Ergashev Do’smamat


Download 226 Kb.
bet30/34
Sana09.03.2023
Hajmi226 Kb.
#1256295
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
Bog'liq
Dars ishlanma tas san

Yangi mavzuning bayonida mavzu doskaga yoziladi va o’quvchilarning diqqatini unga qaratib tushuntiriladi. Haykaltaroshlik asarlarini haykaltarosh rassomlar qattiq materiallardan bajaradilar. Lekin biz oldiniga loy yoki plastilinlardan haykallarning eskizini, loyihasini, kichik ko’rinishdagi chizmasi kabi hajmli xolatini ishlaymiz. Bunga loyni yaxshilab ishlav berib tayyorlab olamiz. Tayyor bo’lgan loy qo’l o’rtasiga qo’yib qisganimizda yorilib ketmaydi. Uni yumshoqligi ham yaxshi bo’ladi. Haykalchalarni ishlashda ko’pincha u yotib qolmasligi uchun karkas qo’yiladi. U sim, yog’och, chup, ip va boshqalardan tayyorlanadi. Lekin biz kichik hajmdagisini ishlaganligimiz va portret ko’rinishda bajarganimiz uchun karkasdan foydalanmaymiz.

Lekin steklarni ishlatishimiz mumkin. U ba’zi o’yiq joylarni olishda yordam beradi. Pichoqcha qurinishida bo’lgan yog’och, plasmassa, kauchik bo’lishi mumkin. Loydan yumoloqlab unga qo’shimcha yopishtirib haykal tayyorlanadi. Bu kabi usullarni bir necha holatda o’qituvchi ko’rsatib beradi. Kamma tushunib olgandan keyin mustaqil ish bajarishga ruxsat etiladi.




O’quvchilarning mustaqil ishlari hammaning ishni bajara olishiga ishonch bo’lgach o’quvchilarni atrofini partalar oralab ko’rib yuriladi. Qiynalib qolgan bolalarga yo’l ko’rsatiladi. Toza va ozoda o’tirib ish bajarish kerakligi eslatib turiladi. Tez – tez rag’batlantiriladi va haykaltaroshlikka oid ma’lumotlar ham berib boriladi.

Ishni tugatib qo’ygan bolalarga shu kabi boshqa ishlardan yana bajarish mumkinligi beriladi yoki boshqa biron ish bilan band qilinadi.
Uyga vazifa berishda xuddi shu kabi haykalchalardan ishlab kelish kerakligi topshiriladi.
31-DARS. IV – MSNI: «ADABIY ASAR QAHRAMONI» MAVZUSIDA PORTRET – ILLYUSTRASIYA ISHLASH
Darsni taxlil etishdagi mavzu. Rangtasvirda adabiy qahramonlar siymosini yaratish.
Darsda ko’rgazmalilik. Amaliy ish. Tanlangan adabiy qahramon yuzasidan eskizlar ishlash.
Darsning maqsadi: O’quvchilarning o’qigan badiiy obrazlari, ko’rgan, bilgan, eshitgan, xalq og’zaki ijodi ertak dostonlar asosida adabiy qahramonlar siymosini yaratish. Ularning xarakteri, kayfiyatilarini tasvirlash. O’quvchilar tasavvurida xotiradan ishlash malakasini shakllantirish, milliy urf-odatlar, an’analar, qadriyatlar, ajdodlarimizning vatanga bo’lgan sadoqatini o’rganish, bilimini ularning ongiga singdirish.

Download 226 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling