Қон яратувчи ва иммун-ҳимоя органлари


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/9
Sana14.05.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1462023
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Маruza matni № 7. QON YARATUVCHI VA IMMUN A’ZOLARI



MA’RUZA MAVZUSI: QON YARATUVCHI VA IMMUN-HIMOYA A’ZOLARI 
Ma’ruza rejasi 
1. Qon yaratuvchi a’zolarning umumiy morfofunktsional xususiyatlari.
2. Qon yaratuvchi va immun-ximoya a’zolarining klassifikatsiyasi.
3. Qizil suyak ko‘migi: taraqqiyoti, tuzilishi va funktsiyasi.
4. Timus: taraqqiyoti, tuzilishi va funktsiyasi. Timusning yoshga ko‘ra va
aktsidental involyutsiyasi. 
5. Limfa tugunining taraqqiyoti, tuzilishi va funktsiyasi.
6. Taloqning tuzilishi, funktsiyasi va yoshga ko‘ra o‘zgarishi. 
Tayanch so‘z va iboralar 
Timus, retikuloepitelial hujayralar T-limfotsitlar, Gassal tanachalari, aktsidental 
involyutsiya, retikulyar to‘qima, mezenxima, splenotsitlar, limfoblastlar, oq pulpa qizil pulpa,
 
Ma’ruza matni 
Bu a’zolar asosan ikki vazifani bajaradi: birinchidan, qon shaklli elementlarini yaratadi, 
ikkinchidan, organizmni tashqi va ichki antigenlardan himoya qiladi, ya’ni immunitetni 
ta’minlab beradi.
Umumiy morfofunktsional xususiyatlari: 
1. tarakkiyot manbai – mezenxima (timusda – 3-4 jabra chuntaklari epiteliysi); 
2. stromasi timusdan tashkari barcha a’zolarda – retikulyar tukima, timusda – retikuloepitelial 
tukima; 
3. kon bilan juda yaxshi ta’minlangan, kapillyarlari sinusoid kapillyarlar turiga mansub; 
Kon yaratuvchi va immun ximoya a’zolarining retikulyar tukimasi kuyidagi vazifalarni bajaradi: 
1) etilayotgan kon xujayralarini ma’lum bir yunalishda differentsiallashuvini ta’minlovchi 
maxsus mikromuxit yaratadi; 
2) etilayotgan xujayralarni oziklanishini ta’minlaydi; 
3) ulgan kon xujayralarini fagotsitox kili shva yemirish; 
4) tayanch-mexanik. 
Klassifikatsiyasi. Qon yaratuvchi va immun-ximoya a’zolari markaziy va periferik 
a’zolarga bo‘linadi. 
1. Markaziy a’zolarga (odamda) qizil suyak ko‘migi va ayrisimon bez (timus yoki buqoq 
bezi) kiradi. Qizil suyak ko‘migida o‘zak hujayralari bo‘lib, unda T-limfotsitlardan tashqari 
qonning barcha shaklli elementlari takomillashadi. Bu yerda V- limfotsitlar hosil bo‘ladi va 
differentsiallanadi. T-limfotsitlar esa timusda yetiladi. Suyak ko‘migida T-limfotsitlarga 
aylanuvchi kam differentsiallashgan hujayralar bo‘ladi. Demak, suyak ko‘migi odamda V-
limfotsitlarning takomilini yoki V-limfotsitopoezni ta’minlovchi markaziy organ hisoblansa
timus odamda va boshqa sut emizuvchilarda T-limfotsitlar differentsiallashadigan asosiy 
markazdir. Bu yerda T-limfotsitlarning boshlang‘ich hujayralari ko‘payadi va T-limfotsitlarga 
yetiladi. Markaziy a’zolarda limfotsitlarning ko‘payishi va differentsiallanishi antigenga bog‘liq 
bo‘lmagan holda kechadi. 
2. Periferik a’zolarga limfa tugunlarn, taloq, murtaklar, hazm sistemasida alohida 
joylashgan limfoid follikullar yoki Peyer blyashkalari, chuvalchangsimon o‘simta, nafas va 
siydik chiqaruv yo‘llari. bo‘ylab joylashgan limfoid follikullar kiradi. Periferik organlarda qon 
yoki limfa orqali keluvchi T-va V-limfotsitlarning ko‘payishi, ularning gumoral va hujayraviy 
immunitet jarayonlarida ishtirok etuvchi effektor hujayralarga aylanishi kuzatiladi. 
Timusdan tashqari, barcha a’zolarning stromasini biriktiruvchi to‘qimaning maxsus turi 
bo‘lgan retikulyar to‘qima tashkil etadi. Timusning asosini esa epitelial to‘qima hosil qiladi. Qon 
yaratuvchi va immun-himoya organlarining faoliyatida ularning asosini (stromasini) tashkil 
etuvchi to‘qima hujayralari katta ahamiyatga ega. Stroma tarkibiga kiruvchi hujayralar 


yetilayotgan qon hujayralari uchun qulay sharoit yoki maxsus mikromuhit yaratib beradi. 
Mikromuhit yaratuvchi hujayralarga tipik retikulyar, interdigitatsiyalovchi va dendritli 
hujayralar, makrofaglar, timusda esa, bulardan tashqari, retikuloepitelial hujayralar ham kiradi.
Qon yaratuvchi va immun-himoya a’zolarining faoliyati nerv, endokrin sistemalar ta’siri 
ostida bosh-qarilib turadi. 

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling