Қон яратувчи ва иммун-ҳимоя органлари


TIMUS  Timus ko‘ks oralig‘ida joylashgan, limfoepitelial a’zo.Timus tulik yetilishi usmirlik


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana14.05.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1462023
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Маruza matni № 7. QON YARATUVCHI VA IMMUN A’ZOLARI

TIMUS 
Timus ko‘ks oralig‘ida joylashgan, limfoepitelial a’zo.Timus tulik yetilishi usmirlik 
davriga to‘g‘ri keladi. Kolgan limfoid a’zolar mezenximadan (mezoderma) yetilishi 
kuzatilsa, timusning yetilishi 2 embrional davrdan iborat. Uning limfotsitlari mezonximal 
kelib chikishi bulgan hujayralar qizil suyak kumigida rivojlanadi. Bu hujayralar 
rivojlanishiendodermaning uchinchi va turtinchi xalkum chuntagidan bulgan epitelial 
kurtakga joylashadi 
(
Anthony L. Mescher, Junqueira’sBasic Histology: Text and Atlas, 13-
th ed.-2013). 

Timus immun sistemaning markaziy organi bo‘lib, kuyidagi vazifalarni bajaradi: 
1) 
unda immunologik jarayonda qatnashuvchi asosiy hujayralardan biri bo‘lgan T-
limfotsitlar taraqqiy etadi. T-limfotsitlarning boshlang‘ich hujayralari suyak ko‘migidan qon 
orqali timusga keladi va bu yerda ular antigenga bog‘liq bo‘lmagan holda T-limfotsitlarga 
differentsiallashadi;
2) 
timusda turli xil biologik aktiv moddalar (timik gormonlar) xosil buladi. Ulardan eng 
muhimlari T-limfotsitlarning differentsiallanishida aktiv ishtirok etuvchi timozin, timpoetin, 
timulin va timusning gumoral faktorlaridir.
3) 
timusda immunologik jarayonlarni boshqarishda ishtirok etuvchi, organizmning o‘sishiga 
ta’sir ko‘rsatuvchi moddalar ham ishlanadi. 
Timus qizil suyak ko‘migi va immun sistemaning barcha periferik organlari bilan 
chambarchas bog‘liq. Timusda yetilgan T-limfotsitlar periferik organlarning maxsus timusga 
tobe (T) zonalarida joylashadi va shu yerda ko‘payib, himoya reaktsiyalarida ishtirok etadi. 
Timus faoliyatining tug‘ma yoki biror kasallik ta’sirida buzilishi organizm himoya 
reaktsiyalarining keskin susayishiga olib keladi. Bunday hollar immunitet yetishmovchiligi yoki 
immunodefitsit holatlar deb ataladi. Bunga yorqin misol qilib odam immunodefitsitini keltirib 
chiqaradigan virusli immunodefitsit sindromni (OITS ni) ko‘rsatish mumkin. Yangi tug‘ilgan 
hayvonlarda timus olib tashlansa, ularning periferik immun organlarida limfotsitlarning 
ko‘payishi va takomillanishi keskin buziladi va qonda T-limfotsitlarning miqdori pasayib ketadi. 
Bunday organizm kasallik chaqiruvchi mikroblar va viruslar ta’siriga chidamsiz bo‘lib qoladi, 
lekin ko‘chirib o‘tkazilgan yot organlarni, to‘qimalarni o‘zida saqlay oladi. Normal holatda esa 
bunday or-ganlar ajralib tushishi kerak. Shunday qilib, timus immunolo-gik jarayonlarning 
normal kechishini ta’minlovchi va endokrin faoliyatga ega bo‘lgan muhim a’zodir. 
Taraqqiyoti. Timus boshqa qon yaratuvchi va immun-himoya organlaridan o‘zining 
epitelial to‘qimadan tuzilgan stromasi Bilan ajralib turadi. Timusning kurtagi embrionning 4-
haftasida yutqin ichak epiteliysining III-IV juft jabra cho‘ntaklari sohasida paydo bo‘ladi. 
Embrion taraqqiyotining 7-haftasigacha timus faqatgina epitelial kurtakdan iborat bo‘ladi. 8-10-
haftalarda bez kurtagiga mezenxima bilan birgalikda qon tomirlari o‘sib kiradi. Mezenximadan 
hosil bo‘lgan biriktiruvchi to‘qima bezni bo‘laklarga bo‘ladi. Qon tomirlar orqali bezga dastlab 
embrionning sariqlik qopchasidan, so‘ngra esa jigaridan qonning o‘zak hujayralari keladi. 
Ulardan 11-12-haftalarda T-limfotsitlarning maxsus retseptorlariga ega bo‘lgan limfotsitlar 
shakllanadi. Timusda joylashgan limfotsitlar umumiylashtirib timotsitlar nomi bilan yuritiladi. 
Shu bilan birga o‘zak hujayralardan bez mikromuhitini yaratuvchi makrofaglar va 
interdigitirlovchi hujayralar (IDH) ham differentsiallashadi. Timotsitlar va mikromuhit 
hujayralari paydo bo‘lishi bilan birga epiteliy hujayralarida ham o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Ular 
yulduzsimon shaklni olib, bir biri bilan faqat tsitoplazmatik o‘siqlari yordamida tutashadi. 
Epitelial hujayralarning o‘zaro bog‘lashuv joylarida desmosomalar paydo bo‘ladi. Natijada, 
epitelial asos mayin to‘r shaklini oladi. Shu tufayli timusdagi epitelial hujayralarni 
retikuloepitelial (to‘r hosil qiluvchi epiteliy) hujayralar deb yuritiladi. Embrion taraqqiyotining 
4-oyiga kelib bezning mag‘iz zonasida qatlam-qatlam bo‘lib joylashgan epitelial hujayralardan 
tashkil topgan o‘ziga xos tuzilmalar —Gassal tanachalari hosil bo‘ladi.
Timusning taraqqiyoti embrion hayotining 5- oyida deyarli yakunlanadi. Qizil suyak 


ko‘migi hosil bo‘lgach, u timusga T- limfotsitlarning boshlang‘ich hujayralarini yetkazib 
beruvchi asosiy manba hisoblanadi va bu mavqeini butun umr davomida saqlab qoladi. 

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling