Ergasheva saboxatxon muxiddin qizi
-Jadval Timus massasining yoshga bogʻliq holda oʻzgarishi
Download 1.58 Mb. Pdf ko'rish
|
bmi tayyor
1-Jadval
Timus massasining yoshga bogʻliq holda oʻzgarishi Timusning yoshga nisbatan, asta-sekin kechadigan teskari taraqqiyotidan tashqari, baʼzi bir holatlarda uning tez sodir boʻladigan involusiyasi ham uchraydi. Bu jarayon aksidental (accidental – tasodifiy) involutsiya deb atalib, turli xil oʻta kuchli salbiy tasurotlar (ogʻir jarohatlar, zaharlanish, haddan tashqari ochlik, radiatsiya, OITS virusi va h.z) natijasida roʻy berishi mumkin. Bunda timusda, ayniqsa uning poʻstloq zonasida, timotsitlarning birdaniga koʻp miqdorda halok boʻlishi (timotsitoliz yoki limfotsitoliz) va ularning makrofaglar tomonidan fagotsitoz qilinishi kuzatiladi. Natijada, poʻstloq va magʻiz zonalar orasida chegarani ajratib boʻlmaydi. Aksidental involutsiya davomida retikuloepitelial hujayralarda ham oʻzgarishlar sodir boʻladi. Ularning sitoplazmasi shishadi va yirik pufaklar bilan toʻladi. Aksidental involyutsiya jarayonida yuqorida qayd etilgan glyukokortikoid gormonlarning ahamiyati № Yosh Timus massasi (g) 1 Yangi tugʻilgan chaqaloq 12 2 3 oylik 15 3 4-6 oylik 17 4 7-12 oylik 25 5 1,5 yosh 14.5 6 2 yosh 13 7 3 yosh 22 8 14-15 yosh 40 22 kattadir. Chunki bu jarayon doimiy ravishda shu gormonlar miqdorining keskin oshishi bilan birga kuzatiladi. Shuni taʼkidlash lozimki, aksidental involutsiya oʻzining qayta tiklanish imkoniyati bilan yoshga nisbatan kechadigan involutsiyadan keskin farqlanadi. Agar organizmga koʻrsatilgan salbiy taʼsirlar toʻxtatilsa, timus oʻzining oldingi holatiga qaytishi mumkin. Shu tufayli timusda boʻladigan aksidental involutsiyani koʻra bilish va uning oldini olish tibbiyot fani uchun muhim nazariy va amaliy ahamiyatga egadir. Shunday qilib, timus (ayrisimon yoki buqoq bezi) qizil suyak koʻmigi bilan birgalikda qon yaratuvchi va immun-himoya organlarining markaziy qismini tashkil qilib, u T-limfotsitlar ishlab chiqarishi bilan bir qatorda immunitet jarayonlarini boshqarishda ham ishtirok etadi. Bundan tashqari, timusda qator biologik aktiv moddalarning ishlanib chiqishi uning endokrin faoliyati ancha taraqqiy etganligidan dalolat beradi [7-12]. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling