Ergasheva diloromning
Download 335.38 Kb. Pdf ko'rish
|
ozbek nutqining oziga xos xususiyatlari
Nutq qisqaligi.Nutq qisqaligi-madaniy nutqning muhim belgisi.
Nutqda ko„p so„zlilik, ezmalik, bir narsani qayta-qayta takrorlash eshituvchi zeriktiradi, qiziqishini, e‟tiborini qochiradi. Nutqining maqsadga muvofiq kelishi uchun tinglovchining vaziyatini ham hisobga olish zarur.
Demak, nutq aniq va ravon bo„lishi grammatik jihatdan to„g„ri tuzilgan bo„lishi adabiy talaffuz qoidalariga bo„ysunishi boshdan oyoq izchil bayon qilinishi lozim. Ana shunday nutqgina tinglovchi va o„quvchi qalbiga borib yetadi. Buning uchun esa, yozuvchidan va omma oldida nutq so„zlovchi kishidan tinimsiz izlanish va o„z ustida ishlash, filologik bilish va muttasil nutqiy mashq talab qilinadi. Inson fikrining ravonligi, mazmundorligi nutqning nechog„lik mantiqiyligi, umuman fikrlash qobiliyati uning badiiy adabiyotga bo„lgan munosabati bilan belgilanadi. Yozma nutqqa quyidagi talablar qo„yiladi:
1 Begmatov. O`zbek tilining nutq madaniyati 1. Har bir so„z, har bir jumla mazmuni va muallif maqsadini ochishga xizmat etishi, shuningdek, nutq ihcham, izchil va mantiqli ifodalanishi zarur. 2. Yozma nutqdagi fikr qiziqarli, ifodali, uslub jihatdan sodda va ravon bayon etilishi kerak. 3. Bildirilgan fikrlar asosida zarur xulosa chiqarishga aloxida e‟tibor berish zarur. Yozma nutqni o„stirish vositalariga quyidagilar kiradi: 1. Lug„at ustida ishlash. 2. Badiiy asardan turli ko„chirib yozuvlar: a) badiiy asarlardan peyzaj va portret tasvirini ko„chirib yozish;
b) asar qatnashchilari nutqidan monolog tayyorlash maqsadida ko„chirish; v) yodlash, deklamatsiya tayyorlash uchun she‟lar (yoki undan parcha) ko„chirig; g) dialoglarni o„zlashtirma gaplarga aylantirib yozish. 3. Syujetli she‟riy asarlar mazmunini hikoyaga aylantirib yozish. 4. Savolllarga javob yozish. 5. Matn mazmunini qisqartirib yozish. 6. Matn mazmunini kengaytirib yozish. Yozma nutqni o„stirishning psixologik va didaktik asoslari. O„qituvchi o„quvchining yozma nutqini o„stirishda tashabbuskor bo„lishi, umumiy pedagogik va didaktik talablarga asoslanishi kerak. Bunday didaktik prinsiplarga quyidagilar kiradi: O„qishning ilmiyligi, Sistemaliligi, Muntazamliligi, Nazariya bilan amaliyotning o„zaro aloqadorligi, Onglilik, Faollik, Ko„rgazmalilik, Aniqlik va tushunarlilik va boshqalar. Bu prinsiplar bir-biri bilan o„zaro aloqada bo„lib, biri ikkinchisini to„ldiradi. Ular,
birinchidan, o„qituvchining o„quv materiallarini o„quvchilarga ko„rgazmali, qiziqarli, tushunarli qilib bayon etishni ta‟minlasa, ikkinchidan, o„quvchining materialni puxta va muvaffaqiyatli o„zlashtirishni ta‟minlaydi.
Download 335.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling