Ergasheva saboxatxon muxiddin qizi
Xulosa ……………………………………………………
Download 1.58 Mb. Pdf ko'rish
|
bmi tayyor
- Bu sahifa navigatsiya:
- ROMK
Xulosa ……………………………………………………............... 47 Adabiyotlar roʻyxati ……………………………………................. 48 Ilovalar……………………………………………………………... 51 3 Shartli qisqartmalar 1. HEPES – Gidroksietilpiperazin etan sulfon kislotasi 2. RVD – Regulyator hajm kamayishi 3. RVI – Regulyator hajm tiklanishi 4. OITS – Orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi 5. OIV – Odam immunitet tanqisligi virusi 6. ATF – Adenozintrifosfat 7. ClC-Kb – ionlarning hujayra ichiga va tashqarisiga harakatini tartibga solish uchun birgalikda ishlaydigan bir nechta oqsillardir. 8. ROMK – Hujayraning tashqi medulyar kaliy kanali 9. KCC – 𝐾 + / 𝐶𝑙 + kotransportyor 10. NKCC – 𝑁𝑎 + / 𝐾 + / 𝐶𝑙 + kotransportyor 11. HICC – gipertoniklikdan kelib chiqqan kation kanallari 12. AE – 𝐶𝑙 − /𝐻𝐶𝑂 3 − almashinuvi 13. NHE – 𝑁𝑎 + /𝐻 − almashinuvi 14. HRT – gormonlarni almashtirish terapiyasi 4 Kirish Mavzuning dolzarbligi. Tirik hujayra atrofdagi muhit bilan termodinamik muvozanatda boʻlmaydi, u doimo hajmini doimiyligini saqlash uchun, osmotik faol zarrachalarni hujayra membranasi orqali hujayra ichiga va tashqarisiga chiqishini boshqarish va bir maromda saqlashga majburdir. Osmolitlar sifatida noorganik ionlar (Na + , K + , Cl - , Ca 2+ , Mg 2+ ), kichik molekulali metabolitlar (uglevodlar, aminokislotalar, monomer nukleotidlar) va yuqori molekulyar birikmalar, oqsillar, uglevodlar va nuklein kislotalar xizmat qiladi. Hayot faoliyati jarayoni davomida barcha hujayralar sezilarli darajada osmotik oʻzgarish, tartibsizlikka uchraydilar. Bu oʻzgarish hujayradan tashqari muhitning osmotik bosimini oʻzgarishi oqibatida kelib chiqishi mumkin[Hempling H.G.,Thompson S., Dupre A ]. Tirik organizm hujayrasi yuqori darajada takomillashgan boʻlib, tashqi muhitdagi oʻzgarishlarga javoban oʻz-oʻzini mustaqil holda boshqara oladi. Hujayra butunligining saqlanishi hajm doimiyligini saqlash bilan bogʻliq. Hujayra hajmini molekulyar va hujayraviy boshqarilish mexanizmlarini batafsil oʻrganish koʻpgina fiziologik va patofiziologik jarayonlarni tushunish, xususan osmotik gomeostaz buzilishini bartaraf etish strategiyasini ishlab chiqish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Soʻnggi yillardagi ilmiy tadqiqot izlanishlari natijasida apoptoz jarayonlari uchun effektiv hujayra hajm boshqarilish sistemasi zarur ekanligi aniqlangan [Krasilnikov O.V., Sabirov R.Z., Ternovskiy V.I]. Bundan tashqari, moddalarni membrana orqali tashilishi va hujayra ichki metabolizmi hujayraning ichki osmotik bosimini sezilarli darajada oʻzgarishiga olib keladi. Shunday qilib, anabolizm jarayonlari kichik molekulyar moddalardan yuqori molekulyar birikmalar sintezlanishi natijasida osmolitlar soni kamayadi, umumiy holatda ichki osmotik bosimni tushishiga olib keladi, bu paytda katabolitik jarayonlar esa aks taʼsir etadi[Okada Y., Sato K. and Numata T]. Gipotonik stressda limfotsit hujayralarining hajm boshqarilishida Ca 2+ , K + va Cl - kanallarining roli koʼrsatilgan. Bunda kalsiy transportining hissasi modulyatsiya qiluvchi boʼlsa, kaliy va xlor transportining alohida-alohida 5 bloklash xususiyati hujayra hajm boshqarilishini batamom toʼxtatilishiga olib keladi. Anion oʼtkazuvchanlikning mavjudligi hajmni kamayishini boshqarishda oʼta muhim ahamiyatga egadir [Wehner F, Olsen H, Tinel H,. Kinne-Saffran E, Kinne R]. Bundan aniq koʻrinib turibdiki, oʻz butunligini saqlash uchun, hujayra oʻzining hajmini doimo aktiv holda saqlash xususiyatiga ega boʻlishi kerak. Shuning uchun tirik hujayra hajmini boshqarilish mexanizmlarini oʻrganish. zamonaviy biofizika va hujayra fiziologiyasining markaziy muammolaridan biri hisoblanadi. Ion kanallarining selektiv blokatorlarning kashf qilinishi ion kanallarining funksiyasi va molekulyar asoslarini oʻrganishda qulay farmakologik vosita sifatida ishlatiladi. Anor (Punica granatum L.) funksional oziq-ovqat va antioksidantligi, hamda semirishga, rak va yalligʻlanishga qarshi dorivor xususiyatlar bilan boyitilgan nutriseftiklarning manbai sifatida mashhurdir. Anor urugʻlari, mevalari, sharbati va poʻstlogʻining tarkibida bir qator biologik birikmalar mavjud boʻlib, uning antimikrob, antiparazitar, antigelmintar, antioksidantlik va yalligʻlanishga qarshi xususiyatlari oʻrganilgan. Biroq ularning hujayra boshqarish tizimiga va hajm faollashtiruvchi transport jarayonlariga taʼsiri oʻrganilmagan. Anor sharbatining ilm-fan sohasidagi bu boʻshliq bizning tadqiqotimiz uchun maqsad boʻla oladi [E.Shaygannia, M.Bahmani, B.Zamanzad, M.Rafieian-Kopaei]. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling