Ergasheva aziza farmonovna “turizm biznesida samaradorlikni oshirish yo`llari
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 4602 uzsmart.uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishning dolzarbligi.
Ilovalar.................................................................................................. ..............130
12 Kirish Yurtimiz mustaqilikka erishgandan so‘ng, barcha sohalar qatori turizm sohasida ham yangi imkoniyatlar eshigi ochildi. Turizmda yangi o‘ziga xos yo‘nalish tanlanib, zamon talabiga moslashtirildi. Turizm davlatning asosiy iqtisodiy richaglaridan biriga aylanib bormoqda. Bu sohada qilinayotgan ishlar e’tiborga mollik. O‘zbekiston juda katta turistik potensialga ega mamlakat, Yurtimiz nafaqat Markaziy Osiyo mintaqasida, balki butun dunyoda turizmning asosiy markazlaridan biriga aylanib bormoqda. So‘ngi 5–6 yil ichida O‘zbekistonda turizm sohasi jadal sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda. Bunga har tomonlama keng yo‘l ochib berilayotganligi va imkoniyatlarning yetarligi asos bo‘lmoqda. Endilikda zamonaviy turizmni rivojlantirish strategiyasini tadbiq etgan holda, turizmni yanada yuqori pog‘onalarga olib chiqish asosiy vazifa hisoblanadi. Bunda xorij tajribasi muhim rol o‘ynaydi. Turizm biznesi milliy iqtisodiyot manfaatlari uchun ko'plab iqtisodiy mevalar olishga qodir. Dunyo bo'ylab ko'pgina hukumatlar turizm biznesi yalpi ichki mahsulotni o'z ichiga oladi, shuningdek, ushbu sektorda davlat investitsiyalari xarajatlarini tahlil qiladi. Sektor tadbirlar ta'minot zanjiri sohasida, doimiy ravishda va vaqtinchalik ishlarning ko'plab qismini ishlab chiqaradi, bu bilan birgalikda xizmatlarga qo'shimcha ravishda tashkillahtiradi va boshqaradi. Ko'plab mamlakatlar o'z fuqarolariga ish bilan ta'minlashda turizm biznesiga tayanadi. Masalan, Avstraliyaning Melburn shahridagi aholi soni 4 millionga yaqin bo'lib, ularning 22 mingdan ortig'i turizm biznesida ishlaydi. Ishning dolzarbligi. Hozirgi kunda mamlakatimizda 4 ta turistik hudud tashkil etilgan bo`lib, Buxoro viloyati ham bu tuzilmaga alohida ahamiyatga ega. Ayniqsa Buxoro viloyati tarixiy-madaniy turizmni rivojlantirishda juda katta potentsialga ega. Viloyatimizda mavjud bo`lgan xalq hunarmandchiligining xilma- xil turlari, tarixiy obidalar o`ziga xos milly urf odatlar, xorijiy turistlarni jalb qilish uchun noyob turistik obye`kt bo`lib xizmat qilib kelmoqda. 13 Turizmni rivojlantirishda hunarmandchiligimiz nechog`lik muhim ekanligi, bu yo`l bilan chet ellik sayyohlarni ko`proq jalb etish mumkinligi rejasini ishlab chiqish, yarmarkalar, ko`rgazma va mahorat darslarini tashkil etish orqali turizm biznesida samaradorlikni oshirish ushbu mavzuning dolzarbligini izohlaydi. Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling