Ergashev Do’smamat
– 29-DARS: ”MEN YOQTIRGAN QAHRAMON” MAVZUSIDA RASM CHIZISH
Download 226 Kb.
|
Dars ishlanma tas san
- Bu sahifa navigatsiya:
- V-sinflar uchun tasviriy san’at o’quv predmetidan “Rang tasvirda adabiy qahramon siymosini yaratish” mavzusida.
28 – 29-DARS: ”MEN YOQTIRGAN QAHRAMON” MAVZUSIDA RASM CHIZISH.
Material: Chizma qog’ozi, qora qalam, uchirg’ich, rang, akvarel, suv idishi paletra. Darsning mazmuni: 1.Nazariy qism: ”Men yoqtirgan qahramon” mavzusida tushuncha berish. 2. Amaliy qism: ”Men yoqtirgan qahramon” mavzusida rasm chizish. Darsning borishi: Darsga kirib, o’quvchilar davomatini aniqlayman va sinf jurnaliga belgilayman. O’quvchilarini nazorat qilaman. Dars xonasini tozaligiga e’tibor beraman. Yangi mavzuni bayoni: O’quvchilar rasm chizish uchun avvalo uni bir necha bor o’qib chiqadilar. Bundan tashqari voqiya ro’y bergan mamlakatning tabiati, kishilar hayoti va tuzilish tarzi bilan tanishadilar. “Oygul bilan Baxtiyor” dostonini (o’quvchilarga ) mazmunini aytib berish. O’quvchilar bilan savol javob o’tkazish, darsni mustahkamlash. Ma’lum tayyorgarlikdan so’ng asardagi biron bir ko’rinishga rasm ishlaydilar. Doston uchun yaratilgan rasmni o’quvchilarga tushuntirib, kimlar, nimalar, tasvirlanganligi, ranglari, shakllari, tuzilishi, asarning, kompozisiyasini bo’lib olishlari talab etiladi. Chizilgan rasmdagi voqiya qayerda ro’y berayotganini bildirish uchun uning faniga ush yoki tabiat manzarasi tasvirlanadi. Ishlangan rasmlarni bo’yashdan oldin, o’qituvchiga ko’rsatishlari so’ng o’qituvchi bildirgan fikrlari asosida yana bir bor ko’zdan kechirib, xatolari bo’lsa tuzatishlari talab etiladi. Rasm tayyor bo’lgach rangga o’tiladi. “Oygul bilan Baxtiyor” dostoni asosida chizilgan rasmning muvoffaqiyati qo’yidagi jihatlariga bog’liq. Rasmda asosiy obrazni qanday ranglar bilan ajratib tasvirlash. Rasmda ranglar perpektivasiga rioya qilish. Ijobiy va salbiy obrazlarni tasvirlashda og’ir va yengil ranglardan foydalanishni bilib olish. V-sinflar uchun tasviriy san’at o’quv predmetidan “Rang tasvirda adabiy qahramon siymosini yaratish” mavzusida. 1-soatlik dars ishlanmasi. Tashkiliy qism: Salomlashish. Sinf ozodaligini nazorat qilish. Davomadni aniqlash. O’quvchilarning darsga tayyorgaligini nazorat qilish. Uy ishini baholash. Uy ishi: Taklifnoma tayyoralsh. Bosma. Yozma. Badiiy harflarni yozish. O’quvchining o’tgan dars yuzasidan bajarib kelgan ishlarini baholash. Yaxshi bajargan va qonikarsiz bajargan ishlarini taxlil etish,yutuq va kamchiliklarini ko’zatib borish. O’tgan mavzuni mustahkamlash uchun savollar berish. Taklif biletlari faoliyatning qaysi turiga kiradi? Taklif biletlarining vazifasi va ahamiyati kanday ekan? Taklif biletlarini tayyorlashda badiiy harflaring roli kanday ekan? Taklifning badiiy elementlari nimalardan iborat? O’quvchilarga berilgan savollardan qoniqish hosil qilingandan keyin yangi mavzu bayoniga kirishiladi. Asosiy qism. Darsni tashkil etish. Download 226 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling