Ergasheva saboxatxon muxiddin qizi


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/29
Sana14.05.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1459540
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
bmi tayyor

Tadqiqotda qoʼllanilgan metodikaning tavsifi. Tajribalarda zamonaviy va 
klassik biofizikaviy usullardan foydalanildi. Hujayra hajmi suspenziyaning 
yorugʻlikni oʻtkazishi boʻyicha aniqlandi. Gemoliz miqdori gemoglobinning 
chiqishi boʻyicha aniqlandi. Olingan natijalar kompyuterda “Go link”, 
“Origin8.6” va “Excel” dasturlaridan foydalanib qayta ishlandi. 
Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati. Bugungi kunda 
immun tizimi bilan bogʼliq kasalliklarni davolash va ularning oldini olish eng 
muhim va ustuvor yoʼnalishlardan hisoblanadi. Shu munosabat bilan bunday 
kasalliklarni oldini olish va davolashda, hujayrada sodir boʼladigan hajm 
boshqarilish jarayonlarini va ularning mexanizmlarini oʻrganish muhim masalalar 
hisoblanadi. Bizning tadqiqotlarimizda hujayra hajm boshqarilish jarayonlarini 
modifikatsiya qiluvchi anor sharbati taʼsiri oʼrganildi. Olingan natijalar 
farmakologiya va tibbiyot uchun fundamental asos boʼlishi mumkin. 
Ish tuzilmasining tavsifi. Ushbu bitiruv malakaviy ishi 51 sahifadan tashkil 
topgan boʼlib, kirish, adabiyotlar sharhi, tadqiqot materiallari va uslubi, olingan 
natijalar va ularning tahlili, xulosalar, foydalanilgan adabiyotlar roʼyxati 
boʼlimlaridan tashkil topgan. Tadqiqot ishida 12 ta rasm, 2 ta jadval mavjud boʼlib 
barcha koʼrgazma materiallari bitiruv malakaviy ishiga taalluqlidir. 



I-bob. Adabiyotlar sharhi 
1.1.Biologik membranalarning tuzilishi va tarkibi 
BIOLOGIK MEMBRANALAR (lot. membrana — yupqa parda, teri, qoplam) 
hujayralar (yoki sitolemma yoki plazmolemma yoki plazma membranasi) va 
hujayra ichidagi organellalar tarkibini cheklovchi tuzilmalar. Hujayra 
membranasi har qanday hujayra tarkibini tashqi muhitdan ajratib, uning 
yaxlitligini taʼminlaydi; hujayra va atrof-muhit oʻrtasidagi almashinuvni tartibga 
solish, hujayra ichidagi membranalar hujayrani maxsus yopiq boʻlinmalarga yoki 
organellalarga ajratadi. Hujayra membranasida
hujayra ichidagi muhitning 
maʼlum sharoitlari saqlanadi [17, 22, 23].
Prokariot organizmlar — faqat hujayra membranasiga ega, aksariyat 
hollarda hujayra devori bilan oʻralgan.
Eukariot organizmlar – ularda nafaqat hujayra, balki yadro, shuningdek, 
mitoxondriyalar, lizosomalar, peroksisomalar, sekretor granulalar, endosomalar 
membrana bilan oʻralgan.

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling