Ergasheva saboxatxon muxiddin qizi


Timus. Timusning tuzilishi va funksiyasi


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/29
Sana14.05.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1459540
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29
Bog'liq
bmi tayyor

1.2.Timus. Timusning tuzilishi va funksiyasi 
Timusning (Ayrisimon bez) tuzilishi. Buning ayrisimon shakliga muvofiq 
ravishda unga ayrisimon bez nomi berilgan. Timus deyilishi esa bez shaklining 
shifobaxsh hisoblanuvchi sudralib oʻsuvchi togʻjambul (thymus serpyllum) 
oʻsimligining barglariga oʻxshab ketishi tufaylidir.
Timus bezi ikkita piramidasimon boʻlaklardan tashkil topgan ikki qavatli bez 
boʻlib, ularning har biri tashqi korteks va ichki medullaga differensiallangan 
lobulatsiyalangan sirtga ega. 
Bezning har bir boʻlagi tashqi tomondan zich biriktiruvchi toʻqima kapsulasi 
bilan oʻralgan va ichki tomondan biriktiruvchi toʻqima (septum) ichkariga 
kiruvchi toʻsiqlar bezni toʻliq boʻlmagan boʻlaklarga boʻladi(3-rasm). 


14 
3-rasm Timusning gistologik tuzilishi. Timusning gistologiyasi kattalashgan 
kapsulalar qalinligi va septumni, korteks va medullada limfotsitlar mavjudligini 
va aniq lobulyar demarkatsiyani koʻrsatadi. Medullada Gassall tanachasini 
koʻrish mumkin. 
Timus kesmada koʻrilganda unda toʻq boʻyaluvchi va chekkada joylashgan 
poʻstloq zonani va oqishroq boʻyalgan markaziy magʻiz zonani ajratish mumkin. 
Qayd qilib oʻtilgan zonalarning oʻziga xos boʻyalishi limfotsitlarning yoki 
timotsitlarning zich va siyrak joylashishi bilan bogʻliq.
Poʻstloq zonada (kortex) ular zich joylashadi va retikuloepitelial 
hujayralar hosil qilgan toʻr boʻshliqlarini toʻldirib turadi. Poʻstloq zonaning 
biriktiruvchi toʻqimali kapsula ostida yotgan chekka, subkopsulyar qismida T-
limfotsitlarning boshlangʻich hujayralari – pretimotsitlar joylashadi. Ular 
tuzilishiga koʻra T-limfoblast boʻlib, yirik, sitoplazmasi bazofil boʻyaluvchi 
TIMUS (Ayrisimon bez) 


15 
hujayralardir. Ularning yadrolarida xromatin oz boʻladi va koʻproq yadrochalar 
koʻrinadi. Bu hujayralar mitoz yoʻli bilan boʻlinib koʻpayish qobiliyatiga ega. 
Ularning hisobiga poʻstloq zonada doimiy ravishda yangi timotsitlar hosil 
boʻladi. Timotsitlar poʻstloq zonada mikromuhit hosil qiluvchi retikuloepitelial 
hujayralar, makrofaglar va interdigitirlovchi hujayralar bilan birikib joylashadi. 
Poʻstloq moddaning retikuloepitelial hujayralari koʻp miqdorda sitoplazmatik 
oʻsiqlarga ega boʻlib, bu oʻsiqlar orasida differensiallanuvchi timotsitlar yotadi 
(4-rasm). 

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling