Ergasheva saboxatxon muxiddin qizi
-rasm. Gipoosmotik stress sharoitida timositlar hajm boshqarilishida
Download 1.58 Mb. Pdf ko'rish
|
bmi tayyor
5-rasm. Gipoosmotik stress sharoitida timositlar hajm boshqarilishida
ishtirok etuvchi qismlar Na/K/2Cl kotransportyori ionlarni ikkilamchi faol transport orqali hujayra kanaliga oʻtkazadi. Na+ hujayradan tashqariga, hujayraning bazolateral membranasidagi Na, K ATFaza taʼsirida hujayralararo boʻshliqqa oʻtkaziladi. 𝑪𝒍 − bazolateral ClC-Kb 𝑪𝒍 − kanallarida chiqadi. Barttin, hujayra membranasidagi oqsil, ClC-Kb normal ishlashi uchun zarurdir. 𝑲 + ROMK va boshqa 𝑲 + kanallari orqali hujayradan interstitsial va kanalli lumenga oʻtadi. Inson eritrotsitlarining osmotik bosimi 7.6-7.9 atm tashkil etadi, biroq qon va limfa orasida suvni oʻtish tezligini aniqlab beruvchi osmotik bosimlar farqi 25 (onkotik bosim) atigi 0.03-0.04 atm ga tengdir. Onkotik bosim toʻqimalardagi suvni qon oqimiga oʻtishini taʼminlab beruvchi faktorlardan biridir. Har xil turdagi hujayralar oʻz hajmlarini turlicha boshqaradilar. Xlor va kaliy selektiv ion kanallarini ragʻbatlantiruvchi osmotik shok sharoitlarida Na/H almashinuv sistemasi va u bilan bogʻliq boʻlgan Na / K / Cl va K/Cl kotransporti, xlor bikarbonat almashinuvi va yana baʼzi boshqa sistemalari faollanadi. Gipotonik muhitga tushganda (past osmotik bosim) hujayralar avval shishadi, bu passiv javob turi boʻlib, soʻng siqila boshlab oʻzining boshlangʻich hajmini tiklab oladilar. Bu jarayon boshqariluvchi hajm kichrayishi deb ataladi. Gipertonik muhit sharoitida (yuqori osmotik bosim) hujayralar avval siqilishadi (bir necha soniyalar davomidagi passiv javob), soʻng oʻz hajmlarini tiklab oladilar. Bu jarayon boshqariluvchi hajm kattalashishi deb atalib, RVI abbreviaturasi bilan belgilanadi — Regulatory Volume Increase. Shuni taʼkidlash kerakki, hattoki izotonik sharoitda ham hujayra atrof — muhit bilan termodinamik muvozanatda boʻlmaydi. Bu ATF ga tobe aktiv transport va plazmalemmaning passiv ion oʻtkazuvchanligi orqali boshqariluvchi, plazmatik membrana orqali oʻtuvchi ionlar gradiyenti bilan bogʻliqdir. Gipotonik va gipertonik shok sharoitlarida kuzatiladigan hajm boshqarilishi, yuzaga kelgan osmotik disbalansni muvozanatlashtirishga qaratilgan, koʻp sonli membranadagi transport jarayonlarini aktivlanishi natijasidir. Hujayra past osmotik bosimli muhitga tushib qolsa, u ichki ortiqcha osmolitlardan xalos boʻlishga harakat qiladi. Ushbu ion kanallari kaliy va xlor ionlari uchun selektiv hisoblanadi, eritroid boʻlmagan hujayralarda. Qon hujayralari misolida keltirilishicha, gipoosmotik stress sharoitlarda odam, sichqon, qoʻy, quyon, forel, salamandra, qurbaqa eritrotsitlarda kaliy va xlor ionlarini chiqarib tashlanishi mumkin. Bir tomondan bu eritrotsitlarda tez — tez kuzatiladigan furosemid ingibitoriga sezgir K-Cl transportidir. Ikkinchi tomondan esa bu noeritroid hujayralarga xos boʻlgan, kaliy va xlor ionlariga nisbatan tanlovchan boʻlgan ion kanalidir. Noeritroid hujayralarning (ichak epiteliysi, endoteliy, kardiomiotsitlar va h.k 26 larga oʻxshash) elektrofiziologik tadqiqotlari hujayra boshqaruvida ion kanallarining muhim rolini aniqlab berdi. Gipotonik stressga javoban birinchi boʻlib noselektiv mexanosezgir kanallar faollanib, natriy ionlari bilan bir qatorda hujayra ichiga kalsiy ionlari ham oʻtkazilishi koʻrsatib berildi. Kaliy esa oʻz oʻrnida Ca ga tobe kaliy kanallarini faollashtirib, shu bilan birga plazmolemmaning kaliyga boʻlgan oʻtkazuvchanligini oshiradi. Kalsiyga bogʻliq boʻlmagan holda hajmga tobe xlor kanallari faollanadi, bu esa membrananing xlorga nisbatan oʻtkazuvchanligini oshiradi. Hayvon hujayralari plazmasi membranasi turli xil anion kanallaridan tashkil topgan. Anion kanallari plazma membranasi va hujayra ichidagi organoidlarda mavjud. Anion kanallari koʻp tarmoqli funksiyaga ega boʻlib, plazma membranasining giperpolyarizatsiyasini sinaptik oʻtkazuvchanligini ingibirlash, epitelial Cl - ning transporti, shuningdek boshqa organik anionlarning, jumladan glutamat va ATF ning anionli formalarining transportini taʼminlaydi. Kation kanallaridan farqli ravishda, anion kanallari nerv va muskullarda potensial harakatini toʻgʻridan-toʻgʻri boshlab ham tugatib ham ololmaydi. Plazmalemma anion kanallari bundan tashqari hujayra hajmi boshqarilishida, hujayraning qisqa muddatda hajmi ortishida, hujayra differensiyasida, hujayraning induksion nobud boʻlishida, sisplatinning rezistentligi, ATF ajralishi glutamat ajralishida ishtirok etishi aniqlangan. Hujayra gipoosmotik muhitga tushganda avval shishadi va maʼlum vaqt oʻtgach oʻz holiga qaytadi, bu holat hajm kamayishining boshqarilishi deyiladi. Bu boshqarishga javob osmotik jihatdan kerak boʻlgan suv bilan birga hujayra ichidagi eritmalarning kamayishi hisobiga boradi. RVD tipik jihatdan KCl ning va osmotiklikni yuzaga keltiradigan suvning chiqib ketishi bilan amalga oshiriladi. Osmotik shishish muhitida hujayra oʻz hajmini K + va Cl - singari anorganik osmolitlarni tashqariga chiqarish bilangina boshqarmay, balki organik osmolitlar hisoblangan aminokislota, poliol, metilamin va nukleotidlarni ham tashqariga chiqaradi. Hajmga bogʻliq holda organik osmolitlarni chiqarilishi koʻpgina anion kanallari blokatorlari tomonidan ingibirlanishi, baʼzi anion kanallari organik 27 osmolitlarni shishishga bogʻliq holda chiqarilishida asosiy rol oʻynashini tushuntiradi [29]. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling