Ergasheva saboxatxon muxiddin qizi
Download 1.58 Mb. Pdf ko'rish
|
bmi tayyor
- Bu sahifa navigatsiya:
- Magʻiz zona (medulla)
Kortiko-medullyar zona — Poʻstloq va magʻiz zonalar orasida chegara
hisoblanadi. Bu zonani oddiy mikroskop ostida aniq ajratib boʻlmaydi. Elektron mikroskop ostida ham uning yaqqol chegaralari boʻlmay, oʻzida koʻp miqdorda qon tomirlar, asosan postkapilyar venulalar borligi bilan ajralib turadi. Bu zonada sitoplazmasida sekretor pufakchalar va tonofibrillalar saqlovchi retikuloepitelial hujayralar, mayda donachalarga ega boʻlgan interdigitirlovchi hujayralar va lizosomalarga boy tipik makrofaglar joylashadi. Qayd qilib oʻtilgan hujayralar mikromuhitni tashkil qiladi va bular orasida turli tuzilishga ega boʻlgan timotsitlar yotadi. Poʻstloq zonadan keluvchi timotsitlar qon orqali yot antigenlardan maxsus 17 “qon-timus” toʻsigʻi (gemato-timus baryeri) yordamida maʼlum darajada himoya qilinib turiladi. Bu toʻsiqni hosil qilishda: qon kapillyarlarining endoteliy hujayrasi va uning bazal membranasi; tomir atrofida yoki perikapilyar boʻshliqda joylashgan hujayralar va hujayralararo modda va nihoyat retikuloepitelial hujayralar oʻz bazal membranalari bilan birlikda ishtirok etadilar. Toʻsiq antigenlarni tutib qolish yoki tanlab oʻtkazish qobiliyatiga ega. Shu tufayli timotsitlarning T-limfotsitlarga differensiyallanishi antigenga bogʻliq boʻlmagan holda amalga oshadi. Poʻstloq zonani oʻrab turuvchi biriktiruvchi toʻqima bilan timus parenximasi orasida ham retikuloepitelial hujayralar va ularning bazal membranasi ingichka toʻsiqsimon qavat hosil qiladi. Magʻiz zona (medulla) — timotsitlar kamroq boʻlgani va siyrakroq joylashgani uchun oqishroq boʻyaladi. Agar poʻstloq zonada limfotsitlarning retikuloepitelial hujayralarga nisbati taxminan 9:1 boʻlsa, magʻiz zonada esa buning aksi yaʼni 1:9 nisbat kuzatiladi. Magʻiz zonada ayniqsa mitotik boʻlinish qobiliyatiga ega boʻlgan pretimotsit yoki limfoblast hujayralarning nisbiy miqdori kamayib ketadi. Magʻiz zonaning retikuloepitelial hujayralari tuzilishi jihatidan ham boshqacharoq. Ularning sitoplazmasida yirik sekretor pufakchalar koʻp miqdorda boʻlib, guruhlar hosil qilib joylashadi. Baʼzida pufakchalar sekretor naychalar koʻrinishida boʻlib, ularning ichki devorida kalta mikrovorsinkalarni hosil qiladi. Shu bilan bir qatorda hujayralar sitoplazmasida tonofibrillalar soni ancha koʻp boʻlib, ular yoʻgʻon tutamlar hosil qilib joylashadi. Magʻiz zonaning markaziy qismida qatlamli epitelial (Gassal) tanachalari joylashgan. Ular ustma-ust yotgan yassi retikuloepitelial hujayralardan tashkil topgan boʻlib, bu hujayralarning sitoplazmasida yirik pufakchalar, dagʻal tonofibrillalar tutamlari va keratin donachalarini koʻrish mumkin. Baʼzida tanachalar tarkibida yemirilayotgan leykotsitlar ham uchraydi. Gassal tanachalari timus stromasida retikuloepitelial hujayralarning fiziologik muguzlanishi va degeneratsiyasi jarayonida hosil boʻluvchi tuzilmalar deb hisoblanadi. Lekin ularning maʼlum bir biologik aktiv moddalar ishlab chiqarishi va shu bilan timusning endokrin faoliyatida ishtirok etishi ham ehtimoldan holi emas. 18 Tanachalarning soni yosh ulgʻayishi bilan oshadi va turli kasalliklarda esa kamayib ketadi. Magʻiz zonada ham tipik makrofaglar bilan bir qatorda interdigitlovchi hujayralar uchraydi. Ular retikuloepitelial hujayralar bilan birgalikda bu zonadagi timotsitlar uchun mikromuhit yaratib beradi. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling