Nutqning ifodaliligi. Ifodalilik (fikrni hissiy ifoda etish)
so„zlovchining o„z nutqiga befarq emasligini ko„rsatuvchi omildir.
Nutqning ifodaliligini ta‟minlovchi lingvistik usullar, yo„llar mavjud.
Badiiy nutq ifodali nutqning namunasidir. Badiiy nutq namunalaridan
misollar. Nutqiy andoza (qoliplar), ulardan o„rinsiz qo„llashga qarshi
kurash.
Nutq mantiqi. Mantiqiy nutq deb yaxlit bir tizim asosida
tuzilgan, fikrlar rivoji izchil bo„lgan, har bir so„z, ibora aniq maqsadga
muvofiq ravishda ishlatiladigan nutqqa aytiladi. Nutqning mantiqiyligi
uning asosiy sifatlari – to„g„rilik va aniqlik bilan chambarchas
bog„liqdir. Grammatik jihatdan to„g„ri tuzulmagan nutq ham fikrni
ifodalash uchun noto„g„ri tanlangan lug„aviy birlik ham mantiqiylikni
buzadi. Mantiqiy izchilikning buzilishitinglovchi va o„quvchiga
ifodalanayotgan fikrning to„liq borib yetmasligiga olib kelishi
mumkin. Tafakkur va nutq munosabati. Nutqning mantiqli bo„lishi
uchun voqelikni aks ettirishda qarama-qarshi fikrlarning bo„lmasligi ,
so„zlar va gaplar o„rtasidagi semantik aloqaning izchil bo„lishi lozim.
«Bir bog„dan kelsa, bir tog„dan keladi» maqolining izohi. So„z va
jumlalarning mantiqan to„g„ri bog„lanishi voqelikni va farqlarni to„g„ri
, qiyinchiliksiz anglash imkonini beradi.Nutqmy mantiqning buzilishi
va uning sabalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |