Ergashev Do’smamat


Download 226 Kb.
bet19/34
Sana09.03.2023
Hajmi226 Kb.
#1256295
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   34
Bog'liq
Dars ishlanma tas san

Yangi mavzuning bayoni. Bunda mavzuni e’lon qilinib u doskada yozib qo’yiladi. Natyurmort mavzusida rasm ishlash murakkab bo’lsada lekin u maroqli hisoblanadi. Kontrast rangli buyumlardan tashkil topgan narsalardan natyurmort ishlash rasm chizuvchiga biroz yengil ham bo’ladi. Chunki narsalar aniq ko’rinib turadi.
Biz oldingi darslarimizda rangli natyurmortlar, grezayel usulidagi natyurmortlar, qalamda natyurmortlar ishlaganmiz. Endi esa shularga uxshash bo’lsada natyurmortni kontrast ya’ni bir – biriga qarama – qarshi ranglardan iborat bo’lgan narsalardan natyurmort tuzamiz. Natyurmortni qalamda ishlashimiz lozim. Bunga bir nechta qalam turlaridan foydalansak yaxshi bo’ladi.
Natyurmortlar kuk, sariq, qizil rangli narsalardan tashkil topgan. Rangli bo’lsa ham qalamda shu ranglarni sezdirish mumkin. Ko’rsatmali qurollarni doskaga qo’yib tushuntirib beriladi. Bunda rassomlarning asarlaridan birini tahlil qilishimiz lozim. Chunki natyurmort asarlarda ham syujet, mazmun bo’ladi. Zinaida Kavalevskayaning «Natyurmort» asarini olish mumkin.
Shu kabi doskada bur bilan ham bosqichlari chizib ko’rsatiladi. Doskada chizilayotgan vaqtda o’quvchilar e’tibor bilan qarab o’rganib olishlari lozim.
Naturani o’ziga qarab chizilganda u aniq ko’rinishli bo’lishi mumkinligi takrorlanadi. Bolalar o’qituvchining ko’rsmatmali qurollari va doskada chizilganlaridan o’rganib oladi va narsaning o’ziga qarab rasmni chizadi.
Birinchi bosqichda quyidagicha boshlash kerak.
Ikkinchi bosqichda esa narsalarning aniq o’rni, narsalar tekisligi, orqa foni, diropirovkalar belgilanadi va tasvirlanadi.
Uchunchi bosqichda soya va yorug’liklarga ajratiladi. Narsalarning turish o’rnida uning materiallari va joylashivi ko’rsatilib u shtrixlar yordamida olib borilishi lozim ekanligi aytiladi.
Turtinchi yakuniy bosqichida narsalar va uning orqa tomonlari ham tuliq shtrixlab bo’linadi. Natyurmort asl ko’rinishiga uxshagan bo’lishi kerak. Bunda ob’yomi, soya va yorug’liklari, materialligi kontrastligi ko’rsatilishi kerak. Bular haqida ma’lumotlarni berib bo’lingandan keyin mustaqil ishga ruxsat beriladi.

Download 226 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling