Ergasheva saboxatxon muxiddin qizi


- rasm. Timus poʻstloq zonasining retikuloepitelial hujayrasi va timotsitlari


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/29
Sana14.05.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1459540
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29
Bog'liq
bmi tayyor

4- rasm. Timus poʻstloq zonasining retikuloepitelial hujayrasi va timotsitlari 
(sxema). 
1 – yadro; 2 – oʻsiqlar; 3 – sekretor pufakchalar; 4 – tonofibrillalar; 
5 – limfoblast; 6 – prolimfotsit (pretimotsit); 7 – timotsitlar.
Retikuloepitelial hujayralarning timotsitlar bilan zich aloqada boʻlishi ular 
ishlab chiqaradigan gormonlarning shakllanishiga T-limfotsitlarga bevosita taʼsir 
etishini taʼminlaydi. Shu tufayli poʻstloq zonaning retikuloepitelial hujayralariga 
differensiallanuvchi T-limfotsitlar yoki timotsitlar uchun maxsus “enaga 
hujayralar” deb qaraladi. Retikuloepitelial hujayralar poʻstloq zonada oʻziga xos 
tuzilishga ega. Ularning sitoplazmasida koʻp miqdorda har xil kattalikka ega 


16 
boʻlgan oqishroq sekretor pufakchalar joylashgan. Pufakchalar oʻzida timusning 
asosiy gormonlari boʻlgan timozin, timopoetin, timulinlarni saqlovchi sekretor 
tuzilmalardir. Bu gormonlar hujayradan tashqariga chiqib, timotsitlarning yetuk 
T-limfotsitlarga differensiallanishiga bevosita taʼsir koʻrsatadi. Retikuloepitelial 
hujayralarning sitoplazmasida yaxshi rivojlangan Goldji kompleksi, donador 
endoplazmatik toʻr va mitoxondriyalarning boʻlishi ularning aktiv sintez qilish 
qobiliyatiga egaligini koʻrsatadi.
Hozirgi vaqtda T-limfotsitlarning yetilishi poʻstloq va magʻiz zonalarda bir-
biriga bogʻliq boʻlmagan holda alohida kechadi, degan fikr koʻproq 
tasdiqlanmoqda. Poʻstloq zonada shakllangan T-limfotsitlar magʻiz zonaga 
oʻtmasdan, chegara yoki kortiko-medullyar zonada postkapilyar venulalar orqali 
qonga tushadi. Qon orqali ular periferik immun-himoya organlariga kelib, maxsus 
timusga tobe T-zonalarda joylashadi. Bu zonalarda ularning yetilishi oxirigacha 
yetadi va natijada T-limfotsitlarning har xil turlari hosil boʻladi. Shuni aytish 
kerakki, poʻstloq zonadagi barcha timotsitlar ham yetuk T-limfotsitlargacha 
shakllana olmaydi. T-limfotsitlarning differensiyallanishi davomida ularning 
orasida organizmning xususiy hujayralari va toʻqimalariga qarshi retseptorlar 
tutuvchi T-limfotsitlar ham paydo boʻlishi mumkin. Bu xildagi timotsitlar 
poʻstloq zonaning oʻzidayoq nobud boʻladi va makrofaglar tomonidan fagotsitoz 
qilinadi.

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling