Ergasheva saboxatxon muxiddin qizi


Xulosa ……………………………………………………


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/29
Sana14.05.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1459540
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
bmi tayyor

    Bu sahifa navigatsiya:
  • ROMK
 
Xulosa ……………………………………………………............... 47 
 
Adabiyotlar roʻyxati ……………………………………................. 48 
 
Ilovalar……………………………………………………………... 51 



Shartli qisqartmalar 
1. 
HEPES – Gidroksietilpiperazin etan sulfon kislotasi
2. 
RVD – Regulyator hajm kamayishi 
3. 
RVI – Regulyator hajm tiklanishi 
4. 
OITS – Orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi
5. 
OIV – Odam immunitet tanqisligi virusi 
6. 
ATF – Adenozintrifosfat
7. 
ClC-Kb – ionlarning hujayra ichiga va tashqarisiga harakatini tartibga 
solish uchun birgalikda ishlaydigan bir nechta oqsillardir. 
8. 
ROMK – Hujayraning tashqi medulyar kaliy kanali 
9. 
KCC – 
𝐾
+
/
𝐶𝑙
+
kotransportyor
10. NKCC – 
𝑁𝑎
+
/
𝐾
+
/
𝐶𝑙
+
kotransportyor 
11. HICC – gipertoniklikdan kelib chiqqan kation kanallari 
12. AE 
𝐶𝑙

/𝐻𝐶𝑂
3

almashinuvi 
13. NHE – 
𝑁𝑎
+
/𝐻

almashinuvi 
14. HRT – gormonlarni almashtirish terapiyasi 



Kirish 

Mavzuning dolzarbligi.
Tirik hujayra atrofdagi muhit bilan termodinamik 
muvozanatda boʻlmaydi, u doimo hajmini doimiyligini saqlash uchun, osmotik 
faol zarrachalarni hujayra membranasi orqali hujayra ichiga va tashqarisiga 
chiqishini boshqarish va bir maromda saqlashga majburdir. Osmolitlar sifatida 
noorganik ionlar (Na
+
, K
+
, Cl
-
, Ca
2+
, Mg
2+
), kichik molekulali metabolitlar 
(uglevodlar, aminokislotalar, monomer nukleotidlar) va yuqori molekulyar 
birikmalar, oqsillar, uglevodlar va nuklein kislotalar xizmat qiladi. Hayot faoliyati 
jarayoni davomida barcha hujayralar sezilarli darajada osmotik oʻzgarish, 
tartibsizlikka uchraydilar. Bu oʻzgarish hujayradan tashqari muhitning osmotik 
bosimini oʻzgarishi oqibatida kelib chiqishi mumkin[Hempling H.G.,Thompson 
S., Dupre A
]. 
Tirik organizm hujayrasi yuqori darajada takomillashgan boʻlib, tashqi 
muhitdagi oʻzgarishlarga javoban oʻz-oʻzini mustaqil holda boshqara oladi. 
Hujayra butunligining saqlanishi hajm doimiyligini saqlash bilan bogʻliq. Hujayra 
hajmini molekulyar va hujayraviy boshqarilish mexanizmlarini batafsil oʻrganish 
koʻpgina fiziologik va patofiziologik jarayonlarni tushunish, xususan osmotik 
gomeostaz buzilishini bartaraf etish strategiyasini ishlab chiqish uchun muhim 
ahamiyat kasb etadi. Soʻnggi yillardagi ilmiy tadqiqot izlanishlari natijasida 
apoptoz jarayonlari uchun effektiv hujayra hajm boshqarilish sistemasi zarur 
ekanligi aniqlangan [Krasilnikov O.V., Sabirov R.Z., Ternovskiy V.I]. 
Bundan tashqari, moddalarni membrana orqali tashilishi va hujayra ichki 
metabolizmi hujayraning ichki osmotik bosimini sezilarli darajada oʻzgarishiga 
olib keladi. Shunday qilib, anabolizm jarayonlari kichik molekulyar moddalardan 
yuqori molekulyar birikmalar sintezlanishi natijasida osmolitlar soni kamayadi, 
umumiy holatda ichki osmotik bosimni tushishiga olib keladi, bu paytda 
katabolitik jarayonlar esa aks taʼsir etadi[Okada Y., Sato K. and Numata T]. 
Gipotonik stressda limfotsit hujayralarining hajm boshqarilishida Ca
2+
, K
+
va 
Cl
-
kanallarining roli koʼrsatilgan. Bunda kalsiy transportining hissasi 
modulyatsiya qiluvchi boʼlsa, kaliy va xlor transportining alohida-alohida 



bloklash xususiyati hujayra hajm boshqarilishini batamom toʼxtatilishiga olib 
keladi. Anion oʼtkazuvchanlikning mavjudligi hajmni kamayishini boshqarishda 
oʼta muhim ahamiyatga egadir [Wehner F, Olsen H, Tinel H,. Kinne-Saffran E, 
Kinne R].
Bundan aniq koʻrinib turibdiki, oʻz butunligini saqlash uchun, hujayra 
oʻzining hajmini doimo aktiv holda saqlash xususiyatiga ega boʻlishi kerak. 
Shuning uchun tirik hujayra hajmini boshqarilish mexanizmlarini oʻrganish. 
zamonaviy biofizika va hujayra fiziologiyasining markaziy muammolaridan biri 
hisoblanadi. Ion kanallarining selektiv blokatorlarning kashf qilinishi ion 
kanallarining funksiyasi va molekulyar asoslarini oʻrganishda qulay farmakologik 
vosita sifatida ishlatiladi.
Anor (Punica granatum L.) funksional oziq-ovqat va antioksidantligi, hamda 
semirishga, rak va yalligʻlanishga qarshi dorivor xususiyatlar bilan boyitilgan 
nutriseftiklarning manbai sifatida mashhurdir. Anor urugʻlari, mevalari, sharbati 
va poʻstlogʻining tarkibida bir qator biologik birikmalar mavjud boʻlib, uning 
antimikrob, antiparazitar, antigelmintar, antioksidantlik va yalligʻlanishga qarshi 
xususiyatlari oʻrganilgan. Biroq ularning hujayra boshqarish tizimiga va hajm 
faollashtiruvchi transport jarayonlariga taʼsiri oʻrganilmagan. Anor sharbatining 
ilm-fan sohasidagi bu boʻshliq bizning tadqiqotimiz uchun maqsad boʻla oladi 
[E.Shaygannia, M.Bahmani, B.Zamanzad, M.Rafieian-Kopaei]. 

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling