Ergashev Do’smamat
Download 226 Kb.
|
Dars ishlanma tas san
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning borishi
Darsning jihozlanishi: Turli xil qahramonlar siymosi tasvirlangan rasmlar, o’kuvchilarning ishlaridan namunalar, rassomlar ishlaridan reproduksiyalar va illyustratsiyalar va bidiiy kitoblar.
Ish materiali: guash’, akvarel, rangli qalam, muyqalam va qog’ozlar. Darsning mazmuni: Noan’anaviy tarzda she’rlar, hikoyalar, ertak, dostonlar orkali milliy qahramonni obrazini ochib berish portret haqida ko’prok tushuncha berish, qahramonning umumlashgan obrazini yaratish. Portretning roli: Kompozisiya va rangtasvirda portret janri, rangtasvirdagi asosiy ifoda vositasi ekanligi, rang kompozitsiyasi yorug’lik haqida o’kuvchilarga tushuncha berish. Portret janrida ko’rinishlarning o’ziga xosligi, psixologik portretlar, shohona portretlar, keskin xarkterli portretlar, rasmiy portretlar haqida oldingi darslarda gapirib o’tgan edik. Portretda rassomlarning tasvirlanishi kishini o’rganishni tushunish uning xarakterli xususiyatlarini to’laligicha aks ettirishga intilish, obrazni ochib berish. Portret san’atiga oid keltirib o’tilgan jarayonlarni o’quvchilar tomonidan nazariy anglash. Ularning rangtasvir usulida portret ishlash jarayonida o’z faoliyatlariga tadbiq etish. Inson qomati, nisbatlari umumiy tuzilish va shakllari, harakatlari, holatlari va muvozanati davrga mos ko’rinishini tasvirlayotgan ertakga nisbatan munosabatlarini aks ettirish xislat va xarakterlari. Darsning borishi: Dars 2-soatga mo’ljallangan bo’lgani uchun 1-soatda asosan portret janri jihati hakida kengroq tushintiriladi. O’quvchilarga o’zlari o’qigan asarlaridan she’r, hikoya, ertak, doston va badiiy obrazlari hakida o’zi yoqtirgan kahramonlarini tanlash va tanlangan qahramonlar she’rlar haqida tasvirlashdan boshlaydilar. Masalan: Xalq og’zaki ijodida, Milliy qahramonlar Tumaris, Alpomish, Shiroq. Ertak qahramonlari, ”Kenja botir”, “Odil va dono podsho”, xalqni dushman qo’lidan ozod qilgan Bahodir, va shu kabilarning harakatlari ochib beriladi. Dars davomida ko’rgazmalarga yondashiladi. Muntazam ravishda o’quvchilarning ishlari ko’zatilib boriladi. O’qituvchi o’quvchilarning qoniqish ololmayotgan savollariga yordamlashishi orqali darsni mustahkamlab boriladi. Darsni mustahkamlash uchun savollar: 1.Portret janri tasviriy san’atning qaysi turiga kiradi? 2.Tasviriy san’atning qaysi janrlarida portret turi bor? 3.Portret asosan nimalar orqali tasvirlanadi? 4.Portret janrining turlari necha xil? Rang tasvirda portretni ifodalovchi vositalar necha xil? Uy ishi: Rassom ishlaridan, portret chizilgan rasmlardan yig’ish. O’zlari yoqtirgan qahramonlarning xomaki rasmlaridan ishlash. Portret janri bo’yicha tushunchalarini mustahkamlash. Download 226 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling