Ergasheva saboxatxon muxiddin qizi


-rasm. Gipoosmotik stress sharoitida timositlar hajm boshqarilishida


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/29
Sana14.05.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1459540
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29
Bog'liq
bmi tayyor

5-rasm. Gipoosmotik stress sharoitida timositlar hajm boshqarilishida 
ishtirok etuvchi qismlar Na/K/2Cl kotransportyori ionlarni ikkilamchi faol 
transport orqali hujayra kanaliga oʻtkazadi. Na+ hujayradan tashqariga, 
hujayraning bazolateral membranasidagi Na, K ATFaza taʼsirida hujayralararo 
boʻshliqqa oʻtkaziladi. 𝑪𝒍

bazolateral ClC-Kb 
𝑪𝒍

kanallarida chiqadi. Barttin, 
hujayra membranasidagi oqsil, ClC-Kb normal ishlashi uchun zarurdir. 
𝑲
+
ROMK va boshqa 
𝑲
+
kanallari orqali hujayradan interstitsial va kanalli 
lumenga oʻtadi. 
Inson eritrotsitlarining osmotik bosimi 7.6-7.9 atm tashkil etadi, biroq qon va 
limfa orasida suvni oʻtish tezligini aniqlab beruvchi osmotik bosimlar farqi 


25 
(onkotik bosim) atigi 0.03-0.04 atm ga tengdir. Onkotik bosim toʻqimalardagi 
suvni qon oqimiga oʻtishini taʼminlab beruvchi faktorlardan biridir. 
Har xil turdagi hujayralar oʻz hajmlarini turlicha boshqaradilar. Xlor va kaliy 
selektiv ion kanallarini ragʻbatlantiruvchi osmotik shok sharoitlarida Na/H 
almashinuv sistemasi va u bilan bogʻliq boʻlgan Na / K / Cl va K/Cl kotransporti, 
xlor bikarbonat almashinuvi va yana baʼzi boshqa sistemalari faollanadi. 
Gipotonik muhitga tushganda (past osmotik bosim) hujayralar avval shishadi, 
bu passiv javob turi boʻlib, soʻng siqila boshlab oʻzining boshlangʻich hajmini 
tiklab oladilar. Bu jarayon boshqariluvchi hajm kichrayishi deb ataladi. 
Gipertonik muhit sharoitida (yuqori osmotik bosim) hujayralar avval siqilishadi 
(bir necha soniyalar davomidagi passiv javob), soʻng oʻz hajmlarini tiklab 
oladilar. Bu jarayon boshqariluvchi hajm kattalashishi deb atalib, RVI 
abbreviaturasi bilan belgilanadi — Regulatory Volume Increase. Shuni taʼkidlash 
kerakki, hattoki izotonik sharoitda ham hujayra atrof — muhit bilan termodinamik 
muvozanatda boʻlmaydi. Bu ATF ga tobe aktiv transport va plazmalemmaning 
passiv ion oʻtkazuvchanligi orqali boshqariluvchi, plazmatik membrana orqali 
oʻtuvchi ionlar gradiyenti bilan bogʻliqdir. 
Gipotonik va gipertonik shok sharoitlarida kuzatiladigan hajm boshqarilishi, 
yuzaga kelgan osmotik disbalansni muvozanatlashtirishga qaratilgan, koʻp sonli 
membranadagi transport jarayonlarini aktivlanishi natijasidir. Hujayra past 
osmotik bosimli muhitga tushib qolsa, u ichki ortiqcha osmolitlardan xalos 
boʻlishga harakat qiladi. Ushbu ion kanallari kaliy va xlor ionlari uchun selektiv 
hisoblanadi, eritroid boʻlmagan hujayralarda. Qon hujayralari misolida 
keltirilishicha, gipoosmotik stress sharoitlarda odam, sichqon, qoʻy, quyon, forel, 
salamandra, qurbaqa eritrotsitlarda kaliy va xlor ionlarini chiqarib tashlanishi 
mumkin. Bir tomondan bu eritrotsitlarda tez — tez kuzatiladigan furosemid 
ingibitoriga sezgir K-Cl transportidir. Ikkinchi tomondan esa bu noeritroid 
hujayralarga xos boʻlgan, kaliy va xlor ionlariga nisbatan tanlovchan boʻlgan ion 
kanalidir. 
Noeritroid hujayralarning (ichak epiteliysi, endoteliy, kardiomiotsitlar va h.k 


26 
larga oʻxshash) elektrofiziologik tadqiqotlari hujayra boshqaruvida ion 
kanallarining muhim rolini aniqlab berdi. Gipotonik stressga javoban birinchi 
boʻlib noselektiv mexanosezgir kanallar faollanib, natriy ionlari bilan bir qatorda 
hujayra ichiga kalsiy ionlari ham oʻtkazilishi koʻrsatib berildi. Kaliy esa oʻz 
oʻrnida Ca ga tobe kaliy kanallarini faollashtirib, shu bilan birga 
plazmolemmaning kaliyga boʻlgan oʻtkazuvchanligini oshiradi. Kalsiyga bogʻliq 
boʻlmagan holda hajmga tobe xlor kanallari faollanadi, bu esa membrananing 
xlorga nisbatan oʻtkazuvchanligini oshiradi. 
Hayvon hujayralari plazmasi membranasi turli xil anion kanallaridan tashkil 
topgan. Anion kanallari plazma membranasi va hujayra ichidagi organoidlarda 
mavjud. Anion kanallari koʻp tarmoqli funksiyaga ega boʻlib, plazma 
membranasining giperpolyarizatsiyasini sinaptik oʻtkazuvchanligini ingibirlash, 
epitelial Cl
-
ning transporti, shuningdek boshqa organik anionlarning, jumladan 
glutamat va ATF ning anionli formalarining transportini taʼminlaydi. 
Kation kanallaridan farqli ravishda, anion kanallari nerv va muskullarda 
potensial harakatini toʻgʻridan-toʻgʻri boshlab ham tugatib ham ololmaydi. 
Plazmalemma anion kanallari bundan tashqari hujayra hajmi boshqarilishida
hujayraning qisqa muddatda hajmi ortishida, hujayra differensiyasida, 
hujayraning induksion nobud boʻlishida, sisplatinning rezistentligi, ATF ajralishi 
glutamat ajralishida ishtirok etishi aniqlangan. Hujayra gipoosmotik muhitga 
tushganda avval shishadi va maʼlum vaqt oʻtgach oʻz holiga qaytadi, bu holat 
hajm kamayishining boshqarilishi deyiladi. Bu boshqarishga javob osmotik 
jihatdan kerak boʻlgan suv bilan birga hujayra ichidagi eritmalarning kamayishi 
hisobiga boradi. RVD tipik jihatdan KCl ning va osmotiklikni yuzaga keltiradigan 
suvning chiqib ketishi bilan amalga oshiriladi.
Osmotik shishish muhitida hujayra oʻz hajmini K
+
va Cl
-
singari anorganik 
osmolitlarni tashqariga chiqarish bilangina boshqarmay, balki organik osmolitlar 
hisoblangan aminokislota, poliol, metilamin va nukleotidlarni ham tashqariga 
chiqaradi. Hajmga bogʻliq holda organik osmolitlarni chiqarilishi koʻpgina anion 
kanallari blokatorlari tomonidan ingibirlanishi, baʼzi anion kanallari organik 


27 
osmolitlarni shishishga bogʻliq holda chiqarilishida asosiy rol oʻynashini 
tushuntiradi [29]. 

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling