Ergasheva saboxatxon muxiddin qizi
Timus. Timusning tuzilishi va funksiyasi
Download 1.58 Mb. Pdf ko'rish
|
bmi tayyor
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-rasm Timusning gistologik tuzilishi.
- Poʻstloq zonada (kortex)
- TIMUS (Ayrisimon bez)
1.2.Timus. Timusning tuzilishi va funksiyasi
Timusning (Ayrisimon bez) tuzilishi. Buning ayrisimon shakliga muvofiq ravishda unga ayrisimon bez nomi berilgan. Timus deyilishi esa bez shaklining shifobaxsh hisoblanuvchi sudralib oʻsuvchi togʻjambul (thymus serpyllum) oʻsimligining barglariga oʻxshab ketishi tufaylidir. Timus bezi ikkita piramidasimon boʻlaklardan tashkil topgan ikki qavatli bez boʻlib, ularning har biri tashqi korteks va ichki medullaga differensiallangan lobulatsiyalangan sirtga ega. Bezning har bir boʻlagi tashqi tomondan zich biriktiruvchi toʻqima kapsulasi bilan oʻralgan va ichki tomondan biriktiruvchi toʻqima (septum) ichkariga kiruvchi toʻsiqlar bezni toʻliq boʻlmagan boʻlaklarga boʻladi(3-rasm). 14 3-rasm Timusning gistologik tuzilishi. Timusning gistologiyasi kattalashgan kapsulalar qalinligi va septumni, korteks va medullada limfotsitlar mavjudligini va aniq lobulyar demarkatsiyani koʻrsatadi. Medullada Gassall tanachasini koʻrish mumkin. Timus kesmada koʻrilganda unda toʻq boʻyaluvchi va chekkada joylashgan poʻstloq zonani va oqishroq boʻyalgan markaziy magʻiz zonani ajratish mumkin. Qayd qilib oʻtilgan zonalarning oʻziga xos boʻyalishi limfotsitlarning yoki timotsitlarning zich va siyrak joylashishi bilan bogʻliq. Poʻstloq zonada (kortex) — ular zich joylashadi va retikuloepitelial hujayralar hosil qilgan toʻr boʻshliqlarini toʻldirib turadi. Poʻstloq zonaning biriktiruvchi toʻqimali kapsula ostida yotgan chekka, subkopsulyar qismida T- limfotsitlarning boshlangʻich hujayralari – pretimotsitlar joylashadi. Ular tuzilishiga koʻra T-limfoblast boʻlib, yirik, sitoplazmasi bazofil boʻyaluvchi TIMUS (Ayrisimon bez) 15 hujayralardir. Ularning yadrolarida xromatin oz boʻladi va koʻproq yadrochalar koʻrinadi. Bu hujayralar mitoz yoʻli bilan boʻlinib koʻpayish qobiliyatiga ega. Ularning hisobiga poʻstloq zonada doimiy ravishda yangi timotsitlar hosil boʻladi. Timotsitlar poʻstloq zonada mikromuhit hosil qiluvchi retikuloepitelial hujayralar, makrofaglar va interdigitirlovchi hujayralar bilan birikib joylashadi. Poʻstloq moddaning retikuloepitelial hujayralari koʻp miqdorda sitoplazmatik oʻsiqlarga ega boʻlib, bu oʻsiqlar orasida differensiallanuvchi timotsitlar yotadi (4-rasm). Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling