Mavzu 3: «Ish joylarini tashkil etish va xizmat ko’rsatishni takomillashtirish». Reja
Download 33.02 Kb.
|
3-MAVZU. MTE
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Ish o’rni to’g’risida tushuncha va uning turlari.
- Ko’p stanokli ish joylarini
MAVZU - 3: «Ish joylarini tashkil etish va xizmat ko’rsatishni takomillashtirish». REJA: Ish o’rni to’g’risida tushuncha va uning turlari. Ish joylarini to’g’ri rejalashtirish. Ish joylarini jihozlash. Ish joylariga xizmat ko’rsatish. Ish joylarini injenerlik jihatdan ta’minlash. 1.Ish o’rni to’g’risida tushuncha va uning turlari. Mehnatni limiy asosda tashkil etishning eng muhim yo’nalishlaridan biri ish joylarini tashkil etishdir. CHunki ish o’rni mehnatni tashkil etishning asosiy bo’g’inidir. Har bir ishchining o’ziga biriktirilgan ish vazifasini o’z vaqtida bajarish, mehnatning unumdorligi, avvolo, u ishlaydigan ish o’rnining to’g’ri tashkil etilishiga bog’liqdir. Ish o’rni deb bajariladigan ishning xarakteriga bog’liq holda zarur jihoz va mehnat vositalari bilan ta’minlangan, ishlab chiqarish jarayonini bir yoki bir necha texnologik operatsiyalarini bajarishga mo’ljallangan, bir yoki bir necha ishchi ishlaydigan muayyan ishlab chiqarish maydoniga aytiladi. Mehnatni tashkil etish shakli (mehnat taqsimoti darajasiga)ga ko’ra ish o’rni: Individual; Kollektiv (brigada) ish joylariga bo’linadi. Ish joylarini individual tashkil etilganda bir ish o’rnida bitta ishchi ishlaydi. Bu usulning afzalligi shundan iboratki, birinchidan, har bir ishchining bajaradigan ishini ham miqdor, ham sifat jihatidan aniq hisobga olish mumkin bo’ladi, ikkinchidan, ish sifati, jihozlarni saqlash va ulardan to’g’ri foydalanish uchun ishchining ma’suliyati ortadi, uchinchidan, mehnat harakatlari, usullari va metodini ratsionallashtirish va unumsiz harakatlarni bartaraf etish imkonini beradi. Jihozlarning o’rnatilish soniga ko’ra ish joylari bir stanokli, ko’p stanokli va jihozsiz ish joylariga ajratiladi. Ko’p stanokli ish joylarini mehnatni tashkil etish shakliga ko’ra bir xil tipdagi jihozlar bilan ta’minlangan bo’lishi mumkin. Mehnat jarayonining xarakteri va mexanizatsiyalashgan darajasiga ko’ra ish joylarini qo’lda bajaralidigan ish joylari, mexanizatsiyalashagan va avtomatlashtirishgan ish joylariga bo’linadi. Ishlab chiqarishni tashkil etish shakli, ixtisoslashtirish va mahsulot nomenklaturasining doimiyligiga ko’ra ish joylari yakka, seriyali va ommaviy ishlab chiqarish ish joylariga bo’linadi. Download 33.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling