bajarilgan ishlardan nus’ha olib uni katta vatman qog’ozida bir necha o’quvchi kattaroq qilib chizishi va hammaga tabrik sifatida devorga osib qo’yish ham mumkin. Guruh ishi sifatida agar baholansa bundan ham yaxshiroq natijalar beradi. Uyga vazifa va darsni yakunlash bo’lganda hamma o’quvchilarga otkretkalar, yana boshqa ko’rinishda gazeta eskizini ishlab ko’rish, shunga uxshagan rasmlar topish kabilar vazifa qilib beriladi. Qachonki bolalar keyingi darsga kelganda shular yordam bersin. Keyingi darsdan so’ng bolalarga suratlar yig’ish topshiriladi. 27-DARS: TASVIRIY SAN’ATDA PORTRET JANRI Topshiriq. Portret janrining yaratilish xususiyati to’g’risida suhbat. Darsning maqsadi: a) O’quvchilarga portret janri orqali ahloqiy va estetik ruhda tarbiya berish va insoniylik munosabatlarini shakllantirish. b) O’quvchilarni inson xarakterini, qiyofasini, tuzilishini kuzatishga, anglash, tushunishga va chizishga o’rgatish. v) O’quvchilarga portret janri haqida ma’lumot berish bilan inson haqidagi bilimlarni, mustaqil rasm chiza olish qobiliyatlarini rivojlantirish. Darsning jihozi: a) O’qituvchi uchun: Ko’rsatmali materiallardan Abdulxaq Abdullayevning “Alisher Navoiy”, “Avtoportreti”, Rahim Ahmedovning “Ona uylari”, Ro’zi Choriyevning “Surxondaryolik kelin” va hakoza. b) O’quvchilar uchun: rasm daftar, qalam, akvarel, yozuv daftari va boshqalar. Darsning mazmuni. Kichik guruhlarda, hamkorlikda ishlash bilan dars suhbat tarzida olib boriladi. Bunda:1. Rassom atrof-muhitni, buyumlar dunyosini, tabiat va inson qiyofasi tasvirini, xarakter xislatlarini anglashni o’rganadi. Darsning borishi: Tashkiliy qism. 2 – 3 daqiqa O’tilgan mavzu bo’yicha o’quvchilar bilimini baholash. 5 – 7 daqiqa. O’quvchilarni yangi dars mavzusi, maqsadi, darsning olib borilishi bilan tanishtirish. Tasviriy san’atning portiret janrida bajarilgan asarlarni o’rganishga yo’llash. 20 – 25 daqiqa. Yangi mavzuni o’rganish: a) o’quvchilarning soniga qarab guruhlarga ajratish. b) o’quvchilar uchun tayyorlangan savol-topshiriqlarni berish. v) guruh o’quvchilari vazifalarni mustaqil bajarishlari uchun imkon yaratish. Har bir guruh o’quvchilariga alohida mavzu bo’yicha qo’yidagicha savollar beriladi: 1.Insonni kuzatish deganda nima tushiniladi? 2 .Rang-tasvir nima? 3.Girafika nima? 4. Haykaltaroshlik nima? 5.Tasviriy san’atda nechta janr bor? 6. Portret janri haqida nima bilasiz? 7.Portretchi rassomlar kimlar? 8.Portret janrining turlari qaysilar? 9.Jahon haykaltaroshligini ayting? 10.O’zbekiston haykaltaroshligi haqida so’zlang? 11.Rangtasvirda xorijiy rassomlarning asarlarini ayting? 12.O’zbekiston rangtasviri. 13.Grafika san’atining qanday turlari bor? 14.Grafikchi rassom V.Qaydalov, Q.Basharov, N.Kolonov asarlari. 15. Portret va xarakterning uyg’unligi nima? 16. Inson obrazini yaratish qanday amalga oshadi? Guruhda savol-javoblar olib borilgach, o’qituvchining o’zi mavzu yuzasidan fikrlarni umumlashtiradi hamda mavzuni yoritadi. Uzlashtirgan bilimlarni aniqlash uchun testlar tuzib tarqatiladi va baholanadi. Testlardan namunalar. 1.Portret nima? a.Insonning tasviri. b.Rasm. v.Chizma. g. Odamning qiyofasi. 2.Rassomga odamni ko’zatish nima uchun kerak? A.Odam xarakterini o’rganish uchun. B.Qiladigan ishini bilish uchun. G.Ko’zatish shart emas. 3. Rangtasvir qanday bo’ladi? a.Ranglar,buyoqlar bilan ishlangan har qanday asarlar. B.Qalamlarda chizilsa ham bo’ladi. v.Rangli oyna va toshlarda ishlansa. 4.Grafika nima? A.Qalam, tushlarda chizilgan suratlar. B.Tunikaga nusxalar tushirish. V.Buyoqlar bilan chizish. 5.Haykaltaroshlik qanday bo’ladi? a.Tosh, loy, yog’och kabi qattiq materiallardan ishlangan hajmli narsalar. b.Moy buyoqda qimirlatilmay naturadan ishlangan rasm. V.Hamma narsalardan ishlanadigan rasm. 6.Nafis tasviriy san’atda qanday janrlar bor. a.Portret, peyzj, natyurmort, batal, animal, maiyshiy, tarixiy.b.Nafis tasviriy san’atning o’zi. V.Grafika, ofort, rangtasvir. 7.Haykaltarosh rassomlar qaysi qatorda to’g’ri berilgan. A.Damir Ruziboyev, Ilxom Jabborov, Abdumumin Boymatov, Turkman Esonov, Tulagan Yorqulov. B.Abdulxaq Abdullayev, D.Ruziboyev, A.Boymatov, Ch.Axmarov.v.I.Jabborov, K.Jabborov, R.Axmedov, R.Choriyev. 8.O’zbekiston rangtasvir ustalari qaysi qatorda to’g’ri berilgan? A.Abdulxaq Abdullayev, Raxim Axmedov, Ruzi Choriyev, Javlon Umarbekov, Akmal Nur, Ortiqali Qozoqov. N.Karaxon. B.N.Ten, G.Abduraximov. N.Kolonov, X.Raxmonov, Yu.Elizarov, A.Boymatov. Y.Tursunnazarov, Chingiz Axmedov, K.Eminov, T.Yorkulov, Sh.Murodov. 9.Grafikchi rasso mlar kaysilar? A.V.Kaydalov, N.Kolonov, K.Basharov, N.Ten. B.R.Choriyev, J.Umarbekov, I.Jabborov, Yu.Elizarov. V.E.Kalandarov, N.Sultonov, N.Kalonov, T.Esanov. 10.Animal janrlar kanday asarlar? A.Kush va hayvonlarning tasviri. B.Chiroyli buyumlarnig tasviri. V.Meva,sabzavotlarning tasviri. 11.O’zbekiston.portretchi-rassomlar kaysilar? A.A.Abdullayev, M.Nabiyev, T.Kkuriyozov, R.Axmedov. B.I.Jabborov, A.Boymetov, O.Kozokov, R.Axmedov. V.E.Kalantorov, N.Sultonov, A.Isayev, T.Esanov, R.Choriyev. 12.Jahon portretchi rassomlari qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan? A.Rembrand Van Reyn, P.Rubene, V.Surikov, I.Ye.Repin, V.Konchelovekiy, Perov. B.T.Jereko, Valaskiye, Shubin, Shishkin, Ivanov, Surbaran. V.Miron, Poliklet, Leonordo Do Venchi, A.Abdullayev, O.Kozokov. 1.Tasviriy san’atning portret jarayonida ishlash ancha murakkab va mashaqqatli jarayondir. Unda inson obrazini kayfiyatini ochib berishda ranglar,yorug’ soyalar orqali amalga oshadi. Orqa tomondagi ko’rinish va perepektiv uzoklik bilan belgilanadi. Bu rassomning qanchalik darajada o’z imkoniyatlariniishga solib portret ishlay olishligini ko’rsatadi. Portret janri qadimiy janir bo’lib u inson xayotining muhim qismini bildiradi. Portretlarni o’rganish bilan ular haqida kup ma’lumotlar olamiz. U inson yashash tarxidan va imkoniyatlaridan so’zlaydi. Ko’pgina portretlar tuplami Moskva shahridagi Sank-Petrburg muzeylarida jumladan, Ermitajda, Tretyakov galeriyasida saqlanadi. Shuningdek, asarlar Pushkin, AQSh Metropoliten, Direzdin, Toshkent va boshka muzeylarida ham ko’plab saqlanadi. Ular yillar maboynida yig’ilgan bebaho asarlar qatoriga kiritilib kelmokda. Muqaddas portretlar ham bor bo’lib u ikonalardir. Ikonalar chizilgan diniy cherkovlarida, ularning devorlarida saqlanadi. Ikonalar bilamizki buyog’iga tuxum qo’shilgan ranglarda ya’ni, Emulsiyada ishlanadi. Ikonalarda iloxiylik mavj o’rib turish uchun ko’proq iliq ranglardan, orqa fani, rejasi samoviy ranglardan foydalanadi. Lekin ko’proq portret asarlari realistik, mifologik ko’rinishlarda aks etgan bo’ladi. O’zbekistonda xalq rassomlaridan M. Nabiyevning “O’zbek”, ”Amir Temur”, ”Beruniy” portretlari, R. Axmedovning “Ona” yoki “Tong”, “Ona uylari”, A. Abdullayevning “avtoportreti” , ”Nazarali Niyozov”, ”Shahlo” va boshqalarda O’zbekiston xalqiga xos bo’lgan rang-baranglik kurinishilar ufirib turgan bu asarlar o’zbek xalqining xarakteri to’grisida ajoyib ma’lumotlar beradi. 2. Portret janrida rasm ishlashga xarakterli naturalarni tanlash kerak. Buning uchun xiyobonlarda o’tirib, ko’cha yoki bozorlarni kezib obrazli ko’rinishlarni qidiriladi. Shundagina nazarda tutilgan natijaga erishish mumkin. Xarakterli kayfiyatlardagi natura ko’zlangan joyga moslab qo’yiladi. 3. Bosqichlar asosida portret ishlash avvalo qog’oz varag’iga joylashtirib olish kerak. Oldiniga qalamni bosmasdan yordamchi buyoqlar bilan chiziladi va yuzidagi ko’z, burun, qosh, lab, soch, o’z o’rniga chiziladi. Dastavval bosh suyagi to’g’ri tasvirlanishi lozim. Shundagina portret to’g’ri va savodli chiziladi. Yuzidagi va buyin, yelka qismlari ham tasvirlanadi, ishlov beriladi. Yuzidagi xarakterni topishda o’ta sinchikovlik talab etiladi. Har bir chiziq yorug’-soyada xarakterni beruvchi chiziqlarga katta e’tibor berish lozim. Sochga, yuzga yelka qismiga ham ishlov beriladi. Ishni o’zokdan tez-tez kuzatib turish to’g’ri portret ishlashni ta’minlaydi. 4. Portret janrida rasm ishlashni mukammal o’rganmoqchi bo’lgan har bir o’quvchi rasm texnologiyasini o’rganib, uni o’z tajribasida ko’llay olishiga harakat qilishi kerak. Bir kunda kamida 5-10 ta xomaki rasm ishlab to’rganida ajoyib rassom bo’lib yetishishi mumkin. Rasm chizganda to’xtamaslik uning yutuqli bo’lishiga ishonchdir.
Bu grafikdagi tasviriy san’atga oid bilimlarni beruvchi turlari, janrlari, rassomlari va ularning asarlarining nomi aralash tarzda beriladi. O’quvchi suratlarni kaysi turda ishlangani, janri bo’yicha ham qaysi rassomga tegishli ekanini ajratib beradi. Shuning bilan o’quvchi xotirasida tasviriy san’at portret ustalari, rassom asarlarining portret janriga xoslarini yig’ib olib kelish topshiriladi. Uyga vazifani ham portretchi rassomlarning asarlaridan tuplash va ularning mazmunini o’rganib borish kerakligi ta’kidlanadi. Download 226 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling