Ergasheva saboxatxon muxiddin qizi
Download 1.58 Mb. Pdf ko'rish
|
bmi tayyor
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqot maqsadi.
- Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
- Tadqiqot mavzusi bo ʼyicha adabiyotlar sharhi.
Tadqiqot obyekti. Zotsiz, 6-8 haftalik (100-150 g) oq kalamushlardan
ajratilgan timotsit hujayralari va odam qizil qon hujayralari. Tadqiqot predmeti. Gipoosmotik stress sharoitida kalamush timotsit hujayralari hajm boshqarilishiga va odam qizil qon hujayralaridan gemoglobin chiqishiga anor sharbatining taʼsirini oʻrganishdan iborat. Tadqiqot maqsadi. Hajmga bogʻliq membrana jarayonlariga anor sharbatining taʼsirini oʻrganish. Tadqiqot vazifalari. 1. Gipoosmotik stress sharoitda hujayra hajm boshqarilishiga anor meva sharbatining 1, 10, 25, 50 va 100 mkm konsentratsiyada taʼsirini 6 oʻrganish. 2. Izoosmotik sharoitda qizil qon hujayralariga anor meva sharbatining taʼsirini aniqlash. Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Anor sharbatining inson gemoglobiniga boʻlgan taʼsiri va kalamush timotsit hujayralari hajm boshqarilishi sistemasiga taʼsiri oʻrganildi. Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari. Respublikamizda oʼsuvchi oʻsimliklar tarkibida biologik faol birikmalarning oʻziga xos kolleksiyasi mavjud boʼlib, ularning koʼpchiligi umuman oʼrganilmagan. Bu esa yangi istiqbolli immunoprotektor xususiyatga ega boʼlgan vositalarni izlab topish uchun cheksiz imkoniyatlar yaratadi. Shu sababli oʼsimlik tabiatli biologik faol moddalarni timotsit hujayralariga taʼsirini baholashning toʼgʼri test tizimidan foydalangan holda skrining qilishning kompleks tizimini ishlab chiqish yuqori samarali immunoprotektor xususiyatga ega boʼlgan birikmalarni maqsadli ravishda aniqlash va identifikatsiyalashga imkon beradi. Tadqiqot mavzusi boʼyicha adabiyotlar sharhi. Anor mevasi yalligʻlanishga qarshi va antibakterial taʼsir kabi dorivor xususiyatlarga ega. Anor urugʻi yogʻi teri va koʻkrak saratoniga qarshi taʼsirga ega. Anor urugʻi yogʻi fitoestrogen birikmalarga ega va meva kuchli antioksidant faollikka ega fenolli birikmalarga boy. Anorning mevasi va poʻstlogʻi ichak parazitlari, dizenteriya va diareyaga qarshi ishlatiladi. Sharbati va urugʻlari tomoq va yurak uchun tonik hisoblanadi. Burun va milkdan qon ketishini toʻxtatish va gemorroyni davolash uchun ishlatilib kelinmoqda. Bugungi kunda Punica granatum L. meva sifatida nafaqat katta qiziqish uygʻotmoqda, balki tadqiqotlar uning dorivor xususiyatlari va oziq-ovqat sanoatiga qaratilgan. Shunday qilib, bu sohada keng koʻlamli tadqiqot ishlari allaqachon boshlangan. Biroq, anorning shifobaxsh xususiyatlari boʻyicha yetarlicha tadqiqotlar oʻtkazilmagan. 7 Oʻrganilgan anor meva sharbati moddalari oʻz ichiga bir qator biologik guruhlarni olgan boʻlib, ularning biologik effektlari yetarlicha oʻrganilgan. Ushbu bitiruv malakaviy ishida mavzuga oid boʻlgan ion kanallari, hajm boshqarilish jarayonlari mexanizmlari, immun tizimi, anor (Punica granatum.L) boʻyicha adabiyotlar oʻrganib chiqildi va tahlil qilindi. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling