Mavzu 3: «Ish joylarini tashkil etish va xizmat ko’rsatishni takomillashtirish». Reja


Ish joylarini injenerlik jihatdan ta’minlash


Download 33.02 Kb.
bet4/4
Sana24.12.2022
Hajmi33.02 Kb.
#1053570
1   2   3   4
Bog'liq
3-MAVZU. MTE

Ish joylarini injenerlik jihatdan ta’minlash.
Hozirgi vaqtda ishchilar, injener-texnik xodimlar va xizmatchilari ish joyi tashkil etishningn tipovoy loyixasini joriy qilish va ish o’rnini injenerlik ta’minlash mehnatni ilmiy asosda tashkil etishni takomillashtirishni asosiy yo’nalishlaridan biridir.
Ish joylarini injenerlik jihatdan ta’minlash tadbirlarini amalga oshirishda ish joylarini injenerlik jihatidan ta’minlash kartalari muhim joy tutadi. Bu kartalar tikuvchilik sanoatining markaziy ilmiy tekshirish instituti tomonidan ishlab chiqilgan va sanoatga tavsiya etilgan.
Ish joylarini injenerlik jihatidan ta’minlash kartalari-ishchining ishlab chiqarishni kam kuch, kam vaqt sarflab bajarish uchun operatsiyani qanday harakat va usullar izchilligida bajarish kerakligini, uni bajarishda tavsiya qilingan yanada oqilona usullarni, kichik mexanizatsiya vositalari, tashkiliy va texnologik uskunalar bilan tashkil etish va ta’minlashni ko’rsatadigan asosiy hujjatdir.
TSexlardagi ishchilar ish joylarini injenerlik jihatidan ta’minlash kartasi besh bo’limdan iborat:

  • I-bo’lim. Bu bo’limda korxona nomi, buyumning nomi, tashkiliy operatsiyaga kiradigan texnologik bo’linmas operatsiyalarning ro’yxati, opertsiyalarning hisob ma’lumotlari (nomeri, nomi, kasbi, itarif razriyadi, ishbay ratsenkasi, ishlab chiqarish nomasi) va operatsiyalarni bajarish texnik sharoitlari keltiriladi.

  • II-bo’lim. Bu bo’limda operatsiyalarning sxemasi, uning sifat mezonlari, o’lchov miqdorlari ko’rsatiladi.

  • III-bo’lim. Bu bo’limda ma’lumotlar ikkiga ajratiladi, birinchisida, mashina, kichik mexanizatsiya vositalari tartib bo’yicha va ikkinchisida, mashina asosini, stolni tashkil etish talablari yoritiladi.

  • IV-bo’lim. Bu bo’limda ish joylarining tashkiliy-texnologik uskunalarini oqilona tashkil etish sxemasi ko’rsatib boriladi.

  • V-bo’lim. Bu bo’limda operatsiyalarni bajarishning oqilona usullari va ularni bajarish vaqtlari keltiriladi.

Mehnatni o’zini tashkil etishning muhim vositasi mehnatni tashkil etish kartasidir.bu karta ish joylarida mehnat jarayonini chuqur o’rganish va tahlil etish asosida tuzilgan, mayyan ijrochiga tayyorlangan mehnatni tashkil etish loyihasini ifodalovchi hujjatdir.


Mehnatni tashkil etish kartasi besh bo’limdan iborat:

  • I-bo’lim «Dastlabki ma’lumotlar». Bu bo’limda ishlab chiqarish topshirig’i, mahsulot ishlab chiqarish normasi, umumiy texnik iqtisodiyma’lumotlar, mehnatni tashkil etish shakli, mehnatga haq to’lash tizimi, va mukofotlash ko’rsatkichlari kabi ma’lumotlarni o’z ichiga oladi.

  • II-bo’lim «Mehnat jarayoni». Bu bo’limda asosiy ishlarning tarkibi, elementlari, har bir elementning bajarilish vaqti, ratsional uslublari, ish kunlarini jadvallar buyicha tavsilari beriladi.

  • III-bo’lim «Ish o’rni». Bu bo’limda ish o’rnini loyihalashtirish, rejalashtirish va unga xizmat ko’rsatishga doir masalalarni yoritiladi.

  • IV-bo’lim «Mehnat sharoitlari». Bu bo’limda loyihalashtirishni yoritib beriladi.

  • V-bo’lim «Ijrosiga nisbatan qo’yilgan talablar».

Mehnatni tashkil etish kartasi ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va MIT tadbirlarini shilab chiqishda asosiy rolь o’ynaydi. CHunki, bu amaldagi mehnat jarayonini chuqur o’rganish, tahlil qilish va mavjud kamchiliklarni tezda bartaraf etish va ish joylarida mehnat jarayonini yuqori darajaga ko’tarish tadbirlarini belgilash, ularni ishlab chiqarishga joriy qilishda asosiy hujjat rolini o’taydi.
Ishlab chiqarishga fan-texnika yutug’lari va ilg’orlar tajribasini tezroq va kengroq joriy qilish, ishlab chiqarishni takomillashtirish, uni intesivlashtirish va samardorligini oshirishda mehnatni tashkil etishning tipovoy loyihalari muhim rolь o’ynadi.
Mehnatni tashkil etishning tipovoy loyihalarini ishlab chiqarishda qo’llanishi mehnatni tashkil etishni takomillashtirish tadbirlarini ishlab chiqish va ularni ishlab chiqarishga izchil joriy qilish, ish joylarida, uchastka va tsexlarda hamda butun korxona bbo’yicha, mehnat unumdorligining rezervlarini aniqlash uchun keng imkoniyatlar yaratib beradi.
Download 33.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling