Ergashev rustambekning qurulishni tashkil etish va rejalashtirish fanidan nazorat ishi


I BOB. Alohida binoni qurish uchun ishlab chiqiladigan IBL ning tarkibi va mazmuni


Download 447.5 Kb.
bet2/4
Sana28.10.2023
Hajmi447.5 Kb.
#1729789
1   2   3   4
Bog'liq
ERGASHEV R 2

I BOB. Alohida binoni qurish uchun ishlab chiqiladigan IBL ning tarkibi va mazmuni
Alohida har bir bino qurilishi uchun ishlarni bajarish loyihasi quyidagi tarkibda va mazmunda loyihalanadi:
1. Ob’ekt qurilishining taqvimiy rejasi yoki ishlarning bajarilish ketma-ketligi va muddatlarini maksimal ravishda texnologik bog‘liqligini, mashina mexanizmlarning me’yoriy ish muddatlari va vaqtlari namoyishini, mehnat resurslari va mashinalarga talabni, aloxida brigadalarga biriktirib beriladigan ishlar hajmlari, brigadalarning malakaviy va kasbiy tarkibini belgilab beruvchi to‘rsimon grafik loyihalanadi. Qurilishning to‘rsimon grafigi matematik nuqtai-nazardan bog‘langan, yakuniy vokelikka tomon yunaltirilgan tizim bo‘lib, bunda qurilish ishlari o‘rtasidagi bog‘liqlik, munosabat aks ettiriladi.
2. Ob’ekt qurilishining bosh tarxi (QBT), o‘z navbatida quyidagi tarkibda ishlab chiqiladi:
• qurilish maydoni, uning hududi chegarasi, to‘siq devorlar konstruksiyalari;
• qurilishadigan va unga nisbatan ma’qul joylashtirilgan vaqtinchalik binolar;
• doimiy va vaqtinchalik muxandislik tarmoqlari va kommunikatsiyalari;
• doimiy va vaqtinchalik yo‘llar, yo‘llarda harakat sxemalari, yo‘llarning alohida belgilangan xavfli zonalari;
• qurilish mashina-mexnizmlari va transportlarining harakat sxemalari;
• qurilish mashinalari, yuk ko‘taruvchi mexanizmlarning binoga nisbatan bog‘lanishi, yo‘llari, harakat va ish zonalari;
• yuk ko‘taruvchi mashinalarning xavfli ish zonalari chegaralari;
• binoga nisbatan joylashtirilgan ikki yoki undan ortiq yuk ko‘taruvchi kranlarning o‘zaro xavsiz ishini ta’minlash joylashuv va harakat sxemalari;
yuk transportlari, ag‘darma mashinalarni yuvish, tozalash maydonlari, ularning nishablik ko‘rsatkichlari;
• maishiy vaqtinchalik binolarning joylashuvi, oqavasuvlarni qochirish tizimi;
• ishchilarning xavsiz harakat yo‘llari, bino va inshootga kirish yo‘laklari, himoya naveslari;
qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini zaxiralash maydonlari, yopiq va yarim yopiq inshootlar, ishchilar uchun xavsiz harakat yo‘laklari, konstruksiyalarni ildirishning xavfsiz sxemalari;
• yong‘inga qarshi suv ta’minoti tizimi, gidrantlarning joylashuvi;
• yirik o‘lchamlik konsstruksiyalarni bo‘laklardan bir butun konstruksiyaga yig‘ish maydonlari;
• nazorat o‘tish postlari;
3. Qurilish montaj ishlarini bajarish bo‘yicha texnologik xaritalar va aloxida ishlar va jarayonlarni bajarishning texnologik sxemalari;
4. Qurilish maydoniga materiallar, konstruksiyalar va buyumlarning tashib keltirilish grafiklari;
5. Quruvchi ishchilarga (mehnat resurslari) talab grafiklari;
6. Asosiy qurilish mashinalari va mexanizmlarining ob’ektdagi ish grafiklari;
7. Qurilish maydonida geodezik o‘lchash ishlarini bajarish bo‘yicha qabul qilingan echimlar;
8. Mehnat xavfsizligi bo‘yicha qabul qilingan echimlar;
9. Qurilish montaj ishlarini bajarish uchun zarur texnologik inventarlar, asbbob-uskunalar ro‘yxati, yuklar va konstruksiyalarni ildirish sxemalari;
10. Texnik-iqtisodiy hisoblashlar, taqqoslashlar bilan asoslangan echimlar keltirilgan tushuntirish xati. Alohida murakkab konstruksiyali yoki qurish usullari bilan xarakterlanuvchi bino va inshootlar qurilishi uchun IBL ga qo‘shimcha maxsus yordamchi inshootlar, texnologik echimlar, moslamalarning chizmalari ishlab chiqiladi:
• alohida ajralib turuvchi (unikal) jihozlarni, konstruksiyalar va hajmiy elementlarni transportlash va montaj qilish uchun asbob uskunalar, ko‘tarish moslamalari, qamragichlar, ularni ish jarayonida foydalanishga xos sxema va chizmalar;
• gumbaz-obolochka, beton sirtdan ajralmay sirpanuvchi qolip, echib olinmaydigan qoliplar tizimlaridan foydalanishga xos sxemalar, chizmalar;
• hajmiy qayta o‘rnatiluvchi qoliplar va vertikal sirpanuvchi qoliplardan aralash foydalanib quyma bino va inshootlarni barpo etishga xos echimlarning chizmalari;
• er inshootlari (kotlovan va transheyalar) ning shpuntli to‘siqlari chizmalari
• burg‘ulash-portlatish ishlari bo‘yicha tadbirlar, himoya moslamalari
Tayyorlov davrida vaqtinchalik kommunikatsiyalar tarmog‘i yotqiziladi. Vaqtinchalik kommunikatsiyalar tarmog‘i qurilish maydonida barcha vaqtinchalik binolar, ishlab chiqarish maydonlari, sexlar, beton zavodlar tashkil etib bo‘lingach ishlab chiqarish, texnologik, maishiy va yong‘inga qarshi tadbirlar uchun suv ta’minot tizimi, issiqlik ta’minoti tizimi barcha yordamchi xonalar va binolarga, elektr enyergiyasi bilan ta’minlash tarmog‘i barcha vaqtinchalik binolarga, ishlab chiqarish maydonlari, sexlarga, qurilish maydonini yoritish simyog‘ochlarga tortiladi.

Ish yurituvchi (prorab) xonasi telefon va dispetchyerlik aloqasi bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. Magistral kanalizatsiya tarmog‘iga o‘lanish imkoniyati bo‘lmasa kanalizatsion o‘ra (yer osti tindirgichlari) quriladi. Yer ishlarini bajaruvchi va boshqa mashinalar, avtomobillar uchun turar joyi va ularni ta’mirlash uchun maydonlar tashkil etilib, jihozlanib, alohida maydon sifatida to‘silib kerakli nishon va yozuvlar bilan ta’minlanadi.
Qurilish maydoni ishlab chiqarish, boshqaruv va maishiy maqsadlar uchun vaqtinchalik binolar bilan ta’minlanadi. Payvandlash sexi, beton tayyorlash tuguni, dispetchyerlik xonasi, ish boshqaruvchi xonasi, kiyim almashtirish xonalari, oshxona, dush xonasi, sanuzellar, qurilish asboblarini asrash xonalpari, ishlab chiqarish maqsadlariga mo‘ljallangan ayvonlar va boshqalar.

Download 447.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling