Xulosa
Inson tirik mavjudotlar orasida ongliligi, nutq zaboni borligi bilan
ajralib turadi. Nutq, til va tafakkur o„zaro aloqada ekan, insonlarni
ma‟naviy olamini uning so„zi va nutqi orqali aniq bilib olishimiz
mumkin.
Chin inson doimo komillikka intilib boradi. Komilikning asosiy
belgilaridan biri madaniy nutqdir. Shuning uchun ham qadimdan
butun mashriqu mag„ribda yoshlar nutqini rivojlantirishga, madaniy
nutqni shakllantirishga alohida ahamiyat berganlar. Xususan Yusuf
Xos Hojibning “Qutadg„u bilig”, Ahmad Yugnakiyning “Hibbat ul
Haqoyiq”, Alisher Navoiyning “Hayrat ul Abror”, Zahiriddin
Muhammad Boburning “Boburnoma”, Abulg„ozi Bahodirxonning
“Shajarai turk” asarlarida so„z qadri, nutq madaniyati, so„z qo„li
san‟ati, so„z qo„llashning inson hayotida tutgan o„rni haqida ibratli
fikrlar bayon qilinadi.
Ushbu kurs ishimda yuqoridagi fikrlarni ko„rib chiqib, o„zbek
nutqining o„ziga xos xususiyatlarini yoritishga harakat qildim.
Adabiyotlar ro`yxati
1. Nurmonov A., Iskandarova Sh. Tilshunoslik nazariyasi.
Toshkent, 2008.
2. Mo`minov S., Nurmonova D., Karimova O. Nutq madaniyati,
Toshkent, 2005.
3. Nutq madaniyatiga oid masalalar. Fan, 1973.
4. Begmatov. O`zbek tilining nutq madaniyati.
5. Siddiq M. Muloqot me`zoni. Toshkent, 2004.