Ergasheva diloromning


Download 335.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/17
Sana08.01.2022
Hajmi335.38 Kb.
#243710
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
ozbek nutqining oziga xos xususiyatlari

1. Til va nutq 

F.de  Sossyur  nutqiy  faoliyat  (Languege)  ning  individuallik  va 

sotsiallik belgilarini o„zida mujassam etgan butunlik ekanligi va uning 

til  (Langue)  –  nutq  (parole)  munosabati  birligidan  tashkil  topishini 

ta‟kidlaydi.  

Nutqiy  faoliyat  doirasida  ikki  asosiy  tushunchani-til  (langua) 

va nutq (porole) ni ajratdi. Shu asosda lingvistikani ham ikki turga - 

til  lingvistikasi  va  nutq  lingvistikasiga  bo„ldi.  Lekin  amalda  asosan 

til lingvistikasiga e‟tiborini qaratdi. 

Garchi  til-nutq  dixotomiyasi  F.de  Sossyurgacha  V.Gumboldt, 

yosh  grammatikachilar  maktabi  va  Boduen  tomonidan  bayon 

qilingan bo„lsa ham, lekin F.de Sossyur uni lingvistik sistemasining 

markaziga aylantirdi. 

Sossyurning fikricha, nutqiy faoliyatning ikki tomoni mavjud: 

individual  va  sotsial.  Ularni  bir-birisiz  tasavvur  qilish  mumkin 

emas.  “Til  nima?  degan  savolga  javob  berar  ekan,  u  “til” 

tushunchasining  “nutqiy  faoliyat”  tushunchasiga  teng  kelmasligi, 



“til”  “nutqiy  faoliyat”ning  bir  qismi,  lekin  eng  muhim  qismi 

ekanligini, u sotsial mahsulot ekanligi, u yoki bu til egalarining har 

biri xotirasida mavjud bo„lgan nutqiy faoliyatga kirishish imkoniyati 

ekanligini ta‟kidlaydi. 

F.de  Sossyur  tilning  belgilar  sistemasi  ekanligini  e‟tirof  etish 

bilan birga, uning tuzilishi haqida ham qimmatli fikr bayon qiladi. U 

tilni  munosabatlar  yig„indisi  sifatida  ijtimoiy  hodisalar  qatorida 

o„rganar  ekan,  uning  boshqa  ijtimoiy  hodisalardan  farqi  belgilik 

xarakteri  ekanligini,  “til  g„oyalarni  ifodalovchi  belgilar  sistemasi” 

ekanligini bayon qiladi. 

Bugungi  kunda  bunday  farqlanish,  darhaqiqat,  har  qanday 

lingvistik  tadqiqot  uchun  tayanch  nuqtaga  aylanib  qoldi.  Hozirgi 

davrda  bu  farqlanishni  e‟tirof  etmagan  biron-bir  tilshunos  topilmasa 

kerak. 


Shunday  bo„lishiga  qaramasdan,  til-nutq  dixotomiyasi  olg„a 

surilgandan  buyon  bu  farqlanishga  yondashuv,  uning  talqini 

tilshunoslar o„rtasida bir xil bo„lgan emas. 

O.Yespersenning  fikricha,  til  va  nutq  o„rtasidagi  farqlanish 

individ  va  jamiyat  o„rtasidagi  lingvistik  odat  farqlanishining 

gavdalanishidir.  Xususan,  u  “til”  va “nutq”  o„rtasidagi farqlanishda 

men  individual  «ong»ga  qarama-qarshi  qo„yilgan  “xalq  ongi” 

“jamoa  ongi”  yoki  “to„da  ongi”  nazariyasining  variantidan  boshqa 

hech  narsani  ko„rmayman,  deb  yozadi.  Ana  shu  fikrlar  asosida 

muallif  shunday  xulosa  qiladi:  har  bir  individ  o„zining  nutqi  uchun 

tashqaridan  beriladigan  me‟yorga  ega  bo„ladi.  Amalda  u 

boshqalarning  individual  nutqlarini  kuzatish  yo„li  bilan  qo„lga 




kiritiladi.  Shu  asosda  aytishimiz  mumkinki,  til  (la  langue)  go„yo 

nutqning  (la  parale)  ko„pligidir.  Bu  xuddi  “ko„p  otlar”  “bir  necha” 

otlardan  tashkil  topganiga  o„xshaydi.  Ya‟ni  ot

-  ot



-  ot


3

 

munosabatida ot



2

 ot


1

 dan,  ot

3

 esa ot


2

 dan ma‟lum belgilari bilan farq 

qiladi.  Xuddi  shunga  o„xshash  barcha  individual  tillar  jamlanib 

milliy tilni hosil qiladi. 

Ana  shu  asosda  O.Yespersen  Sossyurning  til  va  nutq 

farqlanishi  haqidagi  nazariyasini  o„zicha  izohlaydi.  Uning 

ta‟kidlashicha, individning oniy lingvistik funksiya bajarishi nutqdir 

yoki nutq individning lingvistik odatlari yig„indisidir. 

A.Gardinerning  fikricha,  har  qanday  lug„at  va  har  qanday 

sintaktik modellar yig„indisi tildir. Qisqa muddatli, tarixan betakror 

so„zdan  foydalanish  faoliyati  nutqdir.  Nutq  konkret  zamon  va 

makon  bilan  bog„liq.  U  betakrorlik  xususiyatiga  ega.  Bir  sintaktik 

model  asosida  yuzaga  chiqqan  har  bir  jumla  konkret  bir  makon  va 

zamonda  muayyan  shaxs  tomonidan  yuzaga  chiqariladi.  U 

betakrorlik xususiyatiga ega bo„ladi. 

Ko„pchilik  an‟anaviy  tilshunoslik  tarafdorlari  o„rtasida  til  va 

nutqni  farqlashning  lingvistika  uchun  nima  ahamiyati  bor?  degan 

savol tug„ilishi mumkin. Alan Gardiner bu savolga birinchi darajali 

ahamiyatga ega deb javob beradi. 

Uning  fikricha,  har  qanday  real  gapda  ikki  qatordagi  hodisa 

mavjud  bo„ladi.  Ulardan  birinchi  qatordagisi  so„zlovchi  shaxsga 

qadar  uning  til  xotirasida  mavjud  bo„lgan  leksik  birliklar  va 

grammatik  sxemalardir.  Bular  “til”  fakti  hisoblanadi.  Ayni  paytda, 



har  bir  real  gap  ma‟lum  so„zlovchi  sub‟ektning  ijod  mahsuli  va  u 

ma‟lum  maqsadda  muayyan  bir  makonda  va  zamonda  bayon 

qilinadi.  Gapda  o„z  ifodasini  topgan  ana  shu  belgilar  “nutq”  fakti 

sanaladi. 

Shunday qilib, “til” va “nutq” zidlanishi o„zida mohiyat-hodisa 

dialektikasini  namoyon  etadi  va  til  sistemasining  barcha  sathlarini 

qamrab oladi. 

F.M.Berezin F.Sossyurning til-nutq dixotomiyasida ikki asosiy 

nuqtaga  tayanganini  bayon  qiladi:  a)  sotsiallik  va  individuallik 

belgisi;  b)  farqlovchilik  va  farqlanmaslik  belgisi.  L.Yelmslev  esa 

sotsiallik  va  individuallik  belgisini  soqit  qiladi.  U  faqat  tilning 

o„zidagi  munosabatlarni  o„rganishga    asosiy  e‟tiborni  qaratganligi 

uchun  ikkinchi  zidlanish,  ya‟ni  farqlovchi  va  farqlanmaydigan 

belgilar zidlanishi asosiy tayanch nuqta hisoblanadi, deydi. 

Xullas, til-nutq dixotomiyasida tilni “narsa - o„zida” sifatida uning 

ichki strukturasini o„rganishda L.Yelmslevning xizmati katta bo„ldi. 

Til  va  nutq  hodisalari  umumiylik-xususiylik,  mohiyat-hodisa, 

invariant-variantlilik tushunchalari bilan uzviy bog„lanadi. Umumiylik 

va  xususiylik  dialektikasi  to„g„risida  gapirganda,  Gegelning  bir 

iborasini  eslash  o„rinlidir.  Biz  gilos,  olma,  o„rikni  yeymiz,  hech 

qachon  mevani  yeya  olmaymiz.  Yoki  V.M.Solnsev  ta‟kidlaganidek, 

yilqi ichidagi qaysi otni boshqa otga nisbatan invariant deb hisoblash 

mumkin.  Tabiiyki,  hech  qaysisini,  faqat  ularning  bittasini  «namuna» 

deb e‟tirof etish mumkin. 

 




Download 335.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling